Tuxtamatov Xusan Rixsibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalar  bilimini nazorat qilishda ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtiruvchi tizimlar yaratish va joriy etish metodikasi”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11179.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston  milliy pedagogika universiteti  
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  milliy pedagogika universiteti, DSc. 01./2025.27.12 Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tayloqova Guli Bekmuradovna pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar bilimini nazorat qilishda ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtiruvchi tizimlarni yaratish hamda ularni o‘quv jarayoniga joriy etish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    talabalar bilimini nazorat qilishning ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtiruvchi tizimlarining didaktik imkoniyatlari o‘z-o‘zini nazorat qilishni vizual va interaktivligini ierarxik-relyasion modellashtirish va pedagogik diagnostikalashning raqamli resurslarda autentik assessmentni tashkil etishni pedagogik refleksiyaga bog‘liq baholash asosida aniqlashtirilgan;
    talabalar bilimini nazorat qilishning avtomatlashtiruvchi tizim mazmuni veb-kontentlarning ma’lumotlar bazasiga bog‘liqligini nazorat dasturlarini yaratishda imitatsion modellar xususiyatlariga moslashtirish, multimodal resurslar, ma’lumotlar autentik assessmentlarni loyihalash ko‘nikmasining raqamli muhitda namoyon bo‘lishiga pedagogik refleksiya orqali erishish asosida takomillashtirilgan;
     avtomatlashtiruvchi tizimlar asosida talabalar bilimini nazorat qilish metodikasi strategik maqsadlarning  Bloom taksonomiyasiga adekvat kooperativligini raqamli nazoratdagi loyihaviy-konstruktiv ko‘nikmalarining pedagogik fasilitatsiya ta’sirida rivojlanishiga multibaholashni identifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
    talabalar bilimini nazorat qilishda ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtiruvchi tizim samaradorligi nazoratning tezkorligi, sifatini oshirishga qaratilgan klient-server tizimiga asoslangan Vtest lokal-dasturiy ta’minoti nazorat jarayoni shaffofligini ta’minlaganligi tufayli interaktiv keyslarni loyihalash, subektlarning o‘zaro hamkorligi va kasbiy rivojlanish darajasini ta’minlash raqamli diagnostik prognozlash orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar bilimini nazorat qilishda ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtiruvchi tizimlar yaratish va joriy etish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Talabalar bilimini nazorat qilishning didaktik imkoniyatlari nazorat turlarining vizual va interaktivligini ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini ierarxik va relyasion turlariga moslashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilishni avtomatlashtiruvchi tizimlarga transformatsiyalash hamda, nazorat qilishga oid didaktik muammolarni raqamli tizimlarda bosqichma-bosqich bartaraf etishni ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 2025-yil 28-iyuldagi  22-01-345/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar bilimini nazorat qilishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash imkoniyatlari kengaytirilgan.
Talabalar bilimini nazorat qilishning avtomatlashtiruvchi tizimlar mazmuni ma’lumotlar bazasiga interaktivligini talabalarning nazorat qiluvchi dasturlar yaratishga oid kompetentligini rivojlantiruvchi multimodal resurslar kiritish, ma’lumotlar bazasi fanidan amaliy topshiriqlarni imitatsion modellar asosida bajarishga ustivorlik berish hamda, kvalimetrik o‘lchovlar nazariyasiga bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 2025-yil 28-iyuldagi  22-01-345/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar bilimini nazorat qilishning avtomatlashtiruvchi tizimlar mazmuni takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
Avtomatlashtiruvchi tizimlar asosida talabalar bilimini nazorat qilish modeli Bloom taksonomiyasiga asoslangan maqsadlarni zamonaviy yondashuvlar tizimini moslashtirish, nazorat qilishning ilmiylik, shafofflik va muvofiqlik tamoyillarini singdiruvchi mazmunni yaratish, hamda ma’lumotlar bazasini avtomatlashtiruvchi tizimlarni nazorat qiluvchi dasturlar yaratishga o‘rgatuvchi usullar va vositalarning kooperativligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 2025-yil 28-iyuldagi  22-01-345/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomatlashtiruvchi tizimlar asosida talabalar bilimini nazorat qilish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
Talabalar bilimini nazorat qilishda ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtiruvchi tizimni joriy etish metodikasi ilmiy asoslangan dasturiy ta’minot mazmuni, tizimga oid interaktiv topshiriqlar ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish, xamda nazorat jarayonining tezkorligi va sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy tizim, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqotni soddalashtirish hamda baholashda inson omiliga bog‘liq subektivlikni kamaytirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 2025-yil 28-iyuldagi  22-01-345/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar bilimini nazorat qilishda ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtiruvchi tizimni joriy etish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish