Xoliqulov Shuxratjon Boymaxammadovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda engil va oziq-ovqat sanoatining rivojlanishining tarixiy tahlili (Navoiy viloyati misolida, 1991–2023-yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligida
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar2042
Ilmiy rahbar: Botirova Halima Eshmamatovna - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aminova Aziza Marksovna - tarix fanlari doktori, dotsent; Raupov Sohib Saidovich - tarix fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz.     
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston oziq-ovqat va engil sanoatlarining rivojlanishi borasidagi iqtisodiy islohotlarni tarixiy taqqoslash (Navoiy viloyati misolida, 1991–2023-yy.) hamda undagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiq etilgan davrda viloyatda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini sanoat asosida qayta ishlash tizimining shakllanishi, xususan, paxta, ipak, jun, teri hamda boshqa mahalliy xomashyolar negizida xalqaro standartlarga mos tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, natijada yangi ish o‘rinlari yaratilgani va qishloq xo‘jaligidagi mehnat resurslarini sanoat tarmoqlariga yo‘naltirishning dastlabki institutsional bosqichlari vujudga kelgani asoslandi;
viloyat yalpi sanoat mahsulotining asosiy qismini oziq-ovqat sanoati tashkil etgan bo‘lsa-da, tarmoqning xomashyoga qaram va kam diversifikatsiyalashgan tuzilmasini bartaraf etish maqsadida meva-sabzavot mahsulotlarini sanoat asosida quritish, o‘rik va shaftoli danaklaridan texnik hamda oziq-ovqat moylari ajratib olish, uzum va boshqa mahalliy xomashyolar asosida ichimliklar ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilgani hududda agroindustrial integratsiyani kuchaytirish va eksportbop tayyor mahsulotlar ulushini oshirishga xizmat qilgani dalillangan;
2016-yildan keyin Navoiy viloyatida engil va oziq-ovqat sanoatini modernizatsiya qilishga qaratilgan investision loyihalar, jumladan, paxtani chuqur qayta ishlash, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda meva-sabzavot xomashyosini qayta ishlash korxonalarining tashkil etilishi natijasida hududiy sanoat ixtisoslashuvi kuchaygani, ishlab chiqarishning “xomashyo–qayta ishlash–tayyor mahsulot” zanjiri asosida rivojlanganligi va shu orqali tarmoq klasterlarini shakllantirishning institutsional hamda iqtisodiy asoslari yuzaga kelgani isbotlangan;
Navoiy viloyatining geoiqtisodiy jihatdan qulay hududda joylashgani, qo‘shni davlatlar bilan bog‘lovchi savdo-kommunikatsiya yo‘llarining ochilishi, unumdor er resurslari va barqaror agroiqlim sharoitining mavjudligi, shuningdek, tog‘-kon va mineral xomashyo zaxiralarining salmoqli ekani hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi viloyatda investision loyihalarni amalga oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, savdo va turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun mustahkam iqtisodiy zamin yaratib, mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay institutsional-investision muhit shakllanganini asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda engil va oziq-ovqat sanoatlarining rivojlanishi borasidagi iqtisodiy islohotlarni tarixiy taqqoslash mavzusini o‘rganishda to‘plangan ilmiy ma’lumotlar asosida:
Tadqiq etilgan davrda viloyatda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini sanoat asosida qayta ishlash tizimining shakllanishi, xususan, paxta, ipak, jun, teri hamda boshqa mahalliy xomashyolar negizida xalqaro standartlarga mos tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, natijada yangi ish o‘rinlari yaratilgani va qishloq xo‘jaligidagi mehnat resurslarini sanoat tarmoqlariga yo‘naltirishning dastlabki institutsional bosqichlari vujudga kelgani  haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi tashkilotlar amaliyotida ma’lumot sifatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 01-26-11/454-sonli ma’lumotnomasi). Keltirilgan ma’lumotlar asosida to‘qimachilik sanoatida yuz berayotgan o‘zgarishlar orqali ipakchilik tarixi bo‘yicha soha xodimlarining bilim va tasavvurlarini kengaytirishga yordam bergan;
viloyat yalpi sanoat mahsulotining asosiy qismini oziq-ovqat sanoati tashkil etgan bo‘lsa-da, tarmoqning xomashyoga qaram va kam diversifikatsiyalashgan tuzilmasini bartaraf etish maqsadida meva-sabzavot mahsulotlarini sanoat asosida quritish, o‘rik va shaftoli danaklaridan texnik hamda oziq-ovqat moylari ajratib olish, uzum va boshqa mahalliy xomashyolar asosida ichimliklar ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilgani hududda agroindustrial integratsiyani kuchaytirish va eksportbop tayyor mahsulotlar ulushini oshirishga xizmat qilgani borasidagi dalillardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi tashkilotlar amaliyotida ma’lumot sifatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 01-26-11/454-sonli ma’lumotnomasi). Ma’lumotlar asosida to‘qimachilik sanoatining modernizatsiyalashuv jarayonlari hamda ipakchilik tarmog‘idagi tarkibiy o‘zgarishlar yoritilib, ushbu yo‘nalishning tarixiy taraqqiyot bosqichlari, ishlab chiqarish an’analari va iqtisodiy ahamiyati yuzasidan soha mutaxassislarining ilmiy qarashlarini boyitishga xizmat qiluvchi yangi konseptual xulosalar ishlab chiqilgan.
2016-yildan keyin Navoiy viloyatida engil va oziq-ovqat sanoatini modernizatsiya qilishga qaratilgan investision loyihalar, jumladan, paxtani chuqur qayta ishlash, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda meva-sabzavot xomashyosini qayta ishlash korxonalarining tashkil etilishi natijasida hududiy sanoat ixtisoslashuvi kuchaygani, ishlab chiqarishning “xomashyo–qayta ishlash–tayyor mahsulot” zanjiri asosida rivojlanganligi va shu orqali tarmoq klasterlarini shakllantirishning institutsional hamda iqtisodiy asoslari yuzaga kelgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 01-33/467-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar O‘zbekistonda engil va oziq-ovqat sanoatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xulosalari bo‘yicha teletomoshabinlarning bilim va tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan. 
Navoiy viloyatining geoiqtisodiy jihatdan qulay hududda joylashgani, qo‘shni davlatlar bilan bog‘lovchi savdo-kommunikatsiya yo‘llarining ochilishi, unumdor er resurslari va barqaror agroiqlim sharoitining mavjudligi, shuningdek, tog‘-kon va mineral xomashyo zaxiralarining salmoqli ekani hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi viloyatda investision loyihalarni amalga oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, savdo va turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun mustahkam iqtisodiy zamin yaratib, mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay institutsional-investision muhit shakllanganini haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 01-33/467-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan tahliliy ma’lumotlar orqali keng jamoatchilik, xususan, teletomoshabinlarda O‘zbekistonda engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash hamda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy natijalari yuzasidan tizimli ilmiy tasavvurlarni shakllantirishga erishilgan.


Ilmiy kengash raisi                                                          Ochilov A.T.

Ilmiy kengash ilmiy kotibi                                              Boltaev B.B. 

Ilmiy rahbar                                                Botirova H.E.

Talabgor                                                            Xoliqulov Sh.B.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish