Ismatov Abdulla Ataullaevichning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Yurak ishemik kasalligi mitral klapan o‘rta og‘irlikdagi etishmovchiligi bilan: jarrohlik davo usullarini optimallashtirish », 14.00.34 – yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.1.PhD/Tib3422.
Ilmiy rahbarlar: Yarbekov Rustam Raimkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
DSc. 06/2025.27.12.Tib.08.01.
Rasmiy opponentlar: Bahritdinov Farlitdin Shamsutdinovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Kazaryan Artak Varujanovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: « Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta darajadagi ishemik mitral klapan etishmovchiligi bilan asoratlangan yurak ishemik kasalligini jarrohlik davolash usullarini qiyosiy tahlili asosida davolash natijalarini yaxshilashdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta darajali mitral klapan etishmovchiligi bilan asoratlangan ishemik kardiomiopatiyali bemorlarda aortokoronar shuntlash amaliyoti mitral klapan plastikasi bilan birga o‘tkazilganda, mitral klapan fibroz halqasining stabillashgani sababli operatsiyadan keyingi uzoq muddatli davrda ahamiyatli mitral regurgitatsiya qaytalanishi (residivi) darajasi izolyasiyalangan aortokoronar shuntlash o‘tkazilgan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada kamayishi isbotlangan;
bemor yoshi >70, qandli diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi hamda chap qorincha qisqarish fraksiyasining <30% kabi omillarning operatsiyadan keyingi erta asoratlar va noxush oqibatlar bilan ishonchli korrelyasiyasi isbotlangan;
mitral klapan plastikasi bilan birgalikda bajarilgan aortokoronar shuntlash izolyasiyalangan miokard revaskulyarizatsiyasiga nisbatan yurak chap qorincha chiqarish fraksiyasining dinamik oshishi, chap qorinchaning yakuniy diastolik va sistolik o‘lchamlarining qisqarishi kabi ijobiy remodelllanish parametrlariga yaqqol ta’siri tasdiqlangan;
yurakning ishemik kasalligi va ikkilamchi mitral etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolash usulini individual tanlashga qaratilgan davolash taktikasi bemorning polimorbid holatini hisobga olib davolash samarasi va xavfsizligi orasida optimallikni ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi mitral klapan o‘rta og‘irlikdagi etishmovchiligi bilan: jarrohlik davo usullarini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengash yig‘ilishining 2025-yil 17-dekabrdagi 31/01-sonli bayonnomasi xulosasi bilan tasdiqlangan:
birinchi ilmiy yangilik: o‘rta darajali mitral klapan etishmovchiligi bilan asoratlangan ishemik kardiomiopatiyali bemorlarda aortokoronar shuntlash amaliyoti mitral klapan plastikasi bilan birga o‘tkazilganda, mitral klapan fibroz halqasining stabillashgani sababli operatsiyadan keyingi uzoq muddatli davrda ahamiyatli mitral regurgitatsiya qaytalanishi (residivi) darajasi izolyasiyalangan aortokoronar shuntlash o‘tkazilgan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada kamayishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiy markazining Qarshi filiali klinik faoliyatida (2025-yil 29-sentyabrdagi 74/1t-son buyrug‘i) va Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida (2025-yil 24-noyabrdagi 10-son buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: vizualizatsiya ma’lumotlarini solishtirish asosida yurak ichki gemodinamikasini baholashning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish diagnostik aniqlikni oshirdi, xatolar sonini kamaytirdi hamda o‘z vaqtida davolashni ta’minlab, tibbiy yordam sifatini yaxshilash va nogironlik darajasini pasaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy nuqtai nazardan, individual yondashuv mavjud resurslardan samarali foydalanish imkonini bergan. Bu gemodinamikani nisbatan tez barqarorlashtirish hisobiga erta operatsiyadan keyingi davrda dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi va reanimatsiyada o‘rtacha yotish muddatini 1,3±0,3 sutkadan 1,2±0,3 sutkaga qisqartirish imkonini berdi. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida bir kunlik xarajat 1000000 so‘mni tashkil etishini hisobga olganda, bir bemor uchun 200000 so‘m tejashga, tadqiqot doirasida o‘xshash patologiyaga ega 40 bemor misolida esa jami 8000000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bemor yoshi >70, qandli diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi hamda chap qorincha qisqarish fraksiyasining <30% kabi omillarning operatsiyadan keyingi erta asoratlar va noxush oqibatlar bilan ishonchli korrelyasiyasi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiy markazining Qarshi filiali klinik faoliyatida (2025-yil 29-sentyabrdagi 74/1t-son buyrug‘i) va Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida (2025-yil 24-noyabrdagi 10-son buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: qoniqarsiz natijalar prediktorlarini erta aniqlash xavf guruhlarini o‘z vaqtida ajratishga va bemorlarni davolashni boshqarish taktikasini optimallashtirishga imkon beradi, bu esa perioperatsion asoratlar sonining kamayishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: turli vizualizatsiya usullarini yagona diagnostika algoritmiga jamlash takroriy va ortiqcha tekshiruvlar sonini kamaytirishga, erta bosqichlarda tashxis aniqligini oshirishga va protseduralarga sarflanadigan xarajatlarni bir bemor uchun 950000 so‘mga kamaytirishga imkon bergan. Agar bir bemor uchun tejash 950000 so‘m bo‘lsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 38000000 so‘mni tashkil qiladi (yiliga 40 bemor hisobida);
uchinchi ilmiy yangilik: mitral klapan plastikasi bilan birgalikda bajarilgan aortokoronar shuntlash izolyasiyalangan miokard revaskulyarizatsiyasiga nisbatan yurak chap qorincha chiqarish fraksiyasining dinamik oshishi, chap qorinchaning yakuniy diastolik va sistolik o‘lchamlarining qisqarishi kabi ijobiy remodellanish parametrlariga yaqqol ta’siri tasdiqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiy markazining Qarshi filiali klinik faoliyatida (2025-yil 29-sentyabrdagi 74/1t-son buyrug‘i) va Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida (2025-yil 24-noyabrdagi 10-son buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning hayot sifati va prognozi yaxshilanadi, jismoniy faolligi oshadi va nogironlik darajasi kamayadi, asoratlar hamda takroriy murojaatlar xavfi qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: uzoq muddatli davrda takrorlanuvchi mitral etishmovchilik rivojlanishiga ta’sir qiluvchi operatsiyadan oldingi omillarni aniqlash hisobiga postoperatsion asoratlarni davolash bo‘yicha qo‘shimcha statsionar xarajatlarni bir bemor uchun 1500000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Agar bir bemor uchun tejash 1500000 so‘m bo‘lsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 12000000 so‘mni tashkil qiladi (yiliga 8 bemor uchun);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yurakning ishemik kasalligi va ikkilamchi mitral etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolash usulini individual tanlashga qaratilgan davolash taktikasi bemorning polimorbid holatini hisobga olib davolash samarasi va xavfsizligi orasida optimallikni ta’minlashi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiy markazining Qarshi filiali klinik faoliyatida (2025-yil 29-sentyabrdagi 74/1t-son buyrug‘i) va Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida (2025-yil 24-noyabrdagi 10-son buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘rtacha darajadagi mitral etishmovchilik bilan kechuvchi YuIK bemorlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikalarini optimallashtirish ijtimoiy soha uchun katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy moslashuv darajasi oshadi, hayot sifati yaxshilanadi, jamiyat va davlat tuzilmalari uchun iqtisodiy va psixologik yuk kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘p tarmoqli yondashuvga asoslangan protokollarni joriy etish sog‘liqni saqlash resurslarini yanada oqilona ishlatishga xizmat qiladi. Shu tarzda, ushbu bemorlar toifasida operatsiyaga o‘z vaqtida va to‘g‘ri yondashuv bevosita va bilvosita xarajatlarni kamaytiradi hamda sog‘liqni saqlash tizimining umumiy samaradorligini oshiradi.