O‘rinboev Islomjon Yunusali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoliy-sharqiy O‘zbekistonning Puccinia (Pucciniaceae) turlari (taksonomiyasi, filogeniyasi va bioekologiyasi”, 03.00.10 – Ekologiya, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/B1098.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Yusufjon Shermatovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.B.01.15 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Haytbaeva Nodira Seytjanovna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shimoliy-sharqiy O‘zbekistonda tarqalgan yuksak o‘simliklarda uchraydigan Puccinia turlarini aniqlash, taksonomik tahlil qilish, bioekologiyasi, filogeniyasi va filogenetik daraxtini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shimoliy-sharqiy O‘zbekiston yuksak o‘simliklarida parazitlik qiluvchi Puccinia turkumiga mansub 133 ta turning tur tarkibi adabiyot ma’lumotlari, gerbariy namunalari va dala tadqiqotlari asosida aniqlangan. Shuningdek, tadqiqot olib borilgan hududda Puccinia turkumi vakillarining 31 ta turi ilk bor qayd etilgan bo‘lib, ushbu turlardan 11 tasi O‘zbekiston mikobiotasi uchun yangi tur sifatida aniqlangan;
O‘zbekistonda ilk bor yuksak o‘simliklarda parazitlik qiluvchi Puccinia turkumi vakillarining molekulyar-filogenetik tahlili amalga oshirilib, ularning qarindoshlik munosabatlari baholangan. Molekulyar-filogenetik tadqiqotlar natijasida tadqiqot hududida qayd etilgan Puccinia turlarining zamonaviy nomenklaturasi qayta ko‘rib chiqilib, ayrim turlarning sinonimik holati aniqlashtirilgan va taksonomik ro‘yxati yangilangan;
Puccinia turlarining ekologik tahlili spora bosqichlari bo‘yicha o‘simliklarda tarqalishi, ekologik omillarning ta’siri, tik mintaqalar bo‘yicha tarqalishi, mavsumiy rivojlanishi ochib berilgan;
shimoliy-sharqiy O‘zbekiston o‘simliklarida uchraydigan Puccinia turlarining tarqalish xaritalari tuzilgan va ularning konspekti shakllantirilgan;
shimoliy-sharqiy O‘zbekiston hududida Puccinia turlari bilan zararlangan 35 oila va 132 turkumga mansub 302 ta yuksak o‘simliklarning ekologik guruhlari va hayotiy shakllari bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilingan. Shuningdek, ilk bor O‘zbekiston sharoitida yuksak o‘simliklarning 41 ta turi Puccinia zamburug‘lari uchun yangi xo‘jayin o‘simlik sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shimoliy-sharqiy O‘zbekiston yuksak o‘simliklarida uchraydigan Puccinia turlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy-sharqiy O‘zbekiston hududi Puccinia turlarining taksonomik tahlili, tarqalish joylari, geografik kordinatalari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan 268 ta gerbariy namunalari xalqaro “Bioxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar global tizimi”ga joriy etilgan (Bioxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar global tizimi 2025 yil 27 iyundagi 046-sonli ma’lumotnomasi www.gbif.org). Natijada, Shimoliy-sharqiy O‘zbekiston hududida tarqalgan yuksak o‘simliklarning 35 ta oila, 102 ta turkumga mansub, 302 ta turida parazitlik qiladigan Puccinia turkumi vakillarining bioekologik xususiyatlari va tarqalish arealini kuzatish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining tadqiqot olib borilgan hududdan yig‘ib olingan Puccinia turlari bilan zararlangan yuksak o‘simliklarning 315 ta gerbariy namunalari TASM fondiga topshirildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2025 yil 30 iyun 4/1255-1599 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy-sharqiy O‘zbekiston hududida tarqalgan yuksak o‘simliklarda parazitlik qiladigan tadqiqot hududi aniqlangan 31 ta yangi turning, shulardan, O‘zbekiston mikrobiotasi uchun 11 ta yangi turlarni o‘rganish va tadqiq qilishning imkonini bergan.