Shadieva Dildora Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini investisiyalashning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01–Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt131.
Ilmiy rahbar: Djuraev Toshbolta To‘xtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03.30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Shakirova Farog‘at Boltaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini investisiyalashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion faoliyatni investisiyalash manbalarining mablag‘ kiritish shartlarini qamrab oluvchi yangi tasnifi ishlab chiqilgan va unga asosan ular maqsadli qaytarilmaydigan, qarz munosabatlariga asoslangan va ulushli investision ta’minlash manbalariga tasniflangan;
milliy iqtisodiyotga investisiyalarni samarali jalb etish maqsadida investisiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyatini innovatsion ishlanmalar, innovatsion g‘oyalar, startap va venchur loyihalarni investisiyalash orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
innovatsion rivojlanishni agressiv, korporativ, konservativ investisiyalash modellari va tranzitiv iqtisodiyotlar modeli asosida jahon innovatsiya tizimidagi investision oqimlar harakatini ifodalovchi zamonaviy tendensiyalar aniqlangan;
iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion faollikni oshirish maqsadida intellektual mulk ob’ektlarini yaratgan va ishlab chiqarishga joriy etgan mutaxassislarni olingan iqtisodiy samaraga asosan tabaqalangan ravishda rag‘batlantirish tartibi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini investisiyalashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion faoliyatni investisiyalash manbalarining yangi yondashuv asosidagi tasnifi davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 31 yanvardagi  03-13/100-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etish natijasida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan loyihalar uchun innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlar uchun muhim ilmiy manba yaratilgan;
milliy iqtisodiyotga investisiyalarni samarali jalb etish maqsadida investisiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyatini innovatsion ishlanmalar, innovatsion g‘oyalar, startap va venchur loyihalarni investisiyalash orqali takomillashtirish borasidagi takliflar 2015 yil 25 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2016 yil 28 iyuldagi 04/1-66-120-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiya mamlakatimizda investisiya fondlarini turli manbalar hisobidan shakllantirish, mavjud normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, innovatsion faoliyatni investisiyalash hamda nodavlat manbalaridan mablag‘larni jalb qilish imkonini bergan;
innovatsion rivojlanishni agressiv, korporativ, konservativ investisiyalash modellari va tranzitiv iqtisodiyotlar modeli asosida jahon innovatsiya tizimidagi aniqlangan investision oqimlar harakatini ifodalovchi qonuniyatlardan fundamental ilmiy loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 31 yanvardagi 03-13/100-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlan-tirish strategiyasini amalga oshirishda va unda belgilangan vazifa - 2030 yilga qadar milliy iqtisodiyot Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakatlar qatoriga kirishiga erishishda muhim ilmiy manba yaratilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion faollikni oshirish maqsadida intellektual mulk ob’ektlarini yaratgan va ishlab chiqarishga joriy etgan mutaxassislarni olingan iqtisodiy samaraga asosan tabaqalangan ravishda rag‘batlantirish tartibi borasidagi taklif Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2016 yil 9 avgustdagi 02-06-11/8621-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi  natijasida mavjud mineral-xom ashyo bazasining quvvatini to‘ldirish konsepsiyasi takomillashtirildi, 2030 yilgacha ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlari hamda NKMK va Qizilqum mintaqasining 2020 yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish