Ziyadullaeva Dilafruz Xudayberdievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Talabalarda oila va nikoh to‘g‘risidagi gender munosabatlarni o‘rganishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/P1075.
Ilmiy rahbar: Qodirov Obid Safarovich psixologiya fanlari doktori (DSc),  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari doktori (DSc),professor; Utepbergenov Marat Allanazarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Toshkent  davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda oila va nikoh to‘g‘risidagi gender munosabatlarni shakllantirish jarayonini ilmiy-usulubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda gender rollarni o‘zlashtirish jarayonida kognitiv moslashuv, affektiv o‘zaro ta’sir va motivatsion faollik komponentlarining integrativ rivojlanishi natijasida shaxsning ijtimoiy identifikatsiyasi hamda gender tenglikka yo‘naltirilgan psixologik pozisiyasi differensial darajada shakllanishi aniqlangan.
talabalarda oila va nikohga nisbatan egalitar munosabatlar tizimining shakllanishida o‘zaro hamkorlik, sheriklik va hissiy muvozanat omillarining regulyativ, aksiologik va refleksiv psixik jarayonlar bilan uyg‘unlashuvi natijasida ijtimoiy qadriyatlarning qayta talqini yuzaga kelishi dalillangan.
oila va gender munosabatlari haqidagi shaxsiy qarashlarning psixologik tuzilmasi, qadriyatlar tizimida instrumental hamda ekspressiv yo‘nalishlarning o‘zaro ta’sir mexanizmlari orqali affektiv barqarorlik, empatik idrok va ijtimoiy moslashuv darajalari bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanishi aniqlangan.
talabalarda ijtimoiy tenglik va mas’uliyatga asoslangan oila qarashlari shakllanishida kognitiv-emotsional uyg‘unlik, ijtimoiy refleksiya va shaxsiy moslashuv mexanizmlarining integrativ ishlashi natijasida gender madaniyatning barqaror modeli shakllanganligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Talabalarda oila va nikoh to‘g‘risidagi gender  munosabatlarini o‘rganishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda gender rollarni o‘zlashtirish jarayonida kognitiv moslashuv, affektiv o‘zaro ta’sir va motivatsion faollik komponentlarining integrativ rivojlanishi natijasida shaxsning ijtimoiy identifikatsiyasi hamda gender tenglikka yo‘naltirilgan psixologik pozisiyasi differensial darajada shakllanishiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston  Milliy  pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi 181-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-181-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda gender rollarni o‘zlashtirish jarayonida kognitiv moslashuv, gender tenglikka yo‘naltirilgan psixologik pozisiyasi differensial darajada shakllanishiga oid gender xususiyatlarni hisobga olgan holda yoshlarning ijtimoiy faollagini qo‘llab–quvvatlash bo‘ycha olib boriladigan psixologik xizmatning imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarda oila va nikohga nisbatan egalitar munosabatlar tizimining shakllanishida o‘zaro hamkorlik, sheriklik va hissiy muvozanat omillarining regulyativ, aksiologik va refleksiv psixik jarayonlar bilan uyg‘unlashuvi natijasida ijtimoiy qadriyatlarning qayta talqini yuzaga kelishini dalillashga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston  Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi 181-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-181-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda oila va nikohga nisbatan egalitar munosabatlar tizimining shakllanishida o‘zaro hamkorlik, sheriklik va hissiy muvozanat omillarining regulyativ, aksiologik va refleksiv psixik jarayonlar bilan uyg‘unlashuv imkoniyati kengaytirilgan;
oila va gender munosabatlari haqidagi shaxsiy qarashlarning psixologik tuzilmasi, qadriyatlar tizimida instrumental hamda ekspressiv yo‘nalishlarning o‘zaro ta’sir mexanizmlari orqali affektiv barqarorlik, empatik idrok va ijtimoiy moslashuv darajalari bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanishigaoid tavsiyalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston  Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi 181-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-181-son ma’lumotnomasi).  Natijada oila va gender munosabatlari haqidagi shaxsiy qarashlarning psixologik tuzilmasini aniqlashga oid ma’lumotlar bilan pedagog-psixologlarni tayyorlashga oid uslubiy-metodik ta’minot takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy tenglik va mas’uliyatga asoslangan oila qarashlari shakllanishida kognitiv-emotsional uyg‘unlik, ijtimoiy refleksiya va shaxsiy moslashuv mexanizmlarining integrativ ishlashi natijasida gender madaniyatning barqaror modeli shakllanganligi ilmiy jihatdan asoslab berillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston  Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi 181-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-181-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ijtimoiy tenglik va mas’uliyatga asoslangan oila qarashlari shakllanishida kognitiv-emotsional uyg‘unlikni aniqlashga oid ma’lumotlar bilan pedagog-psixologlarni tayyorlashga oid uslubiy-metodik ta’minot takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish