Xamraeva Charos Norvoevnaning 
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “sadoqat” konseptining lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3120.
Ilmiy rahbar: Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: Tursunali Jumaev, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Mehrinigor Bahadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi “sadoqat” konseptining  lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Sadoqat” va “loyalty” konseptlari  ijobiy axloqiy baho umumiy hisoblanib, o‘zbek madaniyatida jamoaviy majburiyat (oilaviy, vatanparvarlik) ustunligi, ingliz madaniyatida shaxsiy va institutsional sodiqlik (partiya, brend) yetakchilik qilishi asoslangan;  
o‘zbek tilidagi “sadoqat” konsepti birliklari genetik jihatdan o‘z qatlam hamda arab, fors-tojik, rus va baynalmilal manbalarga, ingliz tilidagi “loyalty” konsepti birliklari lotin, fransuz, german tillari, shuningdek, ingliz tilining o‘z qatlamiga mansub bo‘lishi leksik birliklarning etimologik tahlili asosida dalillangan; 
chog‘ishtiralayotgan tillardagi “sadoqat” konsepti birliklarining struktur jihatdan sodda, qo‘shma, birikmali kabi turlarga bo‘linishi, derivatsion xususiyatlariga ko‘ra muayyan farqlarga (ingliz tilida prefikslarning ham ishtirok etishi) egaligi aniqlangan; 
“sadoqat” va “loyalty” konseptlarining leksikografik talqinidagi umumiy, ya’ni lug‘atlar makrostrukturasi va mikrostrukturasida va farqli,  ya’ni illyustrativ misollarning tanlanishi jihatlari mavjudligi ikki tildagi lug‘atlar tahlili asosida dalillangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek va ingliz tillaridagi axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini “sadoqat” konseptlari misolida” mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
“Sadoqat” va “loyalty” konseptlari  ijobiy axloqiy baho umumiy hisoblanib, o‘zbek madaniyatida jamoaviy majburiyat (oilaviy, vatanparvarlik) ustunligi, ingliz madaniyatida shaxsiy va institutsional sodiqlik (partiya, brend) yetakchilik qilishi asoslanganiga doir ma’lumotlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Qarshi davlat universitetida bajarilgan SUZ-800-21GR-3181 raqamli “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” mavzusidagi xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 27-dekabrdagi 03/1329-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan maqolalar va tezislarning ilmiy saviyasini oshirish imkonini bergan; 
o‘zbek tilidagi “sadoqat” konsepti birliklari genetik jihatdan o‘z qatlam hamda arab, fors-tojik, rus va baynalmilal manbalarga, ingliz tilidagi “loyalty” konsepti birliklari lotin, fransuz, german tillari, shuningdek, ingliz tilining o‘z qatlamiga mansub bo‘lishi leksik birliklarning etimologik tahlili asosida dalillanganligiga oid xulosalaridan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 20-maydagi 221/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq folklorida “sadoqat” konseptiga oid leksik birliklar, frazeologizmlar va paremiologik materiallar tizimlashtirilib, platformaga integratsiya qilish imkonini bergan;
“sadoqat” va “loyalty” konseptlarining leksikografik talqinidagi umumiy (masalan, lug‘atlar makrostrukturasi va mikrostrukturasida) va farqli (masalan, illyustrativ misollarning tanlanishida) jihatlar mavjudligi ikki tildagi lug‘atlar tahlili asosida dalillanganligiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Fayzli kun” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 
24-iyundagi 1705/100-son ma’lumotnomasi).  Natijada  ushbu ko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish