Urakova Feruza Erkinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Marganes va germaniy kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyning magnit xususiyatlari”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/FM927.
Ilmiy rahbar: Zikrillaev Nurullo Fatxullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/2025.27.12.FM/T.01.06.
Rasmiy opponentlar: Onarqulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mavlyanov Abdulaziz Shavkatovich, fizika-matematika fanlari doktori, k.i.x.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi marganes va germaniy kirishma atomlarining nanoklasterlariga ega kremniy, shuningdek, Si<Mn,Ge> binar birikmalar va GexSi1-x-Si2 geterovarizon strukturalarning magnit xususiyatlarini o‘rganish hamda olingan namunalarning asosiy magnit parametrlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor marganes va germaniy kirishma atomlari bilan legirlangan hamda GexSi1-x binar birikmalari va GexSi1-x-Si2 geterovarizon strukturalari mavjud kremniyga qo‘shimcha marganes kirishma atomlarini kiritib elektrofizik, fotoelektrik, optik va magnit xususiyatlar aniqlangan. 
ilk bor marganes va germaniy kirishma atomlarini kremniyga diffuziya usuli bilan kiritish imkonini beruvchi past haroratli ikki bosqichli texnologiya ishlab chiqilgan bo‘lib, kirishma atomlarning nanoklasterlari hamda GexSi1-x binar birikmalari mavjud turli solishtirma qarshilik va o‘tkazuvchanlik turiga ega kremniy olingan;
ilk bor marganes va germaniy kirishma atomlari bilan legirlangan kremniy namunalarida ferromagnit xususiyatlar nafaqat past haroratlarda (TKr = 30 K), balki nisbatan yuqori haroratlarda (TKr = 300 K) ham kuzatilgan;
ilk bor marganes va germaniy kirishma atomlarining nanoklasterlari hamda Si<Mn,Ge> binar birikmalari mavjud monokristall kremniy namunalarining magnit parametrlari, magnit to‘yinganlik (Ms), qoldiq magnitlanish (Mr) va koertsitiv kuch (Hc) qiymatlari T = 1,8 va T=300 K haroratlarda aniqlangan;
kremniy sirti va sirt oldi qatlamlarida hosil bo‘lgan GexSi1-x binar birikmalardagi kremniy-germaniy atomlari orasidagi bog‘lanish energiyasi, germaniy-germaniy va kremniy-kremniy atomlari orasidagi bog‘lanish energiyasidan farq qilishi aniqlangan;
 GexSi1-x binar birikmalari va GexSi1-x-Si₂ geterovarizon strukturalari mavjud kremniyga qo‘shimcha ravishda marganes kirishma atomlari kiritilgan namunalar asosida magneto- va spinoelektronikada sezgir magnit datchiklarni yaratish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Germaniy va marganes kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyning magnit xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Marganes va germaniy kirishma atomlarining diffuziya haroratini bosqichma-bosqich oshirishga asoslangan texnologiya asosida olingan natijalar “FOTON” AJning ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (“FOTON” AJ ni 2024 yil 4-dekabrdagi № 214-son ma’lumotnoma). Natijada ishlab chiqilgan diffuzion texnologiyani qo‘llash kremniyga kirishma atomlarini kiritish jarayonini takomillashtirish hamda zamonaviy diod va tranzistorlar ishlab chiqarishda optimal p–n o‘tishlarning hosil bo‘lish imkoniyatini bergan.
Marganes kirishma atomlari bilan legirlangan kremniy namunalaridagi magnit momentning o‘zgarishini tavsiflovchi ilmiy natijalar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida OT-F2-37 raqamli “Gaz aralashmasini tovushdan tez oqimidan foydalanib metallarni eritish, g‘ovak metallar olish va ularning fizik xossalarini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 13 oktyabrdagi 02/01-01-398-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan foydalanish olingan materiallarning fizik xususiyatlarini hamda magnit maydon ta’sirida ferromagnit holatga o‘tishidagi Kyuri haroratini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish