Najmiddinova Gulnoza Odilovnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy-kommunikativlikni bilingvizm vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped692
Ilmiy maslahatchi: Ruzieva Dilnoz Isomjonovna – pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: 
Xakimova Muhabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Ashurova Sanobar Yo‘ldoshevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Ibragimova Gulsanam Ne’matovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.  
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy-kommunikativlikni bilingvizm vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy-kommunikativlikni bilingvizm vositasida shakllantirishning emotsional-motivatsion, lingvistik-kognitiv va refleksiv komponentlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik tillararo tenglik va milliy identitetning ijtimoiy integratsiyaga dinamik ta’siri kommunikativ senzitivlikni rivojlantirish dinamikasi zamonaviy pedagogik kontekstda muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bilingval o‘quv muhitini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari madaniy-lingvistik tarbiyalash va ota-onalar bilan integrativ hamkorlikda tarbiyachilarning lingvopedagogik mobilligini oshirish hamda maxsus bilingval mashqlarning audioperseptiv va multimodal jihatlarini nutqiy faoliyatdagi ifodaviyligiga ko‘ra kengaytirilgan;
ijtimoiy hamkorlik yondashuvi asosida tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy-kommunikativlikni rivojlantirishning didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlari boshqalarni tinglash va emotsional holatlarni anglash bosqichlarida sub’ektlararo hamkorlik va pedagogning fasilitatorlik rolini multimadaniy-bilingval ochiqlik hamda kommunikativ muhitdagi ijtimoiy kooperasiyaning sinkretik idroki orqali ilmiy nazariy jihatdan asoslangan;
modellashtirish metodi asosida faoliyatli-texnologik bosqichda bilingval o‘yinlar va madaniy-kontekstli topshiriqlarni o‘z ichiga olgan, diagnostik va kognitiv-kommunikativ funksiyalar ijtimoiy-integrativ va madaniyatlararo-kompetensiyaviy funksiyalarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi bilingval o‘yin va madaniy kontekstli topshiriqlarni kommunikativ mashg‘ulotlar mazmuniga aloqadorligini muvofiqlashtirish tamoyiliga ko‘ra takomillashtirilgan;
bilingvizm vositasida ijtimoiy-kommunikativlikni shakllantirish metodikasi variativ mashg‘ulotlar va multimodal texnologiyalarni qo‘llashda tashxislash, amaliy qo‘llash va refleksiv-nazorat bosqichlari uyg‘unligini ta’minlash hamda tillarni o‘zlashtirishdagi temp-dinamik va aksentli belgilarni emotsional dinamik intensivligi asosida idrok etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilishiga kora takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy - kommunikativlikni bilingvizm vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy natijalar asosida:  
maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy-kommunikativlikni bilingvizm vositasida shakllantirishning emotsional-motivatsion, lingvistik-kognitiv va refleksiv komponentlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik tillararo tenglik va milliy identitetning ijtimoiy integratsiyaga dinamik ta’siri kommunikativ senzitivlikni rivojlantirish dinamikasi zamonaviy pedagogik kontekstda muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Pedagogika rannego i doshkol`nogo vozrasta” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Guvohnoma № 2025-167 U-589). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy - kommunikativligini bilingvizm vositasida shakllantirishni metodik imkoniyatlari kengaytirilgan;
integrativ yondashuv asosida bilingval o‘quv muhitini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari madaniy-lingvistik tarbiyalash va ota-onalar bilan integrativ hamkorlikda tarbiyachilarning lingvopedagogik mobilligini oshirish hamda maxsus bilingval mashqlarning audioperseptiv va multimodal jihatlarini nutqiy faoliyatdagi ifodaviyligiga ko‘ra kengaytirilganligi asosida ishlab chiqilgan takliflardan “Pedagogika doshkol`nogo obrazovaniya i vospitaniya” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Guvohnoma № 254 –U-388)  Natijada maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarini didaktik imkoniyatlari kengayishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy hamkorlik yondashuvi asosida tarbiyalanuvchilarda ijtimoiy-kommunikativlikni rivojlantirish texnologiyasi diagnostik, motivatsion, faoliyatli, refleksiv bosqichlar mazmunining o‘zaro aloqadorligiga asoslanish, ijtimoiy hamkorlik yondashuvining subektlararo o‘zaro ta’sirning ustuvorligi, kooperativ faoliyatga asoslanish, pedagogning fasilitatorlik roli, oila bilan integrativ hamkorlik, interfaol va kommunikativ muhitni yaratish, multimadaniy va bilingval kontekstda ochiqlik determinantlarini hisobga olish hamda jarayonga bevosita ta’sir etuvchi sheriklik, faol ishtirok etish, dialogik muloqot va refleksiv tahlil tamoyillari O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va YuNISEF hamkorligida amalga oshirilgan “Maktabgacha ta’lim pedagoglarini tayyorlash tizimida o‘quv dastur va rejalarni takomillashtirish” loyihasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-dekabrdagi 03-33-3708-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tayyorlangan o‘quv reja va dasturlar takomillashtirilgan;
modellashtirish metodi asosida faoliyatli-texnologik bosqichda bilingval o‘yinlar va madaniy-kontekstli topshiriqlarni o‘z ichiga olgan, diagnostik va kognitiv-kommunikativ funksiyalar ijtimoiy-integrativ va madaniyatlararo-kompetensiyaviy funksiyalarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi bilingval o‘yin va madaniy kontekstli topshiriqlarni kommunikativ mashg‘ulotlar mazmuniga aloqadorligini muvofiqlashtirish tamoyiliga ko‘ra takomillashtirilganligi bo‘yicha “Doshkol`naya pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrugʻiga asosan. Guvohnoma № 302-1179). Natijada 5111800 maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba va magistlar, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosarlari va tarbiyachi pedagoglarini kasbiy va metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bilingvizm vositasida ijtimoiy-kommunikativlikni shakllantirish metodikasi variativ mashg‘ulotlar va multimodal texnologiyalarni qo‘llashda tashxislash, amaliy qo‘llash va refleksiv-nazorat bosqichlari uyg‘unligini ta’minlash hamda tillarni o‘zlashtirishdagi temp-dinamik va aksentli belgilarni emotsional dinamik intensivligi asosida idrok etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilishiga kora takomillashtirilganligi bilan bog‘liq materiallardan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va YuNISEF hamkorligida amalga oshirilgan “Maktabgacha ta’lim pedagoglarini tayyorlash tizimida o‘quv dastur va rejalarni takomillashtirish” loyihasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-dekabrdagi 03-33-3708-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” o‘quv dasturi mazmuni takomillashtirilgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish