Inomov Dilmurod Islom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amudaryo quyi oqimida o‘zanning morfologik parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish”.05.09.07-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026. PhD/T6627
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Ibragimov Ilhom Ahrorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Uralov Baxtiyor Raxmatullaevich texnika fanlari doktori, professor Paluanov Daniyar Tanirbergenovich texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Amudaryoning quyi oqimidagi suv oqimi rostlangan sharoitida daryoning xavfli uchastkalarini aniqlash hamda rostlangan suv oqimining ta’sirini inobatga olgan holda egri chiziqli o‘zanning morfologik parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
empirik bog‘lanishlar asosida suv oqimi rostlangan sharoitda daryodagi egri chiziqli o‘zanlarning suv sarfi ta’sirida shakllanish xususiyatlari baholanib, ularning egrilik radiuslarini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
regressiya tahlili asosida Amudaryoning quyi oqimida shakllangan meandrasimon o‘zanlarning vaqt bo‘yicha siljishi va shakl o‘zgarish dinamikasi baholangan;
Amudaryoning quyi oqimida daryo o‘zanining geometrik xususiyatlari tahlil qilinib, qirg‘oq yuvilishlari va o‘zan deformatsiyalarini hisoblash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
suv oqimi rostlangan sharoitda daryo o‘zanining meandrasimon shakllanish xususiyatlari baholanib, Amudaryoning quyi oqimida egri chiziqli o‘zanlarning gidravlik hisoblash va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy usullar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amudaryo quyi oqimida o‘zanning morfologik parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
suv oqimi rostlangan sharoitda meandrasimon egri chiziqli o‘zanlarda suv sarfini egrilik radiusiga bog‘liq holda hisoblash usullari takomillashtirilib, Amudaryoning quyi oqimidagi himoya va o‘zan rostlovchi inshootlarda joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 31 yanvardagi 04/25-448-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining daryo bo‘yi hududlarida o‘zanni rostlash va qirg‘oqni muhofaza qilish ishlari amalga oshirilib, qirg‘oq yuvilish jarayonlarini 8–10 % gacha kamaytirish hisobiga daryo bo‘yidagi aholi maskanlari uchun xavfsiz muhitni yuzaga keltirish imkoniyati yaratilgan;
Amudaryoning quyi oqimida meandrasimon egri chiziqli o‘zanlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini baholash usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi tizimidagi gidrotexnik inshootlarda joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 31 yanvardagi 04/25-448-sonli ma’lumotnomasi). Natijada daryoning turli hududlarida o‘zan deformatsiyalari va xavfli jarayonlarni aniqlash aniqligi 10–12 % ga oshirilib, ularni oldindan baholash hamda o‘z vaqtida zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
Amudaryoning quyi oqimidagi qirg‘oq yuvilishlari va gorizontal deformatsiyalarni baholash usuli Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi qirg‘oq himoya gidrotexnik inshootlarida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 31 yanvardagi 04/25-448-sonli ma’lumotnomasi). Natijada daryo qirg‘og‘idagi jadal gorizontal deformatsiya jarayonlarini aniqlash aniqligi 8–10 % ga oshirilib, ularni o‘z vaqtida baholash imkoniyati yaratilgan.