Axrorova Shaxnoza Otabek kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslikda endometriyning morfofunksional xususiyatlari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib3992.
Ilmiy raxbar: Asatova Munira Miryusupovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Farxod Ishqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urinbaeva Nilufar Abdujabborovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez gipofunksiyasi bo‘lgan ayollarda odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslik bilan bog‘liq endometriy reseptivligining asosiy morfofunksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslik va qalqonsimon bez gipofunksiyasi kuzatilgan ayollarda TTG ortishi sababli endometriyda estrogen va progesteron reseptorlari (ER, PR) ekspressiyasining pasayishi implantatsiya jarayonini buzilishiga olib kelishi isbotlangan;
odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslik va qalqonsimon bez gipofunksiyasi kuzatilgan ayollarda TTG ortishi bilan endometriydagi CD138+ xujayralarining darajasi o‘rtasida to‘gridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliqlikning yuqoriligi (r=0,56; p ˂0,05) isbotlangan;
ilk bor endometriyning morfologik, immunogistokimyoviy (ER, PR, CD138+) va qalqlonsimon bez gipofunksiyasini kompleks baholash orqali endometrial disfunksiyani aniqlash va prognozlash isbotlangan;
ilk bor endometriy reseptivligini baholashda immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar (ER, PR, CD138+) va tireoid status o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik sababli odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslikda endometrial disfunksiyaning muhim diagnostik mezoni ekanligi isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalqonsimon bez gipofunksiyasi bo‘lgan ayollarda odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslik bilan bog‘liq endometriy reseptivligining asosiy morfofunksional xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslik va qalqonsimon bez gipofunksiyasi kuzatilgan ayollarda TTG ortishi sababli endometriyda estrogen va progesteron reseptorlari (ER, PR) ekspressiyasining pasayishi implantatsiya jarayonini buzilishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali Ilmiy kengashining 2024 yil 17 dekabrdagi №15-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Sovremennie metodi diagnostiki endometrial`noy disfunksii pri privichnom nevinashivanii beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali 04.07.2025 yildagi 42-son hamda Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 09.09.2025 yildagi 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 05 mart 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarni amaliyotga joriy etish qalqonsimon bez gipofunksiyasi bilan bog‘liq endometriydagi gormon-reseptor buzilishlarini aniqlash hisobiga odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslik sabablarini tashxislash sifatini oshirish imkonini beradi. Bu esa xavfi yuqori bo‘lgan patsientlarni erta va asoslangan tarzda aniqlash, qayta-qayta reproduktiv yo‘qotishlar chastotasini kamaytirish hamda reproduktiv natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: endometrial disfunksiyani tashxislashda tireoid holat va endometriy reseptor profilini inobatga olgan holda patogenetik jihatdan asoslangan yondashuvni qo‘llash asossiz gormonal va tashxisiy tadbirlar hajmini kamaytirish, davolash taktikasini optimallashtirish va har bir patsientga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy xarajatlarni 930000 so‘mgacha qisqartirish imkonini beradi. Aniqlangan endometrial disfunksiya mexanizmlari muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur toifadagi patsientlarni tekshirish algoritmiga endometriy reseptor profilini immunogistoximik baholashni kiritish zarurligini asoslab beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslik va qalqonsimon bez gipofunksiyasi kuzatilgan ayollarda TTG ortishi bilan endometriydagi CD138+ xujayralarining darajasi o‘rtasida to‘gridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliqlikning yuqoriligi (r=0,56; p ˂0,05) isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali Ilmiy kengashining 2024 yil 17 dekabrdagi №15-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Sovremennie metodi diagnostiki endometrial`noy disfunksii pri privichnom nevinashivanii beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali 04.07.2025 yildagi 42-son hamda Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 09.09.2025 yildagi 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 05 mart 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini joriy etish OHK bilan og‘rigan ayollarda endometriy morfofunksional buzilishlarini tashxislash sifatini oshirishga, surunkali endometritning etarlicha baholanmagan shakllarini kamaytirishga hamda pregravidar tayyorgarlik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: endometrial disfunksiyani tashxislashda patogenetik jihatdan asoslangan kompleks yondashuv asossiz gormonal va antibakterial terapiya hajmini kamaytirish, takroriy tekshiruvlar va samarasiz davolash tadbirlari sonini qisqartirish hamda bir patsientga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni 1070000 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi. Ilk bor aniqlangan morfofunksional o‘zgarishlar mexanizmlari (steroidogenez buzilishi, sekretor transformatsiya nuqsoni va surunkali endometrit) muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur toifadagi patsientlarni kompleks morfologik va immunogistoximik tekshirish zarurligini asoslab beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor endometriyning morfologik, immunogistokimyoviy (ER, PR, CD138+) va qalqlonsimon bez gipofunksiyasini kompleks baholash orqali endometrial disfunksiyani aniqlash, va prognozlash isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali Ilmiy kengashining 2024 yil 17 dekabrdagi №15-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Sovremennie metodi diagnostiki endometrial`noy disfunksii pri privichnom nevinashivanii beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali 04.07.2025 yildagi 42-son hamda Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 09.09.2025 yildagi 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 05 mart 4-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini joriy etish implantatsiya buzilishlarini tashxislash samaradorligini oshirishga, qayta-qayta reproduktiv yo‘qotishlar chastotasini kamaytirishga hamda tireoid disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda homiladorlikni saqlash ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: endometriy reseptivligi va angiogenezini kompleks baholash tashxisiy va davolash tadbirlarini optimallashtirish, asossiz gormonal terapiyani cheklash hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Estrogen va progesteron reseptorlarining immunogistoximik tahlili o‘rtacha 690000 so‘mni tashkil etadi, holbuki noto‘liq tushish yoki rivojlanmay qolgan homiladorlik holatida davolash xarajatlari o‘rtacha 3000000 so‘mga teng. Taklif etilgan yondashuv og‘ir holatlarni kamaytirish, asossiz gospitalizatsiya va muddatidan oldin tug‘ruqlarning oldini olish imkonini beradi hamda har bir patsientga nisbatan 1800000 so‘mgacha iqtisodiy samara keltiradi. Endometriy reseptivligi va angiogenezi buzilishlarining OHK patogenezidagi hal qiluvchi roli ilmiy jihatdan isbotlandi va bu mazkur toifadagi patsientlarni tekshirish algoritmiga endometriyning morfofunksional bahosini kiritish zarurligini asoslab beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor endometriy reseptivligini baholashda immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar (ER, PR, CD138+) va tireoid status o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik sababli odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslikda endometrial disfunksiyaning muhim diagnostik mezoni ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali Ilmiy kengashining 2024 yil 17 dekabrdagi №15-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Sovremennie metodi diagnostiki endometrial`noy disfunksii pri privichnom nevinashivanii beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali 04.07.2025 yildagi 42-son hamda Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 09.09.2025 yildagi 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 05 mart 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini joriy etish endokrin omillar bilan bog‘liq endometrial disfunksiya shakllarini erta aniqlashga, odatlangan homiladorlikni ko‘tara olmaslik sabablarini tashxislash samaradorligini oshirishga hamda tireoid patologiyasi bo‘lgan ayollarda reproduktiv natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklarni hisobga olgan holda kompleks yondashuv tashxisiy va davolash tadbirlari hajmini optimallashtirish, asossiz gormonal terapiyani cheklash hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samara bir patsientga 1150000 so‘mgacha etadi, bu intensiv terapiya va asossiz kuzatuvlar xarajatlarini qisqartirish hisobiga ta’minlanadi. Tireoid holat, endometriydagi morfologik o‘zgarishlar va steroid reseptorlar ekspressiyasi o‘rtasidagi aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklar implantatsiya buzilishlari patogenezi haqidagi tasavvurlarni sezilarli darajada kengaytiradi hamda klinik amaliyotda endokrin va morfofunksional baholashni integratsiya qilish zarurligini tasdiqlaydi.