Ibragimova Shaxlo Alimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida marketing faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt1383.
Ilmiy rahbari: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qudiyarov Kishibay Ramatullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarida marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida mijozga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mijozlar siyosatini ishlab chiqish hamda baholash imkonini beruvchi ierarxiya asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklarida mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash uslubiyoti isteʼmolchilarning bank xizmatlaridan qoniqishiining yashirin omillarini aniqlash imkonini beruvchi GAP tahlil usulini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan marketing siyosati mijozlar salohiyati, faoliyat tarmog‘i, yuridik shakli kabi segmentlar bilan ishlash algoritmi asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklarida mijozlar bilan munosabatlar marketingi tizimida isteʼmolchilarning mikro va makro segmentlariga xos bo‘lgan strategik qarorlar qabul qilishning uslubiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida marketing faoliyatini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklarida mijozga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarishning mijozlar siyosatini ishlab chiqish va baholash imkonini beruvchi ierarxiya asosida takomillashtirilgan tashkiliy - iqtisodiy mexanizmi “Mikrokreditbank” ATBning marketing faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-yanvardagi 02-05-33-771-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik bo‘yicha olingan natijalardan “Mikrokreditbank” ATBning mijozlar bilan ishlash bo‘yicha maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
tijorat banklarida mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash uslubiyotini isteʼmolchilarning bank xizmatlaridan qoniqishining yashirin omillarini aniqlash imkonini beruvchi GAP tahlil usulini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan ilmiy yangilik “Mikrokreditbank” ATBning marketing bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-yanvardagi 02-05-33-771-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” ATBda 2023-yilga nisbatan 2024-yilda bank xizmatlaridan foydalanuvchilar salmog‘i 4,3 foizga va ularga ko‘rsatilgan bank xizmatlari hajmi 5,7 foizga oshgan;
tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan marketing siyosatini mijozlar salohiyati, faoliyat tarmog‘i, yuridik shakli kabi segmentlar bilan ishlash algoritmi asosida takomillashtirish taklifi “Mikrokreditbank” ATBning marketing faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-yanvardagi 02-05-33-771-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” ATBning savdo aylanmasini to‘ldirish maqsadlaridagi kredit ajratmalari miqdorini 3,7 foizga, savdoni moliyalashtirish xizmatlari salmog‘ini 5,6 foizga oshirishga erishilgan;
tijorat banklarida mijozlar bilan munosabatlar marketingi tizimida isteʼmolchilarning mikro va makro segmentlariga xos bo‘lgan strategik qarorlar qabul qilishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan ilmiy yangilik “Mikrokreditbank” ATBning marketing faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-yanvardagi 02-05-33-771-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida bank mijozlarining mikro va makro segmentlariga xos bo‘lgan strategik qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratilgan.