Saidova Zilola Gadoymurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi): “Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasini takomillashtirish mexanizmi”.
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD/Ped3437
Ilmiy rahbar: Ashurova Marhabo Sayfulloevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04
Taqrizchilar: Bozorova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Qurbonova Gulnoza Negmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidigilardan iborat:
pedagogik yo‘nalishidagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasining tarkibiy tuzilmasi o‘qitish jarayonini rivojlantirishning demokratlashtirish, davomiylik, diversifikasiya, shaxsiylashtirish, xalqarolashtirish, fundamentallashtirish, standartlashtirish tendensiyalariga mosligini takomil-lashtirish hamda maqsadli tahliliy interpretatsiya qilish imkoniyatlariga ustvorlik berish asosida aniqlashtilgan;
pedagogik yo‘nalishidagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyalashning pedagogik imkoniyatlari bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy, ijtimoiy, maxsus, texnologik, ekstremal kasbiy ko‘nikmalarini didaktik jarayon mazmuni bilan interaktiv pedagogik dasturiy ishlanmalarning ta’limiy-texnologik maqsadlarini izchil uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasini takomillashtirish mazmuni ilg‘or xorijiy tajribalarga ko‘ra bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-pedagogik tafakkurini rivojlantirish, plyuralizm, ko‘p variantlilik, muvaffaqiyatli vaziyatlar hosil qilish va refleksiv yondashuv ko‘nikmalari nazariy-emperik jihatdan tadqiq qilingan;
pedagogik yo‘nalishidagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasining samaradorligi o‘qituvchi pozisiyasiga fasilatatorlik, supervayzerlik, edvayzerlik faoliyatini kiritish hamda ekspedision o‘rganish, so‘rovga asoslangan ta’lim, turli nuqtayi nazarlar, simulyasiya, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar, kinestetik o‘rganish, turli yo‘riqnomalarni intensiv ravishda qo‘llashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat. Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy qilindi:
pedagogik yo‘nalishidagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasining tarkibiy tuzilmasi o‘qitish jarayonini rivojlantirishning demokratlashtirish, davomiylik, diversifikasiya, shaxsiylashtirish, xalqarolashtirish, fundamentallashtirish, standartlashtirish tendensiyalariga mosligini takomil-lashtirish hamda maqsadli tahliliy interpretatsiya qilish imkoniyatlariga ustvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan 60110500-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi “Umumiy pedagogika”, “Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish metodikasi” fanlari dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 30-dekabrdagi 02/01-01-127-ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik turkum fanlari mazmuni takomillashtirilish imkoni yaratilgan;
pedagogik yo‘nalishidagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyalashning pedagogik imkoniyatlari bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy, ijtimoiy, maxsus, texnologik, ekstremal kasbiy ko‘nikmalarini didaktik jarayon mazmuni bilan interaktiv pedagogik dasturiy ishlanmalarning ta’limiy-texnologik maqsadlarini izchil uyg‘unlashtirishga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Imkoniyat o‘z qo‘lingda”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, televidenie jamoasining sohaviy ishlarida, xususan, madaniy, dolzarb hamda ilmiy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-dekabrdagi 1/347-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy motivatsiya asosida amaliy faoliyatga o‘rgatish, faollashtirish, o‘z ustida ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik tizimi boyitilgan;
oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasini takomillashtirish mazmuni ilg‘or xorijiy tajribalarga ko‘ra bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-pedagogik tafakkurini rivojlantirish, plyuralizm, ko‘p variantlilik, muvaffaqiyatli vaziyatlar hosil qilish va refleksiv yondashuv ko‘nikmalari nazariy-emperik jihatdan takomillashtirishga oid takliflardan 60110500-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i asosida berilgan 391300-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik turkum fanlarni o‘qitish jarayoni takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
pedagogik yo‘nalishidagi oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim integratsiyasining samaradorligi o‘qituvchi pozisiyasiga fasilatatorlik, supervayzerlik, edvayzerlik faoliyatini kiritish hamda ekspedision o‘rganish, so‘rovga asoslangan ta’lim, turli nuqtayi nazarlar, simulyasiya, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar, kinestetik o‘rganish, turli yo‘riqnomalarni intensiv ravishda qo‘llashga oid taklif va tavsiyalardan 60110500-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi194-son buyrug‘i asosida berilgan 194-303-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimiga integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy-pedagogik tafakkurini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.