Ortiqov Akbar Pirnapasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati sharoitida o‘pka rakining patomorfologik xarakteristikasi va immunogistokimyoviy tahlili», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5535.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Baxpom Cabipjanevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tag‘oyqulov Erkinjon Xoliqulovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati aholisida o‘pka saratonining patomorfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini kompleks o‘rganish asosida kasallikning hududiy o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatida o‘pka saratonining gistologik strukturasini aniqlash asosida, mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratonida adenokarsinoma (36,9%) va yassi hujayrali karsinoma (32,8%) ustunligi regional ekologik va demografik omillarning ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlangan;
Xorazm viloyati bemorlarida Ki-67, p53, Bcl-2, TTF-1 va CK5/6 immunogistokimyoviy biomarkerlarining ekspressiyasi gistologik turlar kesimida kompleks baholanib, bemorlarning 60%da Ki-67 yuqori (>60%) ekspressiyasining o‘sma hujayralari polimorfizmi, giperxromiya va mitotik faollik oshishi bilan morfologik jihatdan mos kelishi asoslangan;
Ki-67 yuqori ekspressiyasi va p53 ijobiyligi past differensiatsiyalangan o‘smalarda yuqori mitotik faollik va agressiv klinik kechish bilan ishonchli bog‘liqligi hamda ushbu markerlar majmuasi o‘pka rakini prognozlashda mustaqil immunogistokimyoviy mezoni ekanligi isbotlangan;
TTF-1 va CK5/6 markerlarini kombinatsiyada qo‘llashga asoslangan, mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratonining adenokarsinoma (TTF-1⁺/CK5/6⁻) va yassi hujayrali karsinoma (TTF-1⁻/CK5/6⁺) turlarini yuqori aniqlikda diagnosti qilishning ishonchli immunogistokimyoviy yondashuvi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xorazm viloyati aholisida o‘pka saratonining patomorfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Xorazm viloyatida o‘pka saratonining gistologik strukturasini aniqlash asosida, mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratonida adenokarsinoma (36,9%) va yassi hujayrali karsinoma (32,8%) ustunligi regional ekologik va demografik omillarning ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 yanvarda 56-son bilan tasdiqlangan «Xorazm viloyati aholisi orasida tarqalgan o‘pka saratonining zamonaviy tashxisot usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.04.2025 yildagi 18/1-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 15/1-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 04.04.2025 yildagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/01-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Xorazm viloyatida o‘pka saratonining asosiy gistologik turlari aniqlanishi aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim qadam hisoblanadi. Tadqiqot natijalari asosida xavf omillari haqida aholiga ma’lumot berish, zararli odatlardan (chekish, zararli moddalar ta’siri) voz kechishga turtki bo‘ladi. Erta tashxis va samarali davolash orqali bemorlarning umr davomiyligi oshadi, bu esa jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: tashxis qo‘yish aniqligini oshirish, takroriy tekshiruvlar va noto‘g‘ri tashxis qo‘yishning oldini olish maqsadida o‘pka saratoning morfologik xususiyatlarini mintaqaviy darajada standartlashtirish natijasida gistologik tahlil uchun sarflanadigan 230000 so‘m va immunogistokimyoviy tahlil uchun 1800000 so‘m, jami 2030000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Xorazm viloyati bemorlarida Ki-67, p53, Bcl-2, TTF-1 va CK5/6 immunogistokimyoviy biomarkerlarining ekspressiyasi gistologik turlar kesimida kompleks baholanib, bemorlarning 60%da Ki-67 yuqori (>60%) ekspressiyasining o‘sma hujayralari polimorfizmi, giperxromiya va mitotik faollik oshishi bilan morfologik jihatdan mos kelishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 yanvarda 56-son bilan tasdiqlangan «Xorazm viloyati aholisi orasida tarqalgan o‘pka saratonining zamonaviy tashxisot usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.04.2025 yildagi 18/1-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 15/1-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 04.04.2025 yildagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/01-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka saratonini erta aniqlash uchun patomorfologik tekshiruvlardan keng foydalanish zarur. Bunda to‘qimalarning mikroskopik va immunogistoximiyaviy tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Aniq gistologik tur va bosqichni aniqlash kasallikni samarali davolashga yordam beradi. Bu axoli salomatligini saqlash, hayot sifatini oshirish, va onkologik profilaktikani kuchaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: xavfli guruhlar orasida muntazam flyuorografiya va kompyuter tomografiyasi kabi skrining tadbirlarini tashkil qilish orqali kasallikni erta aniqlash natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1100000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi; 
uchinchi ilmiy yangilik: Ki-67 yuqori ekspressiyasi va p53 ijobiyligi past differensiatsiyalangan o‘smalarda yuqori mitotik faollik va agressiv klinik kechish bilan ishonchli bog‘liqligi hamda ushbu markerlar majmuasi o‘pka rakini prognozlashda mustaqil immunogistokimyoviy mezoni ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 yanvarda 56-son bilan tasdiqlangan «Xorazm viloyati aholisi orasida tarqalgan o‘pka saratonining zamonaviy tashxisot usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.04.2025 yildagi 18/1-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 15/1-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 04.04.2025 yildagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/01-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Xorazm viloyati sharoitida o‘pka saratonida Ki-67, Bcl-2, p53, TTF-1 va CK5/6 immunogistokimyoviy markerlar ekspressiyasining kompleks tahlili aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ilmiy asos yaratadi. Markerlar orqali o‘sma hujayralarining proliferativ faolligi va differensiatsiya darajasi aniqlanishi shifokorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va samarali davolash usullarini tanlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy usullarni samarali qo‘llash tufayli qo‘shimcha tekshiruvlar (masalan, PET, MSKT va qo‘shimcha keng doiradagi muttaxasislar ko‘rigi uchun to‘lanadigan xarajatlar) ehtiyoji kamayishi natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2200000 so‘mdan ziyod mablag‘lar iqtisod qilinadi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TTF-1 va CK5/6 markerlarini kombinatsiyada qo‘llashga asoslangan, mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratonining adenokarsinoma (TTF-1⁺/CK5/6⁻) va yassi hujayrali karsinoma (TTF-1⁻/CK5/6⁺) turlarini yuqori aniqlikda diagnosti qilishning ishonchli immunogistokimyoviy yondashuvi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 yanvarda 56-son bilan tasdiqlangan «Xorazm viloyati aholisi orasida tarqalgan o‘pka saratonining zamonaviy tashxisot usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.04.2025 yildagi 18/1-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 15/1-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 04.04.2025 yildagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/01-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qiyosiy tashxis bemorlarning hayot darajasini oshiradi, har bir bemorga individual yondashuvni ta’minlaydi va o‘pka saratoni turi aniqlanganidan so‘ng davolash usulini tanlashda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: TTF-1 va SK5/6 markerlarini birgalikda qo‘llash natijasida takroriy gistologik tahlil uchun sarflanadigan 230000 so‘m, ortiqcha biopsiya uchun 1005000 so‘m va qisman ortiqcha jarrohlik amaliyoti uchun 1530000 so‘m, jami 2765000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish