Shadmanov Shuxrat Sherkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish infratuzilmasini mutanosib rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01–Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt248.
Ilmiy rahbar: Vahobov Alisher Vasiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Haqberdiev Qaxramon Qurbanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish infratuzilmasini samarali, mutanosib rivojlantirishning nazariy asoslarini, amal qilish yo‘nalishlari hamda mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish infratuzilmasi samaradorligiga infratuzilma xizmatlari hajmining iqtisodiyot sohalariga muvofiqligini va ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni ta’minlash orqali erishish mumkinligi asoslangan;
ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiy qismlarining rivojlanishi va mutanosibligi darajasining oshishi bevosita iqtisodiyotga, uni modernizatsiyalash jarayonlariga, bilvosita iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga, uzluksizligini ta’minlashga hamda umumiy samaradorlikga ta’sir etishi nazariy jihatdan baholangan;
ishlab chiqarish infratuzilmasi sohasidagi narxlarning shakllanishi, investisiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish xajmlari va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ayrim salbiy tendensiyalarni ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarida davlat va xususiy sektor ishtirokining optimal darajasini ta’minlash orqali takomillashtirish mumkinligi asoslangan;
transport tarmog‘ining rivojlanishiga YaIM va aholi sonining o‘sishi kabi omillarning ta’sir etish darajasini regression tahlillar asosida aniqlash orqali tarmoqning 2030 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish infratuzilmasini mutanosib rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish infratuzilmasi samaradorligiga infratuzilma xizmatlari hajmining iqtisodiyot sohalariga muvofiqligini va ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni ta’minlash orqali erishish mumkinligi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligida va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining faoliyatida transport tarmog‘ining 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 2 iyuldagi 3/2323-2641-son hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 3 yanvardagi 08/09-28-32/60-son ma’lumotnomalari). Natijada, istiqbolda energetika, transport, suv ta’minoti va boshqa infratuzilma tarmoqlarining iqtisodiyotga mutanosibligini oshirish yo‘nalishlari aniqlandi va turli tarmoqlar faoliyatini tashkil etish jarayonlarini bir necha pog‘onaga bo‘lish, ya’ni moliyalashtirish, ishlab chiqarish, etkazib berish, aholi bilan ishlash va ularning xususiy sektor zimmasiga yuklatilishi mumkin bo‘lgan qismi va turlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan;
ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiy qismlarining rivojlanishi va mutanosibligi darajasining oshishi bevosita iqtisodiyotga, uni modernizatsiyalash jarayonlariga, bilvosita iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga, uzluksizligini ta’minlashga hamda umumiy samaradorlikga ta’sir etishini nazariy jihatdan baholash to‘g‘risidagi takliflardan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida va O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligida ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalarini iqtisodiy asoslash jarayonida foydalanilgan (Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 3 yanvardagi 08/09-28-32/60-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 2 iyuldagi 3/2323-2641-son ma’lumotnomalari). Natijada davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalarining iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘lgan ta’sirini, ularni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniq va to‘liq baholashga erishilgan;
ishlab chiqarish infratuzilmasi sohasidagi narxlarning shakllanishi, investisiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish xajmlari va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ayrim salbiy tendensiyalarni ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarida davlat va xususiy sektor ishtirokining optimal darajasini ta’minlash orqali takomillashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi taklifidan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida va O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatida ishlab chiqarishga jalb etilayotgan maqsadli investision loyihalarni samarali amalga oshirish va ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarida davlat va xususiy sektor ishtirokini ta’minlash orqali ushbu jarayondagi ayrim salbiy tendensiyalarni bartaraf etishda foydalanilgan (Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 3 yanvardagi 08/09-28-32/60-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 2 iyuldagi 3/2323-2641-son ma’lumotnomalari). Natijada, infratuzilma tarmoqlarining xususiy sektor boshqaruviga berilishi mumkin bo‘lgan qismi va darajasi ham aniqlashtirilgan;
transport tarmog‘ining rivojlanishiga YaIM va aholi sonining o‘sishi kabi omillarning ta’sir etish darajasini regression tahlillar asosida aniqlash orqali tarmoqning 2030 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining faoliyatlarida tarmoqni 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 2 iyuldagi 3/2323-2641-son hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 3 yanvardagi 08/09-28-32/60-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni joriy etish natijasida transport tarmog‘idagi davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini takomillashtirish va muvofiqlashtirishga erishilgan.