Majidov Jamoliddin Komoliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlar portfellarining sifatini oshirish yo‘llari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt966.
Ilmiy rahbar: Bobakulov Tulkin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlar portfellarining sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining kreditlari va qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalari hajmini oshirishda banklarning daromad keltirmaydigan pul shaklidagi aktivlarining brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ini kamaytirish va tijorat banklarining joriy likvidlilik darajasini oshirish taklif etilgan;
tijorat banki kreditlarining daromadliligi va riskliligi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashda kreditlardan olingan foizli daromadlarning o‘sish sur’atlarini brutto kreditlarning o‘sish sur’atidan ortda qolmasligini va kredit riskini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajasini ta’minlashning zarurligi asoslangan;
korporativ qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini oshirish maqsadida, qimmatli qog‘ozlar portfelining diversifikatsiya darajasini ta’minlash, fundamental va texnik tahlilni takomillashtirish, transaksion depozitlarning kamaymaydigan qoldig‘ini korporativ qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish taklif etilgan;
 tasniflangan kreditlar tarkibini yaxshilash yo‘li bilan kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining me’yoriy darajasini ta’minlash maqsadida kreditlar uchun olinayotgan garov ob’ektlarining likvidliligiga, mijozlarning pul oqimini barqarorligiga, mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini umumiy pul oqimini baholash asosida aniqlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlar portfellarining sifatini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
tijorat banklari daromad keltirmaydigan pul shaklidagi aktivlarining banklar brutto aktivlari hajmidagi salmog‘ini kamaytirish va tijorat banklarining joriy likvidlilik darajasini oshirish taklifi AT “Turonbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2019 yil 1 iyuldagi 16/02-175-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Turonbank aktivlarning umumiy hajmida pul shaklidagi daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushini 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 63,7 foizga kamayishi ta’minlangan;
tijorat banki kreditlarining daromadliligi va riskliligi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklifi AT “Turonbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2019 yil 1 iyuldagi 16/02-175-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2017 yilda 2016 yilga nisbatan AT “Turonbank”da kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdori 36,2 foizga oshgani holda, kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarning brutto aktivlarga nisbatan darajasi 0,3 foizli punktga pasayishiga erishilgan;
banklarning korporativ qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarining hajmini bosqchma-bosqich oshirib borish lozimligi to‘g‘isidagi taklifi AT “Turonbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2019 yil 1 iyuldagi 16/02-175-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Turonbank” tomonidan korporativ qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 2,1 martaga oshishi ta’minlangan;
tasniflangan kreditlar tarkibini yaxshilash yo‘li bilan kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining me’yoriy darajasini ta’minlash taklifi AT “Turonbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AT “Turonbank”ning 2019 yil 1 iyuldagi 16/02-175-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tadbiqi natijasida 2017 yilda AT “Turonbank”da kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarini me’yoriy darajada (brutto aktivlarga nisbatan 0,1 foiz darajasida)  bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish