Muratxodjaeva Feruzaxon Xotamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “inson ruhiyatini ifodalovchi leksikaning funksional-semantik, kognitiv, milliy-madaniy reprezentatsiyasi va kompyuter-lingvistik modellashtirilishi”, 10.00.11 –Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil1040.
Ilmiy maslahatchi: Baxranova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01(bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Majidova Ra’no Urishovna; filologiya fanlari doktori, professor; Ganieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi inson ruhiyatini ifodalovchi emotiv leksik birliklarning funksional-semantik, lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarini, ularning milliy tafakkur, madaniyat hamda lisoniy shaxs bilan bog‘liqligini ilmiy asoslash, meliorativ va peyorativ birliklarning semantik-pragmatik xususiyatlarini aniqlash hamda ularni kompyuter-leksikografik modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ruhiy-emotsional leksik birliklarning milliy tafakkur va konseptual dunyoqarash bilan uzviy bog‘liqligi, emotiv leksika xalq ongida shakllangan tajriba, qadriyatlar tizimi va axloqiy tasavvurlarning tildagi kognitiv ifodasi ekanligi, ularning milliy mentalitetga xos konseptual tushunchalar bilan chambarchas tutashgani, madaniy-kognitiv semiosferaning muhim tarkibi hisoblanishi ilmiy jihatdan asoslangan;
emotiv leksikaning diskursiv-semantik va lingvokognitiv xususiyatlari “inson – til – tafakkur – madaniyat” to‘rtligi doirasida tahlil qilinib, bunda inson tafakkurining lisoniy in’ikosi ongda tayyor mavjudligi, kontekstdagi vaziyatdan kelib chiqib eng munosibi tanlanishi yoki ijtimoiy diskursdagi (tuzuk-yaxshi-a’lo-z’or) graduonimik darajasi orqali diskursda namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
lisoniy shaxs tushunchasi “inson tilda va til insonda” tamoyili asosida talqin qilinib, inson ruhiyatini ifodalovchi leksik birliklarning shaxs ongida tayyor semantik-emotiv birliklar majmui sifatida mavjud bo‘lishi, nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va baholovchi munosabatga muvofiq tanlanishi funksional-semantik, kognitiv jihatdan aniqlangan hamda maqtov, olqish, kamsitish, haqorat, qarg‘ish kabi emotiv nutqiy birliklar misolida ruhiy-emotsional leksikaning milliy-madaniy reprezentatsiyasi, universal va etnomadaniy xususiyatlari dalillangan;
inson ruhiyatini ifodalovchi 4071 ta emotiv leksik birlikdan iborat elektron leksik baza shakllantirilgan; birliklarning meliorativ va peyorativ semantik parametrlari asosida kompyuter-leksikografik tavsifi ishlab chiqilgan hamda emotiv birliklarning semantik annotatsiyasi amalga oshirilib, ularni avtomatik tasniflash va qidirish imkonini beruvchi lingvistik model asosida takomillashtirilgan;
inson ruhiyatini ifodalovchi umid, shafqat, quvonch, baxt, mamnunlik, sevgi kabi (ijobiy his-tuyg‘ularni anglatuvchi) meliorativ va qo‘rquv, g‘azab, hadik, nafrat kabi (noxush hissiyot tug‘diradigan) peyorativ emotiv leksik birliklarning semantik ko‘lami aniqlash asosida ularning paremiologik matnlardagi funksional ishtiroki takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson ruhiyatini ifodalovchi leksikaning funksional-semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish natijasidagi xulosalar asosida:
ruhiy-emotsional leksik birliklarning milliy tafakkur va madaniyat bilan bog‘liqligi lingvomadaniy tadqiqotlarning yangi qirrasini ochishi, emotiv leksika xalq ongida shakllangan qadriyat, hissiyot va axloqiy me’yorlarning til shakllariga aylanganligi, milliy mentalitet bilan uzviy bog‘liqligi ularning ifoda vositasi sifatida emas, balki madaniy semiosferaning tarkibiy qismi sifatida qaralishiga olib kelganligi asoslangan, bunday yondashuv orqali xalqning ruhiy olami va ijtimoiy xotirasini tahlil qilishda tilning muhim epistemik vosita sifatidagi o‘rni isbotlangan tahlillardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-apreldagi 01/4-1463-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tizimli tillarda ruhiyat fenomenologiyasining lisoniy vositalar orqali voqelanishi yoritilgan materiallar dasturiy vositaning lingvistik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
inson ruhiyatini ifodalovchi emotiv leksikaning funksional-semantik va lingvomadaniy xususiyatlari gumanitar fanlarda qabul qilingan tizimli usullar asosida hamda “inson” (milliy shaxs), “til” (tafakkur) va “madaniyat” (moddiy va ma’naviy) tushunchalarining o‘zaro dinamik munosabatlari nuqtayi nazardan tahlil qilingan o‘rinlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-apreldagi 01/4-1463-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy vosita til va tafakkur, ruhiyat va tafakkur aloqadorligiga oid materiallarni to‘ldirishga xizmat qiligan;
lingvokulturologiya va kognitiv tilshunoslikning fanlararo tahlili bugungi ilmiy jarayonlarda muhim bosqich ekanligi, tilshunoslik, psixologiya, falsafa va semantikni birlashtirgan kompleks yondashuvga asoslanishi, inson tafakkurining lisoniy in’ikosini faqat til birliklari orqali emas, balki ularning madaniy stereotip xususiyati, ongdagi tuzilishi, kontekstda ishlatilishi va ijtimoiy diskursdagi funksionalligi orqali ham anglash mumkinligi, tilning antroposentrik paradigmasi har bir leksik birlikda inson tajribasi, emotsional holat va madaniy kodlar uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘lishi isbotlangan natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM–F3–201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-apreldagi 01/4-1461-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim korpusi inson ruhiyati fenomenologiyasini bilim, tajriba va idrok jarayonlari bilan bog‘liq falsafiy yo‘nalish sifatida yorituvchi, shuningdek, tafakkur hamda voqelikning inson tajribasi asosida anglanishini kognitiv psixologiya nuqtayi nazaridan izohlovchi ilmiy qarashlar bilan boyitilgan;
ruhiy-emotsional leksik birliklarning lingvomadaniy modeli til, madaniyat va tafakkur, identitet va emotsiya, ijtimoiy ong va lisoniy ifoda o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni ko‘rsatib berishi, ushbu model inson tajribasining tilda qanday ifodalangani, hissiy obrazlar qanday shakllangani va ularning madaniy ongda qanday mustahkamlangani kabi masalalarni tizimli tahlil qilishga imkon yaratishi, tilshunoslikdagi bu yondashuv nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarbligi, psixolingvistika, madaniyatlararo kommunikatsiya va ijtimoiy semantika sohalarida yangi ilmiy yo‘nalishlarga asos bo‘lib xizmat qilishi haqidagi ilmiy xulosalardan; lisoniy shaxs tushunchasi antroposentrizm paradigmasi doirasida inson tilda va til insonda dixotomiyasi sifatida o‘rganilgan, lisoniy shaxs nutqida inson ruhiyatini aks ettirishning milliy o‘ziga xosligi va farqlari turli millatlar, madaniyatlar orasidagi dunyoqarash, tafakkur, qo‘llanadigan leksik birliklarning xilma-xilligiga asoslanishi yoritib berilgan materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ–2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-apreldagi 01/4-1460-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platformaning ma’lumotlar bazasi ruhiyat fenomenologiyasining milliy-madaniy xususiyatlariga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
zamonaviy tilshunoslikda inson ruhiy holatining til orqali ifodalanishi keng ko‘lamli fanlararo tadqiqotlar markazida turgani, jumladan, kognitiv yondashuvning psixologik, semantik va madaniy tafakkur bilan uzviy integratsiyasi tilning inson tafakkuridagi ichki kechinmalarni qanday kodlashi va ifodalash mexanizmlarini chuqurroq anglash imkonini berishi aniqlanib, inson ruhiyatiga oid leksik birliklar nafaqat semantik struktura sifatida, balki kognitiv model, ya’ni ruhiy jarayonlarning tildagi in’ikosi sifatida baholangan tahlillardan; inson ruhiyatini ifodalovchi umid, shafqat, quvonch, baxt, mamnuniyat, va sevgi kabi ijobiy his-tuyg‘ularni anglatuvchi meliorativ va qo‘rquv, g‘azab, nafrat kabi insonda noxushlik uyg‘otadigan salbiy holatni ifodalaydigan peyorativ emotiv birliklarning semantik ko‘lami aniqlangan hamda paremiologik matnlar kontekstidagi ishtiroki ko‘rsatib berilgan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-apreldagi 01/4-1462-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari til, borliq va tafakkur o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalash va talqin qilishga qaratilgan falsafiy qarashlar, borliq va ong o‘rtasidagi munosabatning diqqat markazida inson turuvchi antropotsentrik paradigma doirasida o‘rganilishiga oid tahlillar bilan boyitilgan.