Imamov Quralbay Turganbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qoraqalpog‘iston XVIII-XX asr boshlarida sufiylik maskanlari me’morchiligini o‘rganish, ta’mirlash va turistik salohiyatini oshirish masalalari, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/A192.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish unversiteti.
Ilmiy rahbar: Yusupova Mavlyuda Aminjanovna, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.A.04.01.
Rasmiy opponentlar: Meliqulov G‘ayrat Abdug‘afforovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent; Adilov Zafar Ravshanovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonning XVIII–XX asr boshlaridagi sufiylik maskanlari me’morchiligini baholash, ilmiy jihatdan to‘liq o‘rganilmagan obidalarni ilmiy muomalaga kiritish, Ishan qal’a ziyoratgohini ta’mirlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda tahlil qilingan maskanlar asosida ziyorat turizm marshrutlarini yaratib, mintaqaning turistik salohiyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston hududidagi XVIII–XX asrlarga oid sufiylik majmualarining arxitekturaviy tuzilishi birinchi marta ilmiy asosda yirik, o‘rta va kichik turlarga ajratilib, ularning tipologik tasnifi ishlab chiqilgan;
XVIII–XX asrlarda qurilgan diniy-sufiylik maskanlari (masjid, maqbara, madrasa, xonaqohlar)ning tipologik va me’moriy xususiyatlari kompleks tarzda baholanib, ularning tarixiy shakllanish omillari hamda hajmiy-rejaviy rivojlanish bosqichlari aniqlangan;
Ishan qal’a, Abdixaliq oxun, Suyin ishan, Xon masjid, Qaraqum ishan kabi markazlarning arxitekturaviy xususiyatlari ilk bor tizimli ravishda baholanib, barcha boshqa maskanlar bilan hududlar kesimida ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
“Ishan qal’a” yodgorligini saqlash va ta’mirlashga qaratilgan ilmiy-asoslangan grafik restavratsiya loyihasi taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston XVIII-XX-asr boshlari sufiylik maskanlari me’morchiligini o‘rganish, ta’mirlash va turistik salohiyatini oshirish masalalari mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“Ishan qal’a” yodgorligini saqlash va ta’mirlashga qaratilgan ilmiy-asoslangan grafik restavratsiya loyihasi taklifi ishlab chiqish xususidagi takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi 04-07/01-3174-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqadagi sufiylik maskanlarning tuzilishini aniqlagan holda, Kegeyli tumanidagi “Ishan qal’a” me’moriy yodgorligi grafik rekonstruksiyasini ishlab chiqib, yangi ko‘rinishini qayta tiklash orqali tarixi qiyofasi ko‘rsatib berishga erishilgan;
Ishan qal’a, Abdixaliq oxun, Suyin ishan, Xon masjid, Qaraqum ishan kabi markazlarning arxitekturaviy xususiyatlari ilk bor tizimli ravishda baholanib, barcha boshqa maskanlar bilan hududlar kesimida ma’lumotlar bazasi yaratish xususidagi takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2025-yil 03-oktyabrdagi 01-12/04-297-son ma’lumotnomasi). Natijada hududdagi me’moriy yodgorliklarning hozirgi kundagi holatini yaxshilashga qaratilgan loyiha takliflar ishlab chiqilib, ziyoratchilar va turistlar uchin qulay, turizm salohiyatini oshirish hamda Ishan qala majmuasi hududidagi ziyoratchilarga qulay imkoniyatlar kengaytirilgan;
Qoraqalpog‘iston hududidagi XVIII–XX asrlarga oid sufiylik majmualarining arxitekturaviy tuzilishi birinchi marta ilmiy asosda yirik, o‘rta va kichik turlarga ajratilib, ularning tipologik tasnifi ishlab chiqilganligi hamda XVIII–XX asrlarda qurilgan diniy-sufiylik maskanlari (masjid, maqbara, madrasa, xonaqohlar)ning tipologik va me’moriy xususiyatlari kompleks tarzda baholanib, ularning tarixiy shakllanish omillari hamda hajmiy-rejaviy rivojlanish bosqichlari aniqlash yuzasidan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasining 2025-yil 11-noyabrdagi 01-03/01-729-son ma’lumotnomasi). Natijada XVIII-XX asrlardagi qurilgan diniy binolardagi maqbara, xonaqoh, masjid va shu singari sufiylikka oid turdagi yodgorliklarning arxitekturaviy jihatlarini aniqlashga erishilgan.