Fayziev Farxod Furqat ug‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Internet tarmog‘i orqali savdo munosabatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solish” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2PhD/Yu1298.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Ayub Abduraxmanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12. Yu.01.03.
Rasmiy opponentlar: Babaev Djahongir Ismailbekovich, yuridik fanlar doktori, professor, Ubaydullaev Ziyadulla Sagdullaevich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti belgilansin.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi internet tarmog‘ida savdo munosabatlarini amalga oshirishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining amaliy-huquqiy masalalarini tartibga solish, reklama aylanmasi sohasida muvofiqlashtirish, o‘z vakolatlari doirasida elektron savdoning shaffofligi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish maqsadida reklama aylanmasi sohasidagi vakolatli davlat organining vakolatlarini qonunda belgilash zarurligi asoslangan;
pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni ishlab chiqaruvchilar hamda pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni realizatsiya qiluvchi shaxslarning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sahifalarida axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini ko‘rsatgan holda reklama qilishga yo‘l qo‘yilishi zarurligi asoslantirilgan, bu esa reklama beruvchilarning mas’uliyatini oshirishga va Internet tarmog‘idagi savdo munosabatlarida ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni ilgari surish uchun halol shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashishi asoslangan;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi ijrochi tugatilgan yoki to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lgan taqdirda iste’molchilarning talablarini qondirish uchun uning javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni qonunda belgilash zarurligi asoslangan, bunda elektron savdo va raqamli platformalar rivojlanishi sharoitida bunday chora alohida ahamiyat kasb etadi, chunki zararlarni qoplash va raqamli bitimlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash uchun qo‘shimcha kafolatlar talab etiladi;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilishda talablarni qonunchilikda belgilash zarurligi asoslab berilgan, xususan, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) shartnoma tuzishdan oldin iste’molchiga davlat tilida yoki tomonlarning kelishuviga ko‘ra boshqa tilda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim: sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili va shikoyatlarni qabul qilish tartibi, ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchi va import qiluvchining nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) asosiy iste’mol va o‘ziga xos xususiyatlari, lisenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matrik shtrixli kod), tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxi, narxi, to‘lov shartlari, ishlab chiqaruvchining (ijrochining) kafolat majburiyatlari, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxi, narxi, to‘lov shartlari, ishlab chiqaruvchining (ijrochining) kafolat majburiyatlari, tovarni ta’mirlash shartlari, shuningdek, uni saqlash bilan bog‘liq xizmatlar, shartnomaning minimal amal qilish muddati, uchun takliflarni qabul qilish muddati.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internet tarmog‘i orqali savdo munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha tadqiqotning olingan ilmiy natijalari asosida quyidagi takliflar amaliyotga joriy etilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasini reklama muomalasi sohasidagi vakolatli davlat organi deb e’tirof etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasining birinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktorining 2024 yil 22 noyabrdagi 3/08-229-son dalolatnomasi). Qo‘mitaning vakolatli organ sifatida tan olinishi reklama ustidan nazoratni kuchaytirdi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni ta’minladi, insofsiz raqobatni kamaytirdi va qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirdi, elektron savdoning shaffofligi va rivojlanishi uchun sharoit yaratgan;
pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni ishlab chiqaruvchilar hamda pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni realizatsiya qiluvchi shaxslarning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sahifalarida axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini ko‘rsatgan holda reklama qilishga yo‘l qo‘yilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasi birinchi qismiga o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktorining 2024 yil 22 noyabrdagi 3/08-229-son dalolatnomasi). Pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar reklamasiga qo‘yiladigan talablarning mustahkamlanishi reklama beruvchilarning shaffofligi va mas’uliyatini oshirdi, bu esa Internet tarmog‘ida bunday tovarlarni targ‘ib qilish uchun adolatli sharoitlar yaratishga yordam bergan;
moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi ijrochi iste’molchilarning talablarini qondirish uchun tugatish yoki to‘lovga qobiliyatsizlik holatida o‘z javobgarligini sug‘urtalashi shartligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasining birinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktorining 2024 yil 22 noyabrdagi 3/08-229-son dalolatnomasi). Moliyaviy xizmatlarni bajaruvchilarning javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning joriy etilishi Internet orqali savdo qilishda iste’molchilarning himoyasini kuchaytirdi, sotuvchining to‘lovga qobiliyatsizligi holatida ularning zararlari kafolatli qoplanishini ta’minlaydi;
axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tartibi va majburiy talablarini belgilash zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 281-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktorining 2026 yil 20 maydagi 3/dn-75-son dalolatnomasi). Axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda talablarni belgilash iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasini oshirishga, elektron savdoning shaffofligini ta’minlashga va raqamli bitimlarni amalga oshirishda huquqiy kafolatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish