Erkinov Shaxzod Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish uchun marketing strategiyasini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5510
Ilmiy rahbar: Bekimbetova Gulnora Maratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.23.04
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Jamshid Abrarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirishda marketing strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan marketing strategiyasi” tushunchasi iqtisodiy jihatdan aniqlashtirilib, mijozlar segmentatsiyasi, raqamli marketing, xizmatlar portfelini optimallashtirish va risk-daromad mutanosibligini integratsiyalash orqali qo‘shilgan qiymat yaratishga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi sifatida keltirilgan;
CRM tizimlarini joriy etish samaradorligini baholash usuli ishlab chiqilib, u mijozlar bilan aloqa kanallari, ma’lumotlar tahlili va shaxsiylashtirish darajasi asosida “past” (0,1–0,4), “o‘rtacha” (0,41–0,7) va “yuqori” (0,71–1,0) darajalarga ajratilgan;
marketing xarajatlarining banklar moliyaviy natijadorligiga ta’sirini baholash ARDL modeli asosida takomillashtirilib, ta’sir darajalari “past”, “o‘rtacha” va “yuqori” guruhlarga ajratilgan;
marketing strategiyalarini takomillashtirishda raqamli va an’anaviy vositalar samaradorligi qiyosiy tahlil qilinib, raqamli kanallarni integratsiyalash hamda 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish uchun marketing strategiyasini takomillashtirish maqsadida quyidagilar amalga oshirildi::
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan marketing strategiyasini takomillashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mijozlar segmentatsiyasi, raqamli marketing instrumentlari, xizmatlar portfelini optimallashtirish va risk-daromad mutanosibligini ta’minlash jarayonlarini integratsiyalash orqali qo‘shilgan qiymat va strategik natijalarga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlari tizimi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklari marketing strategiyasida mijozlar munosabatlarini boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi CRM tizimini joriy etish darajasini miqdoriy baholash usuli mijozlar bilan o‘zaro aloqa kanallari qamrovi, ma’lumotlar tahlili chuqurligi va shaxsiylashtirish darajasi omillari jihatidan “past daraja” (0,1–0,4), “o‘rtacha daraja” (0,41–0,7), “yuqori daraja” (0,71–1,0) miqdoriy chegaralari asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklari moliyaviy muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillarni baholash usuli marketing xizmatlariga sarflanadigan xarajatlar va aktivlar rentabelligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ARDL modeli asosida aniqlash hamda natijalarni “past ta’sir” (0 < β < 0,2), “o‘rtacha ta’sir” (0,21 < β < 0,5), “yuqori ta’sir” (0,51 < β < 1) miqdoriy chegaralari bo‘yicha tasniflash orqali takomillashtirilgan;
tijorat banklarining marketing strategiyalarini takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilashda raqamli va an’anaviy marketing vositalaridan foydalanish samaradorligi qiyosiy tahlil qilinib, veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalar kabi raqamli kommunikatsiya kanallarini integratsiya qilish hamda ushbu omillar ta’sirida bank faoliyati samaradorligining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish