Isakov Po‘latjon Maxmudjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka jarrohligida choklarni mustahkamlashning yangi usulini klinik va eksperimental asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya va 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib1150
Ilmiy maslahatchilar: Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybulina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Egamov Yuldashali Suleymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pkaning yaxshi sifatli kasalliklarida tashrix vaqtida o‘pka parenximasidan havo sizib chiqishi va mahalliy gemostaz etishmovchiligini bartaraf etishning yangi usulini ishlab chiqish orqali xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘pka xirurgiyasida mayda bronxiolalar va qon tomirlarning bevosita adgeziyasini ta’minlash uchun biologik kompozit materialni gel`simon shaklda o‘pka parenximasining shikastlangan sohasi atrofiga intraparenximatoz in’eksiya qilish orqali qo‘llash bilan tavsiflanuvchi aero- va gemostazga erishishning yangi usuli (IAP7686) ishlab chiqilgan;
o‘pka parenximasiga yuborilgan 3,3% li «Xemoben» preparatining gel` kompozisiyasi faqat al`veolalar va mayda bronxiolalar sohasida infil`tratsiya hosil qilib, o‘pkaning shikastlangan qismida ventilyasiya jarayonining buzilishini oldini olishi aniqlangan;
taklif etilgan gel`simon moddani o‘pka parenximasiga intraparenximatoz kiritish natijasida hosil bo‘lgan yuzaki parda o‘pkaning shikastlangan qismida elastiklikni atigi 3,0±0,3 mm gacha (me’yorda 1,0±0,2 mm) oshirishi, biologik elimdan hosil qilingan pardada esa bu ko‘rsatkich 10,0±0,2 mm ni tashkil qilgani holda, mahalliy o‘pka ventilyasiyasining pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
morfologik tadqiqotlar natijasida gel`simon moddani o‘pka parenximasiga kiritish begona jismga xos gigant hujayralar shakllanishi ko‘rinishidagi hujayraviy reaksiyani chaqirmasligi, biologik materialning so‘rilishi esa to‘qimalarda yaqqol ifodalangan yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanmasdan kechishi aniqlangan;
o‘pka parenximasiga yuborish uchun tavsiya etilgan gel` konsentratsiyasi qo‘zg‘atuvchi va toksik ta’sir ko‘rsatmasligi, shuningdek spektrofotometrik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu biologik substrat 7-10 kun davomida o‘pka to‘qimasidan to‘liq chiqarilishi aniqlangan;
gel`ni o‘pka parenximasiga intraparenximatoz kiritish natijasida tajribaning 7-kuniga kelib o‘pka to‘qimasining shikastlangan sohasida fosfolipidlar spektri va katalaza faolligi tiklanishi hamda surfaktantning yuza-faol xususiyatlari, shuningdek hujayralarning strukturaviy-funksional holati normallashishi bilan lipidlar peroksidlanishining past darajasi kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘pkaning yaxshi sifatli kasalliklari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: o‘pka xirurgiyasida mayda bronxiolalar va qon tomirlarning bevosita adgeziyasini ta’minlash uchun biologik kompozit materialni gel`simon shaklda o‘pka parenximasining shikastlangan sohasi atrofiga intraparenximatoz in’eksiya qilish orqali qo‘llash bilan tavsiflanuvchi aero- va gemostazga erishishning ishlab chiqilgan yangi usuli (Ixtiro uchun IAP7686-son patent) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 29-aprelda 6i-40/u-son bilan tasdiqlangan “O‘pka jarrohligida choklarni mustahkamlashning yangi usulini klinik va eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025-yil 1-noyabrdagi 101-102-son va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 20-noyabrdagi 8-9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2023 yil 3-fevraldagi 02/48-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: o‘pka xirurgiyasida taklif etilgan usulni qo‘llash aero- va gemostazning ishonchli ta’minlanishiga, operatsiyadan keyingi havo oqishi va qon ketishi bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirishga, bemorlarning tezroq sog‘ayishi va hayot sifatini yaxshilashga, shuningdek aholining mehnatga layoqatini saqlab qolishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan usulni klinik amaliyotga joriy qilinishi natijasida operatsiya vaqti o‘rtacha 20 daqiqaga qisqaradi, qo‘shimcha gemostatik materiallar sarfi kamayadi, operatsiyadan keyingi havo chiqishi va qon ketishi bilan bog‘liq asoratlar soni pasayadi hamda bemorlarning statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 2 kunga qisqaradi. Bu esa 1 nafar bemorni davolash uchun sarflanadigan umumiy xarajatlarni o‘rtacha 1700000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa. Ushbu usul yil davomida 100 nafar bemorda qo‘llanilganda umumiy iqtisodiy samara 170000000 so‘mni tashkil etadi. Mazkur natijalar taklif etilgan texnologiyaning nafaqat klinik, balki yuqori tibbiy-iqtisodiy samaradorlikka ham ega ekanligini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘pka parenximasiga yuborilgan 3,3% li «Xemoben» preparatining gel` kompozisiyasi faqat al`veolalar va mayda bronxiolalar sohasida infil`tratsiya hosil qilib, o‘pkaning shikastlangan qismida ventilyasiya jarayonining buzilishini oldini olishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 29-aprelda 6i-40/u-son bilan tasdiqlangan “O‘pka jarrohligida choklarni mustahkamlashning yangi usulini klinik va eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025-yil 1-noyabrdagi 101-102-son va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 20-noyabrdagi 8-9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2023 yil 3-fevraldagi 02/48-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘pka parenximasiga yuborilgan 3,3% li «Xemoben» preparatining gel` kompozisiyasi bemorlarda operatsiyadan keyingi nafas etishmovchiligi va o‘pka asoratlari rivojlanish xavfini kamaytirishga, o‘pka funksional holatining tezroq tiklanishiga, bemorlarning tezroq sog‘ayishi va hayot sifatini yaxshilashga, shuningdek aholining mehnatga layoqatini saqlab qolishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish tibbiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, uni qo‘llash natijasida o‘pka parenximasining funksional faoliyati saqlanib, operatsiyadan keyingi atelektaz, gipoventilyasiya va respirator asoratlarning rivojlanish xavfi kamayadi. Bu esa intensiv terapiya davomiyligi, qo‘shimcha oksigenoterapiya, antibakterial va simptomatik davolashga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish imkonini beradi. Natijada bemorlarning statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 1-2 kunga qisqaradi, 1 nafar bemorni davolash uchun sarflanadigan umumiy xarajatlar o‘rtacha 1200000 so‘mga kamayadi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish davolanish muddatini qisqarishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (asosiy guruh n=131) 157200000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan gel`simon moddani o‘pka parenximasiga intraparenximatoz kiritish natijasida hosil bo‘lgan yuzaki parda o‘pkaning shikastlangan qismida elastiklikni atigi 3,0±0,3 mm gacha (me’yorda 1,0±0,2 mm) oshirishi, biologik elimdan hosil qilingan pardada esa bu ko‘rsatkich 10,0±0,2 mm ni tashkil qilgani holda, mahalliy o‘pka ventilyasiyasining pasayishiga olib kelishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 29-aprelda 6i-40/u-son bilan tasdiqlangan “O‘pka jarrohligida choklarni mustahkamlashning yangi usulini klinik va eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025-yil 1-noyabrdagi 101-102-son va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 20-noyabrdagi 8-9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2023 yil 3-fevraldagi 02/48-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan gel`simon moddani o‘pka parenximasiga intraparenximatoz kiritish natijasida o‘pka mahalliy ventilyasiyasining buzilishini oldini olishga, operatsiyadan keyingi nafas etishmovchiligi va o‘pka asoratlari rivojlanish xavfini kamaytirishga, bemorlarning tezroq sog‘ayishi va hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish =osil bo‘ladigan yuzaki pardaning elastikligini fiziologik ko‘rsatkichlarga yaqin saqlab qolinishi o‘pka to‘qimasining harakatchanligini cheklamaydi, mahalliy ventilyasiyaning buzilishi hamda operatsiyadan keyingi atelektaz va gipostatik pnevmoniya kabi asoratlar rivojlanish xavfini kamaytiradi. Buning natijasida operatsiyadan keyingi nafas qo‘llab-quvvatlash muolajalari, qo‘shimcha diagnostika, antibakterial va simptomatik davolashga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi, intensiv terapiya va statsionarda davolanish muddati kamayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur usulni qo‘llash 1 nafar bemor uchun davolash xarajatlarini o‘rtacha 1500000 so‘mga qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=131) 196500000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: morfologik tadqiqotlar natijasida gel`simon moddani o‘pka parenximasiga kiritish begona jismga xos gigant hujayralar shakllanishi ko‘rinishidagi hujayraviy reaksiyani chaqirmasligi, biologik materialning so‘rilishi esa to‘qimalarda yaqqol ifodalangan yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanmasdan kechishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 29-aprelda 6i-40/u-son bilan tasdiqlangan “O‘pka jarrohligida choklarni mustahkamlashning yangi usulini klinik va eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025-yil 1-noyabrdagi 101-102-son va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 20-noyabrdagi 8-9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2023 yil 3-fevraldagi 02/48-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ushbu taklifdan foydalanish operatsiyadan keyingi yallig‘lanish asoratlari va to‘qimalarning chandiqlanish xavfini kamaytirishga, o‘pka parenximasining fiziologik tiklanishini tezlashtirishga, bemorlarning tezroq sog‘ayishi va hayot sifatini yaxshilashga, shuningdek aholining mehnatga layoqatini saqlab qolishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul yuqori biomuvofiqlikka ega bo‘lib, operatsiyadan keyingi mahalliy yallig‘lanish, granulyomatoz reaksiyalar va chandiqlanish bilan bog‘liq asoratlarning kamayishiga, qo‘shimcha antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va simptomatik davolash choralariga ehtiyojning qisqarishiga xizmat qiladi. Natijada bemorlarning operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davri qisqaradi, nazorat tekshiruvlari va qo‘shimcha davolash muolajalari hajmi kamayadi hamda statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 1-2 kunga qisqaradi. Mazkur usulni qo‘llash 1 nafar bemorni davolash uchun sarflanadigan umumiy tibbiy xarajatlarni o‘rtacha 1200000 so‘mga kamaytiradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish umumiy tibbiy xarajatlarni kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=131) 157200000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: o‘pka parenximasiga yuborish uchun tavsiya etilgan gel` konsentratsiyasi qo‘zg‘atuvchi va toksik ta’sir ko‘rsatmasligi, shuningdek spektrofotometrik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu biologik substrat 7-10 kun davomida o‘pka to‘qimasidan to‘liq chiqarilishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 29-aprelda 6i-40/u-son bilan tasdiqlangan “O‘pka jarrohligida choklarni mustahkamlashning yangi usulini klinik va eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025-yil 1-noyabrdagi 101-102-son va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 20-noyabrdagi 8-9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2023 yil 3-fevraldagi 02/48-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: qo‘llanilgan biologik substratning 7-10 kun davomida o‘pka to‘qimasidan to‘liq chiqarilishi operatsiyadan keyingi toksik va yallig‘lanish asoratlari rivojlanish xavfini kamaytirishga, o‘pka to‘qimasining fiziologik regeneratsiyasini ta’minlashga, bemorlarning tezroq sog‘ayishi va hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: biologik substratning 7-10 kun davomida o‘pka to‘qimasidan to‘liq chiqarilishi aniqlanganligi uning yuqori biologik xavfsizlikka ega ekanligini tasdiqlaydi. Mazkur xususiyat operatsiyadan keyin toksik va yallig‘lanish bilan bog‘liq asoratlarning oldini olish, qo‘shimcha medikamentoz davolash, laborator va instrumental nazorat tekshiruvlari hajmini qisqartirish imkonini beradi. Biomaterialning organizmdan qisqa muddatda to‘liq rezorbsiyalanishi tufayli surunkali yallig‘lanish, fibroz yoki begona jismga bog‘liq reaksiyalar rivojlanish xavfi kamayadi, bemorlarning reabilitatsiya jarayoni tezlashadi va takroriy murojaatlar ehtimoli pasayadi. Bu esa statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 1 kunga qisqartirish hamda 1 nafar bemor uchun davolash xarajatlarini o‘rtacha 1100000 so‘mga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish davolash xarajatlarini kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=131) 144100000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
oltinchi ilmiy yangilik: gel`ni o‘pka parenximasiga intraparenximatoz kiritish natijasida tajribaning 7-kuniga kelib o‘pka to‘qimasining shikastlangan sohasida fosfolipidlar spektri va katalaza faolligi tiklanishi hamda surfaktantning yuza-faol xususiyatlari, shuningdek hujayralarning strukturaviy-funksional holati normallashishi bilan lipidlar peroksidlanishining past darajasi kuzatilishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 29-aprelda 6i-40/u-son bilan tasdiqlangan “O‘pka jarrohligida choklarni mustahkamlashning yangi usulini klinik va eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025-yil 1-noyabrdagi 101-102-son va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 20-noyabrdagi 8-9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2023 yil 3-fevraldagi 02/48-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ushbu usuldan foydalanish bemorlarda nafas olish funksiyasining tezroq barqarorlashishiga, reabilitatsiya muddatining qisqarishiga hamda hayot sifatining yaxshilanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish o‘pka to‘qimasida reparativ jarayonlarning tezlashishi va funksional tiklanishning ertaroq yuzaga kelishini ta’minlaydi. Bu esa operatsiyadan keyingi respirator asoratlar, oksidlovchi stress bilan bog‘liq shikastlanishlar hamda uzoq muddatli medikamentoz davolash ehtiyojini kamaytiradi. Natijada bemorlarning intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish muddati va statsionarda davolanish davri qisqaradi, qo‘shimcha antioksidant, antibakterial va simptomatik davolashga sarflanadigan xarajatlar kamayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu texnologiyani qo‘llash 1 nafar bemor uchun umumiy davolash xarajatlarini o‘rtacha 1200000 so‘mga qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish umumiy davolash xarajatlarini kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=131) 157200000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish