Nazarov Ulug‘bek Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Said Rizo Alizodaning ijtimoiy-falsafiy qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal950
Ilmiy rahbar: Bozorov Mustafo Jabborovich, falsafa fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shamsutdinova Nigina Karimovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Said Rizo Alizodaning ijtimoiy-falsafiy qarashlarining jamiyat taraqqiyoti va yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Said Rizo Alizodaning ma’rifiy-pragmatik falsafasiga xos ilm-fan ijtimoiy taraqqiyot mezoni, milliy til millat mavjudligi belgisi, ma’rifat jamiyatni isloh qilish mexanizmi, madaniyatlararo muloqot orqali ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga oid g‘oyalar asosida yosh avlodni vatanparvar, fidoyi va ilmli shaxslar etib tarbiyalashning aksiologik, fuqarolik, madaniy va hamkorlikka asoslangan paradigmalari asoslangan.
mutafakkir merosining zamonaviy jamiyatdagi intellektual muammolarni etishda ilmiy-ratsional dunyoqarashni shakllantirish, tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish, ijtimoiy ongni yuksaltirish kabi xususiyatlari, madaniy muammolarni hal etishga oid milliy til maqomini yuksaltirish, madaniy vorislikni tiklash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish kabi imkoniyatlari hamda ijtimoiy muammolarni fuqarolik mas’uliyati, jamoaviy hamkorlik orqali hal etish kabi ahamiyati ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ilmiy dunyoqarashini yuksaltirish va ularda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishda Said Rizo Alizoda merosining substansional komponentini tashkil etuvchi “ma’rifat – milliy til – milliy o‘zlik” triadasining (ma’rifat – ratsional tafakkur, tanqidiy fikrlash, axborot madaniyatini, milliy til - tarixiy xotira, madaniy meros, milliy tafakkurni, milliy o‘zlik – fuqarolik mas’uliyati, ijtimoiy faollik, jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik) konstruktiv ahamiyati asoslab berilgan;
Said Rizo Alizodaning “Birinchi yil” (Alifbe) kitobining axloq va falsafaga asoslangan mafkuraviy (insonparvarlik, milliy tilga sadoqat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik) tamoyillari hamda ma’naviy-tarbiyaviy dastur sifatidagi (savodxonlik, axloqiy madaniyat, milliy o‘zlikni anglash) kabi tamoyillari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Said Rizo Alizoda ma’rifatparvarlik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va takliflar asosida:
Said Rizo Alizodaning ma’rifiy-pragmatik falsafasiga xos ilm-fan ijtimoiy taraqqiyot mezoni, milliy til millat mavjudligi belgisi, ma’rifat jamiyatni isloh qilish mexanizmi, madaniyatlararo muloqot orqali ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga oid g‘oyalar asosida yosh avlodni vatanparvar, fidoyi va ilmli shaxslar etib tarbiyalashning aksiologik, fuqarolik, madaniy va hamkorlikka asoslangan paradigmalariga xulosalar va yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan I-203-4-raqam “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” (2023-2024 yy) fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 04-iyuldagi 02-14-06-901 ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi foydalanilgan ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qilgan;
mutafakkir merosining zamonaviy jamiyatdagi intellektual muammolarni etishda ilmiy-ratsional dunyoqarashni shakllantirish, tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish, ijtimoiy ongni yuksaltirish kabi xususiyatlari, madaniy muammolarni hal etishga oid milliy til maqomini yuksaltirish, madaniy vorislikni tiklash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish kabi imkoniyatlari hamda ijtimoiy muammolarni fuqarolik mas’uliyati, jamoaviy hamkorlik orqali hal etish kabi ahamiyatiga oid ilmiy yangilik va nazariy xulosalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan 2025-yil davomida o‘tkazilgan “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” va “Adolatli jamiyat olimlarga tayanadi” kabi loyihalar doirasida yosh avlodni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, globallashuv jarayonida yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2025-yil 18-dekabrdagi 01-02/346-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning targ‘ibot ishlarida yoshlarning faolligini oshirishga yosh avlodni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirishga, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida yoshlarning faolligini oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ilmiy dunyoqarashini yuksaltirish va ularda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishda Said Rizo Alizoda merosining substansional komponentini tashkil etuvchi “ma’rifat – milliy til – milliy o‘zlik” triadasining (ma’rifat – ratsional tafakkur, tanqidiy fikrlash, axborot madaniyatini, milliy til - tarixiy xotira, madaniy meros, milliy tafakkurni, milliy o‘zlik – fuqarolik mas’uliyati, ijtimoiy faollik, jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik) konstruktiv ahamiyatiga doir ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Buyuk allomalar va ma’rifatparvar jadidlarning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilishga doir chora-tadbirlar” 49-bandi “Ona yurt fidoyilari” rukni ostida Ishoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Botu, Munavvarqori kabi jadid ma’rifatparvarlari kitoblarini chop etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 19-dekabrdagi 10/869-son ma’lumotnomasi). Natijada, Said Rizo Alizodaning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini yoritishga xizmat qilgan.
Said Rizo Alizodaning “Birinchi yil” (Alifbe) kitobining axloq va falsafaga asoslangan mafkuraviy (insonparvarlik, milliy tilga sadoqat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik) tamoyillari hamda ma’naviy-tarbiyaviy dastur sifatidagi (savodxonlik, axloqiy madaniyat, milliy o‘zlikni anglash) kabi tamoyillariga g‘oyalar, taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2025 yilning 8-sentyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-oktyabrdagi 01-07/343-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alizoda merosining tatbiqi vatanparvar va fidoyi yoshlarni tarbiyalash, milliy til va milliy o‘zlikka hurmatni mustahkamlash, ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish hamda ilm bilanuyg‘un axloqiy ongni shakllantirishga xizmat qilgan.