Ahmadov Xurshid San’atovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yozuv o‘zgarishlari tarixi (1917-1941 yy)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligida
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1386
Ilmiy rahbar: Rashidov Oybek Rasulovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Shodmon Axmadovich - tarix fanlari doktori, professor; Azimov Inomjon Mamasodiqovich - filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917–1941-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan yozuv o‘zgarishlarining mazmuni va mohiyatini, ularning tarixiy, siyosiy hamda madaniy jarayonlar bilan bog‘liqligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1917–1941-yillardagi yozuv va imlo islohotlari uch bosqichli tizim (arab imlosini isloh qilish → lotinlashtirish → kirillashtirishga o‘tish)da amalga oshirilgani, qolaversa, bu siyosat faqat texnik imlo o‘zgarishi emas, balki siyosiy, mafkuraviy va madaniy transformatsiya jarayoni bo‘lib, u jamiyatning tarixiy xotirasi, ziyolilar pozisiyasi va davlat boshqaruvi o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sir natijasi ekanligi dalillandi;
Mahalliy ziyolilarning imlo va yozuv islohotlariga bo‘lgan munosabati bir xil bo‘lmaganligini inobatga olib ularni shartli ravishda uch asosiy guruhga ajratish mumkin: islohotchi-modernistlar (Fitrat, Elbek va boshqalar), an’anaviy (tradisional) qarash tarafdorlari hamda murosa yoki o‘rtacha pozisiyada turgan ziyolilarga ajratilib, mahalliy rahbar va ziyolilarning imloviy o‘zgarishlarga munosabati ikki bosqichli evolyusion model: 1) an’anaviy arab yozuvini saqlash va isloh qilish bosqichi; 2) modernizatsiya va siyosiy bosim sharoitidagi lotin hamda kirill imlosiga munosabat bosqichi ko‘rinishida bo‘lganligi aniqlandi;
“Chig‘atoy gurungi” uyushmasining o‘zbek adabiy tili va milliy imlo tizimini shakllantirishdagi institutsional roli ilk bor tizimli ravishda yoritilib, Fitrat, Elbek hamda Ashurali Zohiriy kabi ziyolilarning “Chig‘atoy imlosi” va “Musshrift” masalalariga oid ilmiy qarashlari tarixiy-manbashunoslik asosida tahlil qilinishi natijasida arab yozuvidan lotin va keyinchalik kirill yozuviga o‘tish jarayoni avlodlararo madaniy uzilish, imlo savodxonligining pasayishi, eski yozma merosni o‘zlashtirish imkoniyatining cheklanishi hamda jamiyatda ma’naviy murakkablik va tarixiy xotira uzilishlarining kuchayishiga olib kelgani isbotlandi;
XX asr boshlaridagi davriy matbuot, xususan, “Qizil O‘zbekiston”, “Turkiston”, “Ishtirokiyun” va “Alanga” kabi nashrlar faoliyati tahlili asosida matbuot nafaqat axborot tarqatish vositasi, balki yozuv islohotlarini ommaviy legitimlashtirish, yangi til siyosatini mafkuraviy jihatdan targ‘ib qilish hamda jamiyat ijtimoiy ongini shakllantirishga xizmat qilgan muhim siyosiy-kommunikativ boshqaruv mexanizmi ekanligi asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yozuv o‘zgarishlari tarixi (1917–1941-yillar) tahlil qilish natijasida quuidagilar amaliuotga joriu qilindi:
1917–1941-yillardagi yozuv va imlo islohotlari uch bosqichli tizim (arab imlosini isloh qilish → lotinlashtirish → kirillashtirishga o‘tish)da amalga oshirilgani, qolaversa, bu siyosat faqat texnik imlo o‘zgarishi emas, balki siyosiy, mafkuraviy va madaniy transformatsiya jarayoni bo‘lib, u jamiyatning tarixiy xotirasi, ziyolilar pozisiyasi va davlat boshqaruvi o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sir natijasi ekanligi to‘g‘rsidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan yozma manbalarni katologlashtirishda va ular haqida ma’lumotlar tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 11-noyabrdagi 04-05/4482-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa, muzeyning ilmiy-ma’rifiy faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Mahalliy ziyolilarning imlo va yozuv islohotlariga bo‘lgan munosabati bir xil bo‘lmaganligini inobatga olib ularni shartli ravishda uch asosiy guruhga ajratish mumkin: islohotchi-modernistlar (Fitrat, Elbek va boshqalar), an’anaviy (tradisional) qarash tarafdorlari hamda murosa yoki o‘rtacha pozisiyada turgan ziyolilarga ajratilib, mahalliy rahbar va ziyolilarning imloviy o‘zgarishlarga munosabati ikki bosqichli evolyusion model: 1) an’anaviy arab yozuvini saqlash va isloh qilish bosqichi; 2) modernizatsiya va siyosiy bosim sharoitidagi lotin hamda kirill imlosiga munosabat bosqichi bo‘lganligiga oid ma’lumotlar “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 13-martdagi 26-36-961-sonli ma’lumotnomasi). Bundagi natijalar teletomoshabinlarga Sovet boshqaruvi davrida milliy istiqlolimiz yo‘lida kurashgan davlat arboblari, milliy ziyolilarimizning mashaqqatli hayot yo‘lini anglashda yordam berdi.
XX asr boshlaridagi davriy matbuot, xususan, “Qizil O‘zbekiston”, “Turkiston”, “Ishtirokiyun” va “Alanga” kabi nashrlar faoliyati tahlili asosida matbuot nafaqat axborot tarqatish vositasi, balki yozuv islohotlarini ommaviy legitimlashtirish, yangi til siyosatini mafkuraviy jihatdan targ‘ib qilish hamda jamiyat ijtimoiy ongini shakllantirishga xizmat qilgan muhim siyosiy-kommunikativ boshqaruv mexanizmi ekanligi borasidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 13-martdagi 26-36-961-sonli ma’lumotnomasi). Bundagi natijalar teletomoshabinlarda yozuv va imlo o‘zgarishi jarayonida davriy matbuotning roli haqida dunyoqarashlarini boyishiga xizmat qildi.
“Chig‘atoy gurungi” uyushmasining o‘zbek adabiy tili va milliy imlo tizimini shakllantirishdagi institutsional roli ilk bor tizimli ravishda yoritilib, Fitrat, Elbek hamda Ashurali Zohiriy kabi ziyolilarning “Chig‘atoy imlosi” va “Musshrift” masalalariga oid ilmiy qarashlari tarixiy-manbashunoslik asosida tahlil qilinishi natijasida arab yozuvidan lotin va keyinchalik kirill yozuviga o‘tish jarayoni avlodlararo madaniy uzilish, imlo savodxonligining pasayishi, eski yozma merosni o‘zlashtirish imkoniyatining cheklanishi hamda jamiyatda ma’naviy murakkablik va tarixiy xotira uzilishlarining kuchayishiga olib kelgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Mir Arab oliy madrasasi o‘qitilayotgan “Paleografiya, kodikologiya va epigrafika” fanining o‘quv dasturlarini takomillashtirishda keng foydalanilgan (Mir Arab oliy madrasasining 2025-yil 10-iyundagi 48-sonli ma’lumotnomasi). Bu natijalar diniy ta’lim muassasasi talabalariga mazkur davrda sodir bo‘lgan imloviy o‘zgarishlar tarixini o‘rgatish bilan birgalikda, shu davrdagi har turli imlolarni o‘rgatadi.