Usmonova Ruzixon Bozorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jahon adabiyoti vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiyasi nazariyasi va metodikasi (O‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7930.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Saitkulova Nazokat Rahmonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Adiba Raxmatovna, filologiya fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jahon adabiyoti vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarni jahon adabiyoti misolida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning pedagogik va metodologik asoslari insonparvarlik, tolerantlik, milliy o‘zlikni anglash, fikr tarbiyasi komponentlarining aksiologik parametrlar bilan integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari badiiy ijodiy muhit ta’sirida o‘qituvchilik mavqeyini anglashga undovchi reproduktiv, produktiv, konstruktiv, refleksiv yondashuvlar kasbiy o‘zini anglash muhitida samarador qo‘llanilishiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash modeli ko‘pvariantlilik, integrativlik, ta’limning milliy yo‘naltirilganligi tamoyillari shaxslararo, avlodlararo, millatlararo kommunikativlikning shaxs rivojlanishining motivatsion, emotsional, intellektual instrumentlariga adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
jahon adabiyoti vositasida talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash mezon va ko‘rsatkichlari tarixiy-madaniy merosning badiiy, hissiy, estetik va ijtimoiy ahamiyatining funksional va emotsional xususiyatlarini aks ettiruvchi badiiy obrazlarning milliy va umummadaniy tuzilmaviy kompetensiyalariga auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak o‘qituvchilarni jahon adabiyoti misolida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni jahon adabiyoti misolida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning pedagogik va metodologik asoslari insonparvarlik, tolerantlik, milliy o‘zlikni anglash, fikr tarbiyasi komponentlarining aksiologik parametrlar bilan integratsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Universal English” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘i bilan berilgan № 678116-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning milliy va badiiy qadriyatlarni idrok qilish, pedagogik faoliyatini tashkil etish, baholash, prognozlash ko‘nikmasini rivojlantirishga zarur shart-sharoitlar yaratilgan;
talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari badiiy ijodiy muhit ta’sirida o‘qituvchilik mavqeyini anglashga undovchi reproduktiv, produktiv, konstruktiv, refleksiv loyihalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida samarador qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 27-iyuldagi № 321-son maʼlumotnomasi). Natijada, jahon adabiyotini o‘qitish jarayoni umuminsoniy va milliy qadriyatlar mazmun-mohiyati, innovatsion metod, shakl va vositalarini joriy etish orqali takomillashtirilib, bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik kompetentligini rivojlantirish samaradorligi ortishiga erishilgan;
talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash modeli ko‘pvariantlilik, integrativlik, ta’limning milliy yo‘naltirilganligi tamoyillari shaxslararo, avlodlararo, millatlararo kommunikativlikning shaxs rivojlanishining motivatsion, emotsional, intellektual instrumentlarini adaptivlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 27-iyuldagi № 321-son maʼlumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy ruhda tarbiyalashning metodik imkoniyatlari kengaygan;
jahon adabiyoti vositasida talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash mezon va ko‘rsatkichlari tarixiy-madaniy merosning badiiy, hissiy, estetik va ijtimoiy ahamiyatining funksional va emosional xususiyatlarini aks ettiruvchi badiiy obrazlarning milliy va umummadaniy tuzilmaviy kompetensiyalariga auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ustuvorlik berishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Jahon adabiyoti”, “Bolalar va biz” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 25-iyundagi 05-09-1006-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarning badiiy asarlarni qiyosiy tahlil etish qobiliyatlari rivojlantirilgan.