Raxmatova Fotima G‘anievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash texnologiyasini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped563.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Narziqul, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash texnologiyasining mazmuni va tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtidorli o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi bosqichlari (boshlang‘ich, individuallashuv, integratsion, faoliyat) ana’naviy, institusional, shaxslararo, refleksiv mexanizmlar uchun o‘z-o‘zini motivatsion rag‘batlantirish, emotsional-irodaviy rivojlantirish va nazorat qilish ko‘rsatkichlarini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik tuzilmasi iqtidorlilikni tashxislash yondashuvlarini (shaxsga yo‘naltirilgan, dinamik, prognostik) va vositalarini (baholash, kuzatish, tahlil qilish, himoyalash, jalb etish) qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
5–9-sinf iqtidorli o‘quvchilari bilan ishlashning integrativ-rivojlantiruvchi texnologiyasi o‘quvchilarda autopsixologik kompetentlilikni rivojlantirish, tolerant xulq-atvor, o‘z faoliyatini mustaqil boshqarishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni komponentlarini (motivatsion, mazmunga doir, faoliyatga doir, aksiologik) kiritish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari (“Tanaffussiz estafeta”, “Mustaqil mavzuda munozara yaratish”, kundalik, ovoz berish va baholash) motiv turkumlarini (ijtimoiy ehtiyojli, boshqariluvchi, aks ettiruvchi, umumiy, bioquvvatli, ierarxik) ajratishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtidorli o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi bosqichlari, ana’naviy, institusional, shaxslararo, refleksiv mexanizmlar uchun o‘z-o‘zini motivatsion rag‘batlantirish, emotsional-irodaviy rivojlantirish va nazorat qilish ko‘rsatkichlariga oid xulosalardan Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 8 noyabrdagi “Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlar bellashuvini tashkil etish hamda hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalarining reytingini aniqlash to‘g‘risida”gi 360-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 23 oktyabrdagi 01/11-01/14-2319-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda bilimli bo‘lish va iqtidorni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining reytingini aniqlashda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini baholash imkoniyati kengaytirilgan;
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik tuzilmasini takomillashtirish, iqtidorlilikni tashxislash yondashuvlari va vositalarini qo‘llash, iqtidorli o‘quvchilarni rivojlantirishning diagnostik apparati va metodikalari majmuini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 dekabrdagi 371-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik” granti — beg‘araz texnik ko‘magidan foydalangan holda “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish” loyihasining 2-komponentini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 23 oktyabrdagi 01/11-01/14-2319-son ma’lumotnomasi). Natijada fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish va xalqaro ta’lim grantlaridagi ishtirokini ta’minlash imkonini bergan;
5–9-sinf iqtidorli o‘quvchilari bilan ishlashning integrativ-rivojlantiruvchi texnologiyasini takomillashtirish, o‘quvchilarda autopsixologik kompetentlilikni rivojlantirish, tolerant xulq-atvor, o‘z faoliyatini mustaqil boshqarishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni komponentlarini kiritish, ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari, motiv turkumlariga oid takliflardan F3-2016-0914183252 raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2016-2019 y.) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 89-03-2794-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha talabalarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ma’naviy ongini boyitish texnologiyasi mazmuni motivatsion, faoliyatga doir va aksiologik komponentlar, ijtimoiy va oilaviy hayotga tayyorlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilgan.