Saydullaev Shaxzod Sherzodovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni IPO orqali xususiylashtirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 - «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt762
Ilmiy maslahatchi: Karimov Narboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoykulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Elmurodov Shoxjaxon G‘ayratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qimmatli qog‘ozlar bozorida davlat ulushini IPO mexanizmlari asosida xususiylashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompaniyalar IPO ga tayyorlik darajasini kompleks baholash maqsadida moliyaviy, institutsional, tashkiliy-huquqiy va bozor bloklaridan tashkil topgan “Kompaniyaning IPOga tayyorlik darajasini baholashning kompleks metodikasi” ishlab chiqilgan;
davlat ulushi mavjud kompaniyaning ommaviy kompaniyaga aylanish xarajatlarini aniqlashda amaldagi bevosita xarajatlar tizimidan IPO mexanizmi orqali kapital jalb qilishning bilvosita xarajatlar (past baholanish) usulidan foydalanish samaradorligi asoslangan;
IPOga tayyorgarlik jarayonida kompaniya shaffofligini baholash maqsadida mahalliy bozor sharoitiga moslashtirilgan ko‘p komponentli “Corporate Transparency Index” baholash usulidan foydalanish asosida kompaniya IPOsini muvaffaqiyatli tashkil etish prognozi ishlab chiqilgan;
xorijiy investorlar va mahalliy fond bozori ishtirokchilari institutsional ishonchliligini oshirish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni xorijiy investorlar nomidan sotib olish va saqlash imkonini beruvchi kastodian banklar institutini joriy etish tavsiya etilgan;
IPO doirasida kompaniya aksiyalariga nisbatan ortiqcha talabni qondirish maqsadida davlat ulushi mavjud bo‘lgan TOP-10 strategik va dominant kompaniyalarni IPO orqali xususiylashtirishda “Greenshoe” opsionidan foydalanish taklifi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat ulushi mavjud kompaniyalarni IPO orqali xususiylashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida: 
kompaniyalar IPOga tayyorlik darajasini kompleks baholash maqsadida moliyaviy, institutsional, tashkiliy-huquqiy va bozor bloklaridan tashkil topgan “Kompaniyaning IPOga tayyorlik darajasini baholashning kompleks metodikasi”dan foydalanish taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATBni IPOga tayyorlashning yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 7-apreldagi 03/28-17/1441-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston sanoat-qurilish banki ATBning 2026-yil 4-fevraldagi №07-3/3243-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniya metodologiya doirasida taklif etilgan IPORI indeksi bo‘yicha baholanib, 
0.705 ballik prognoz ko‘rsatkich bilan “IPO o‘tkazish uchun shartli tayyor” degan xulosaga kelingan hamda kompaniyadagi davlat ulushini IPOga chiqarish uchun qo‘shimcha tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Gap Analysis” tahlili asosida 
4 ta zaif jihat aniqlanib, ularni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan; 
davlat ulushi mavjud kompaniyaning ommaviy kompaniyaga aylanish xarajatlarini aniqlashda amaldagi bevosita xarajatlar tizimidan IPO mexanizmi orqali kapital jalb qilishning bilvosita xarajatlar (past baholanish) usulidan foydalanish taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATBni IPOga tayyorlashning yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 7-apreldagi 03/28-17/1441-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston sanoat-qurilish banki ATBning 2026-yil 4-fevraldagi №07-3/3243-son ma’lumotnomasi). Natijada IPO bilan bog‘liq anderrayting xizmatlari, huquqiy va buxgalteriya auditlari (due diligence), listing to‘lovlari, Roadshou tadbirlari, shuningdek, Post-IPO davridagi likvidlikni saqlash va monitoring faoliyatlari xarajatlarining taxminiy qiymati tahlil qilinib, boy berilgan foydaning ehtimoliy miqdoriga qo‘shish va IPOdan keyingi birinchi kunda aksiya narxining xalqaro maqbul me’yorga – 10-15% oralig‘iga tushirish prognoz qilingan; 
IPOga tayyorgarlik jarayonida kompaniya shaffofligini baholash maqsadida mahalliy bozor sharoitiga moslashtirilgan ko‘p komponentli “Corporate Transparency Index” baholash usulidan foydalanish taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATBni IPOga tayyorlashning yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 7-apreldagi 03/28-17/1441-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston sanoat-qurilish banki ATB ning 2026-yil 
4-fevraldagi № 07-3/3243-son ma’lumotnomasi). Baholash natijalariga ko‘ra, kompaniya 77 foizlik shaffoflik darajasi bilan “etarlicha shaffof” toifaga kiritilgan va ushbu ko‘rsatkichni 85 foiz va undan yuqori ko‘rsatkich bilan “mutlaq shaffof” toifasiga yetkazish hamda IPOni muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Faoliyat shaffofligini oshirish chora-tadbirlari” ishlab chiqilgan; 
xorijiy investorlar va mahalliy fond bozori ishtirokchilari institutsional ishonchliligini oshirish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni xorijiy investorlar nomidan sotib olish va saqlash imkonini beruvchi kastodian banklar institutini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Kapital bozorida investisiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 254-sonli Farmonida kastodian banklar faoliyatini tartibga soluvchi norma sifatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2026-yil 17-fevraldagi 05/1643-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qonunchilikka kiritish va amaliyotda joriy etish natijasida IPO jarayonida xorijiy investorlar uchun bozorga kirish bilan bog‘liq hujjatlashtirish va hisob-kitob jarayonlari soddalashtirilib, depozitariy infratuzilmasiga bo‘lgan ishonchni oshirish hamda IPO doirasida jalb qilinadigan xorijiy kapital hajmini o‘rta muddatda oshirishga xizmat qiluvchi institutsional mexanizm sifatida belgilangan; 
IPO doirasida kompaniya aksiyalariga nisbatan ortiqcha talabni qondirish maqsadida davlat ulushi mavjud bo‘lgan TOP-10 strategik va dominant kompaniyalarni IPO orqali xususiylashtirishda “Greenshoe” opsionidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 7-apreldagi 03/28-17/1441-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 20-fevraldagi 03/04-1684-son ma’lumotnomasi). “Greenshoe” opsioni mamlakatimiz IPOlari tarixida birinchi marta UzMIF tajribasida qo‘llanilgan hamda loyiha anderrayteri “Jefferies International Limited” kompaniyasi IPO doirasida e’lon qilingan jami aksiyalar soniga nisbatan qo‘shimcha 15 foiz yoki 3,51 million GDT ni sotish huquqidan foydalangan. Natijada Greenshoe opsionini qo‘llash orqali kompaniya IPOsi doirasida jalb qilingan mablag‘lar 691,5 million AQSh dollariga etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish