Yarashev Jo‘rabek To‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash samaradorligini oshirishda aksiologik yondashuv (Buxoro musiqa merosi misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Ped587.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Choriev Abdushukur Chorievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mustafoev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash samaradorligini oshirishda aksiologik yondashuv jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional musiqa janriga oid asarlarda aksiologik yondashuvning o‘rni «Shashmaqom» mushkilotining (Tasnifi Buzruk, Tarjei Navo, Garduni Buzruk, Muxammasi Bayot, Samoi Dugoh) konteksti, ohang tuzilishi, ritmik va melodik o‘zgarishlar asosida ochib berilgan;
talabalarni san’at namoyandalaridan ibrat, boy musiqiy merosga, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashda buxorolik mohir bastakorlar hayoti va ijodiy faoliyatiga oid tizimlashtirilgan o‘quv tuzilmasining (hayot yo‘li, turmush tarzi, fidoyilik, sa’y-harakat, mashaqqat, muloqot va muomala) pedagogik ta’siri asoslangan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari san’at namoyandalarining ijodiy faoliyatini tasniflashtirish (yaratilgan musiqiy risolalar, cholg‘u ijrochiligi, hofizlik yo‘nalishi, bastakorlik faoliyati, rahbarlik fazilati) uslubidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
aksiologik yondashuv orqali bakalavrlar tayyorlash tizimiga oid taklif va tavsiyalar o‘qitishning an’anaviy metodlariga (savol-javob, qisqacha bayon, shaxsi namuna, ijro namunalari, ilmiy fikrlash, kuzatish, muammoli) Buxoro musiqa merosiga yo‘naltirilgan materiallarni uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash samaradorligini oshirishda aksiologik yondashuvga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
professional musiqa janriga oid asarlarda aksiologik yondashuvning o‘rni, «Shashmaqom» mushkilotining konteksti, ohang tuzilishi, ritmik va melodik o‘zgarishlarga oid takliflardan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 6 martdagi 89-03-914-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida musiqa ta’limida ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashga oid faoliyatlarni tashxislash va korreksiyalash metodlarini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlarini takomillashtirish, san’at namoyandalarining ijodiy faoliyatini tasniflashtirish uslubidan foydalanish, o‘qitishning an’anaviy metodlariga Buxoro musiqa merosiga yo‘naltirilgan materiallarni uyg‘unlashtirishga oid takliflardan 5111100 – Musiqa ta’limi bo‘yicha bakalavr ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 6 martdagi 89-03-914-son ma’lumotnomasi). Mazkur malakaviy talablar musiqa ta’limi o‘quv reja va dasturlarini takomillashirish, o‘quv-uslubiy ta’minotini yangilashga xizmat qilgan;
talabalarni san’at namoyandalaridan ibrat, boy musiqiy merosga, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashda buxorolik mohir bastakorlar hayoti va ijodiy faoliyatiga oid tizimlashtirilgan o‘quv tuzilmasining pedagogik ta’siriga doir takliflaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining hududlarda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish, uzluksiz ma’naviy tarbiya loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 6 martdagi 89-03-914-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda yoshlarni musiqiy merosga, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalash va ta’lim berishda ularning ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qilgan.