Qaxxarov Siyavush Xudoyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda harbiy madaniyat kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6107.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Zamilova Rimma Ramilevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xaqnazarov Xudoyberdi Dilmurodovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Tursunov Shaxzod Ramazonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Talabalarda harbiy madaniyat kompetensiyalarini shakllantirishning takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy madaniyat va harbiy etos tushunchalari ilk bor pedagogika nazariyasi nuqtayi nazaridan ijtimoiy-pedagogik kategoriya sifatida asoslanib, ularning yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ma’naviy-axloqiy kamolotni shakllantirishdagi tarbiyaviy mohiyati ochib berilgan;
harbiy madaniyat kompetensiyalarining mazmuni va tuzilmasi kognitiv, qadriyatli-motivatsion, faoliyatli-amaliy hamda refleksiv-baholovchi komponentlar asosida tizimlashtirilib, chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimidagi mavjud muammo va kamchiliklar ilmiy jihatdan aniqlangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida harbiy madaniyat kompetensiyalarini shakllantirish (yoshlarda shaxsiy, ma’naviy-axloqiy va fuqarolik etukligini) rivojlantiruvchi integrativ pedagogik omil ekanligi tajriba-sinov ishlari asosida isbotlangan;
yoshlarda harbiy madaniyat kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik model ishlab chiqilib, unda integrativ yondashuv, raqamli va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda harbiy madaniyat kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik asoslari tadqiqot natijalari asosida:
harbiy madaniyat va harbiy etos tushunchalari ilk bor pedagogika nazariyasi nuqtayi nazaridan ijtimoiy-pedagogik kategoriya sifatida asoslanib, ularning yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ma’naviy-axloqiy kamolotni shakllantirishdagi tarbiyaviy mohiyatini ochib berishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2026-uil 27-yanvardagi № 04/15-414-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy madaniyat va harbiy etosning pedagogik kategoriya sifatidagi xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
harbiy madaniyat kompetensiyalarining mazmuni va tuzilmasi kognitiv, qadriyatli-motivatsion, faoliyatli-amaliy hamda refleksiv-baholovchi komponentlar asosida tizimlashtirilib, chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimidagi mavjud muammo va kamchiliklarni ilmiy jihatdan aniqlanishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025-uil 30-iyundagi № 10/1329-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy madaniyat kompetensiyalarining mazmuni, tarkibiy qismlari va tasnifi hamda ularning mavjud holati, muammo va kamchiliklarini aniqlashga xizmat qilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim jarayonida harbiy madaniyat kompetensiyalarini shakllantirish yoshlarda shaxsiy, ma’naviy-axloqiy va fuqarolik etukligini rivojlantiruvchi integrativ pedagogik omil ekanligi tajriba-sinov ishlari asosida isbotlanishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yosh liderlar” dasturi, “Yoshlar forumi” va “Vatanparvar yoshlar” tadbirlarini amalga oshirishda amalda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-uil 3-iyuldagi № 2-13-21-3676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chaqiriqqacha harbiy ta’lim tizimida yoshlarning shaxsiy, ma’naviy-axloqiy hamda fuqarolik kamolotiga ta’sir etuvchi harbiy madaniyat mohiyatini tadqiq etishga xizmat qilgan;
yoshlarda harbiy madaniyat kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik model ishlab chiqilib, unda integrativ yondashuv, raqamli va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligini ilmiy asoslanishga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari Vazirligining 2026-uil 27-yanvardagi № 04/15-414 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy madaniyat kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik model va uning tarkibiy-komponent tuzilmasini ishlab chiqishga xizmat qilgan.