Baxadirov Alisher Komilovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lizing korxonalarida buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt879.
Ilmiy maslahatchi: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Karimov Akrom Abbosovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mamatqulov Murodjon Shukurovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Astanakulov Olim Tashtemirovich.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda lizing korxonalarida lizing muomalalari hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maxsus muomalalar uchun sintetik va analitik registrlar tizimi tarkibini “Lizingga berish”, “Lizingdan chiqish”, “Qayta baholash”, “Lizing shartnomasining o‘zgarishi” qo‘shish orqali lizing hisob registrlari takomillashtirilgan;
lizing faoliyatini baholash mezonlarini maxsus kapital qaytishi (KQ=1-10), likvidlik (L=1-10) va tavakkalchilik (T=1-10) mezonlarini belgilash orqali lizing muomalalariga moslashtirilgan indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan;
lizing korxonalarining moliyaviy natijalarini haqqoniyroq aks ettirish maqsadida amortizatsiya va foiz elementlari bo‘yicha guruxlarga ajratish orqali moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi va strategik nazorat mexanizmlarining samaradorligi asoslangan; 
lizing shartnomasi bo‘yicha muomalalarining buxgalteriya hisobida iqtisodiy mohiyat tamoyilining ustuvorligi va risklarni kamaytirish asosida milliy standartlarning konseptual transformatsiyasi ishlab chiqish orqali risklarni kamaytirish hamda moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash asoslangan;
lizing kompaniyalari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida lizing shartnomalarining sof joriy qiymati, rentabellik darajasi va risklarni birlashtiruvchi moliyaviy hisobotlarning umumiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uslubiyot ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lizing korxonalarida buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus muomalalar uchun sintetik va analitik registrlar tizimi tarkibini “Lizingga berish”, “Lizingdan chiqish”, “Qayta baholash”, “Lizing shartnomasining o‘zgarishi” qo‘shish orqali lizing hisob registrlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zagrolizing» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2025-yil 3 dekabrdagi 3239-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida lizing korxonalarida barcha asosiy muomala turlari bo‘yicha (lizingga berish, chiqish, qayta baholash, shartnoma o‘zgarishi) ma’lumotlarni yagona sintetik va analitik kesimda yuritish imkoniyati shakllanib, bu esa balansning to‘liq aks ettirilishini ta’minlash, hisob siyosatini standartlashtirish, real vaqt rejimida nazoratni kuchaytirish va boshqaruv qarorlarini moliyaviy oqimlar bilan uzviy integratsiyalash uchun tahliliy asos yaratishga xizmat qilgan;
lizing faoliyatini baholash mezonlarini maxsus kapital qaytishi (KQ=1-10), likvidlik (L=1-10) va tavakkalchilik (T=1-10) mezonlarini belgilash orqali lizing muomalalariga moslashtirilgan indikatorlar tizimi ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi “UzbekLeasing International A.O.” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2025-yil 20 noyabrdagi 2005/003-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida lizing korxonalarida kapitalning haqiqiy rentabellik darajasi, likvidlik salohiyati va tavakkalchilik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarga uyg‘un, biroq lizing faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda mustaqil tarzda baholash imkoniyati yaratiladi; bu esa moliyaviy barqarorlikni chuqur tahlil qilish, risk parametrlarini boshqaruv qarorlariga bevosita kiritish hamda lizing portfeli bo‘yicha uzoq muddatli strategik rejalashtirishni asoslash uchun analitik platformani shakllantirgan;
lizing korxonalarining moliyaviy natijalarini haqqoniyroq aks ettirish maqsadida amortizatsiya va foiz elementlari bo‘yicha guruxlarga ajratish orqali moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi va strategik nazorat mexanizmlarining samaradorligini asoslanganligi bo‘yicha taklifi «O‘zagrolizing» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2025-yil 3 dekabrdagi 3239-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida lizing korxonalarida to‘lovlarni amortizatsiya va foiz qismlariga aniq ajratish orqali foyda va xarajatlarning davrlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi, yashirin majburiyatlarning kamayishi hamda moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi va taqqoslanuvchanligi ta’minlanib, boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va strategik nazorat mexanizmlarining samaradorligi kuchaytirilgan;
lizing shartnomasi bo‘yicha muomalalarining buxgalteriya hisobida iqtisodiy mohiyat tamoyilining ustuvorligi va risklarni kamaytirish asosida milliy standartlarning konseptual transformatsiyasi ishlab chiqish orqali risklarni kamaytirish hamda moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlashni asoslanganligi bo‘yicha taklifi “UzbekLeasing International A.O.” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2025-yil 20 noyabrdagi 2005/003-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida lizing shartnomalarini xalqaro IFRS 16 talablari asosida huquqiy shakldan emas, balki iqtisodiy natijalari bo‘yicha e’tirof etish imkoniyati shakllantirilib, bu milliy hisob tizimida yashirin majburiyatlarni bartaraf etish, balans tashqarisidagi risklarni kamaytirish hamda moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilgan;
lizing kompaniyalari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida lizing shartnomalarining sof joriy qiymati, rentabellik darajasi va risklarni birlashtiruvchi moliyaviy hisobotlarning umumiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uslubiyot ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi “O‘zagrolizing” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (2025-yil 3 dekabrdagi 3239-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida lizing korxonalarida shartnoma qiymati, rentabellik va risk parametrlarini yagona integrallashgan model asosida aniqlash imkoniyati shakllantirilib, bu moliyaviy hisobotlarda yashirin risklarni kamaytirish, daromad va xarajatlarni yanada haqqoniy ko‘rsatish hamda strategik boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash uchun mustahkam tahliliy platformani yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish