Abdullaev Oybek Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Individual yondashuv asosida o‘quv-korreksion jarayonni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash texnologiyalari (Nurli maskanlar misolida)”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12343  
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/27.12.2025.Ped.04.03          
Rasmiy opponentlar: Abidova Nilufar Zakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Salomova Feruza Xakimbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limiy platforma asosida talabalarning universal o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Nurli maskan”larda o‘quv-korreksion jarayonni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-kompensatsion imkoniyatlari birlamchi va davriy diagnostikada ikkilamchi nuqsonlar korreksiyasini modellashtirishga asos bo‘luvchi tibbiy-psixologopedagogik anamnez tarkibiga emotsional sfera barqarorligini oydinlashtiruvchi personal indikatorlarni kiritish orqali aniqlashtirilgan; 
“Nurli maskan”larda o‘quv-korreksion jarayonni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning adaptiv modeli vizual etishmovchilikning klinik-pedagogik simptomatikasiga mos  akademik-ijtimoiy mashrutni sensomotor ta’sirning bo‘shliqlar diagnostikasiga yo‘naltirilgan metodik modifikatsiyalarda tiflotexnik moslashuvchanlikda joriy etish asosida takomillashtirilgan;  
o‘quv fanlari va korreksion mashg‘ulotlarda ko‘zi ojiz o‘quvchilarning akademik-ijtimoiy faoliyatini tashkil etish texnologiyalari og‘zaki hisob va grammatik ifodalashga o‘rgatuvchi bo‘rttirma va audial kontentni assistiv-didaktik jarayonda kinestetik qayta ishlovning qisqa intervallarida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;    
o‘quv-korreksion jarayonni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning individual ta’lim paradigmalariga asoslangan didaktik ta’minoti diagnostika, korreksiya, adaptatsiyaning integral kompleksini o‘quvchilarda o‘rganish motivatsiyasi, ijtimoiy faollik va kommunikatsiyani ijobiy dinamikada rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda  differensial kontekstlarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Nurli maskan”larda o‘quv-korreksion jarayonni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yisha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Nurli maskan”larda o‘quv-korreksion jarayonni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-kompensatsion imkoniyatlari birlamchi va davriy diagnostikada ikkilamchi nuqsonlar korreksiyasini modellashtirishga asos bo‘luvchi tibbiy-psixologopedagogik anamnez tarkibiga emotsional sfera barqarorligini oydinlashtiruvchi personal indikatorlarni kiritishga oid takliflar  “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi  429-706-son guvohnomasi). Natijada, ko‘zi ojiz bolalarning akademik-ijtimoiy faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
“Nurli maskan”larda o‘quv-korreksion jarayonni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning adaptiv modeli vizual etishmovchilikning klinik-pedagogik simptomatikasiga mos akademik-ijtimoiy mashrutni sensomotor ta’sirning bo‘shliqlar diagnostikasiga yo‘naltirilgan metodik modifikatsiyalarda tiflotexnik moslashuvchanlikda joriy etishga oid tavsiyalar Respublikasi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining dalolatnomasida e’tirof etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis” markazining 2025-yil 02-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘zi ojiz bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning diagnostik, audiokinestetik va korreksion-kompensatsion texnologiyalarining ommalashishiga erishilgan;
 o‘quv fanlari va korreksion mashg‘ulotlarda ko‘zi ojiz o‘quvchilarning akademik-ijtimoiy faoliyatini tashkil etish texnologiyalari og‘zaki hisob va grammatik ifodalashga o‘rgatuvchi bo‘rttirma va audial kontentni assistiv-didaktik jarayonda kinestetik qayta ishlovning qisqa intervallarida qo‘llashga oid takliflari Farg‘ona davlat universitetida “Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” mavzusida amalga oshirilgan innovarsion loyihaning metodik bloki mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2026-yil 16-yanvardagi 04/384-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘zi ojiz bolalarning mental rivojlanishini pedagogik-psixologik monitoring qilish yo‘llari va instrumentlarini ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish