Saidkulov Nuriddin Akramkulovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy barqarorligini ta’minlashda inson kapitalini rivojlantirish tendensiyalari” 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal188 
Ilmiy rahbar: Jurakulov Furkat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.21/2025.27.12.F.01.01
Rasmiy opponentlar: Saitkasimov Akbar Isaxanovich – falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Nishonovich – falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy barqarorligini ta’minlash jarayonida inson kapitalini rivojlantirish tendensiyalarini ilmiy jihatdan tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
inson kapitali jamiyat barqarorligini ta’minlashning muhim omili, taraqqiyot tendensiyalarining ajralmas atributi sifatida tadqiq etish ehtiyoji mavjudligi, barqarorlik va inson kapitali o‘rtasidagi aloqadorlikning konseptual mohiyati hamda milliy va umuminsoniy xususiyatlarni hisobga olgan holda inson kapitalini rivojlantirishning “shaxs-jamiyat-davlat-dunyo” modern formatini yo‘lga qo‘yish muhim omil ekanligi asoslangan;
inson kapitalining ilmiy istilohi, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari (ta’lim va kadrlar malakasini oshirish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xavfsizlik va ijtimoiy himoya, iqtisodiy barqarorlik va farovonlik, madaniy va axloqiy qadriyatlar), barqaror taraqqiyot strategiyalarini belgilashdagi o‘lchov indikatorlari (ta’lim darajasi, sifatli tibbiy yordam, ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy qadriyatlar), insonning intellekti va ijodiy tafakkurini strategik maqsadlar sari safarbar etish imkoniyati, inson kapitalini jamiyat taraqqiyotining determinantiga aylantirish, transformatsiya jarayonlarining ta’lim va tarbiya bilan integratsiyasi, yoshlarning dunyoqarashi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni anglash darajasining islohotlar samaradorligi bilan dialektik proporsionalligi ilmiy asoslangan;
jamiyat taraqqiyotida innovatsiyalarning inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat tamoyili hamda innovatsion islohotlar asosida inson kapitalini rivojlantirishning ob’ektiv shart-sharoitlari (davlatchilikning konstitutsiyaviy asoslari, ijtimoiy-siyosiy islohotlar, siyosiy jarayonlar, targ‘ibot va tashviqot ishlari, ta’lim tizimi, tibbiyot sohasi, hududiy joylashuv, urbanizatsiya, ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy himoya tizimi) va sub’ektiv omillari (shaxsning bilim va tafakkuri, siyosiy faolligi, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olishi, daxldorlik tuyg‘usi, axborotlarga egalik, xorijiy tillarni bilish darajasi, o‘zini namoyon qilishi, sog‘lom turmush tarzi) inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari ekanligi dalillangan; 
O‘zbekistonning geografik o‘rni, davlatning “dengizga chiqish imkoniyati yo‘q” maqomidan “quruqlik orqali dengizga bog‘langan” davlat maqomiga o‘tish muammolarining to‘liq hal etilmaganligi, jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga qo‘shilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar (transport-kommunikatsiya sohasidagi muammolarning mavjudligi, moliyaviy, texnik va geografik to‘siqlar) asosiy urg‘uning inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilishi, mamlakatdagi mavjud imkoniyatlarni safarbar etish kerakligi hamda inson kapitalini rivojlantirish qonuniyatlari ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va iqtisodiy masalalarini hal etish yo‘li ekanligi ilmiy asoslangan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashda inson kapitalini rivojlantirish muammolarini manzilli, samarali va istiqbolli hal etish borasida kompleks ilmiy prognozlar beruvchi “aql markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali inson kapitalining sifati va samaradorligini oshirish, uni boshqarish monitoringini yuritish, yuqori malakali mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va uslubiy ko‘maklashib borish bilan global va regional miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qadriyatlarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
inson kapitali jamiyat barqarorligini ta’minlashning muhim omili, taraqqiyot tendensiyalarining ajralmas atributi sifatida tadqiq etish ehtiyoji mavjudligi, barqarorlik va inson kapitali o‘rtasidagi aloqadorlikning konseptual mohiyati hamda milliy va umuminsoniy xususiyatlarni hisobga olgan holda inson kapitalini rivojlantirishning “shaxs-jamiyat-davlat-dunyo” modern formatini yo‘lga qo‘yish muhim omil ekanligi asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Diyor yangiliklari” informatsion teledasturining 2023 yil 5 dekabr va 
11 dekabrda efirga uzatilgan sonlarida interv`yu, 2024 yil 10 mayda efirga uzatilgan “Oltin xalqa” ko‘rsatuvida hamda boshqa ko‘rsatuv va dasturlarida ijodiy foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 
2024 yil 25 noyabrdagi 04-16-1532-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur intervyular bugungi shiddatli zamonda barqarorlikni ta’minlash eng muhim masala ekanligi, bu borada inson kapitalini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy xususiyatlarni hisobga olish kerakligini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan;
inson kapitalining ilmiy istilohi, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari (ta’lim va kadrlar malakasini oshirish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xavfsizlik va ijtimoiy himoya, iqtisodiy barqarorlik va farovonlik, madaniy va axloqiy qadriyatlar), barqaror taraqqiyot strategiyalarini belgilashdagi o‘lchov indikatorlari (ta’lim darajasi, sifatli tibbiy yordam, ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy qadriyatlar), insonning intellekti va ijodiy tafakkurini strategik maqsadlar sari safarbar etish imkoniyati, inson kapitalini jamiyat taraqqiyotining determinantiga aylantirish, transformatsiya jarayonlarining ta’lim va tarbiya bilan integratsiyasi, yoshlarning dunyoqarashi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni anglash darajasining islohotlar samaradorligi bilan dialektik proporsionalligi ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2023-2024 yillarda mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining I yo‘nalishida belgilangan “yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularni g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan” bandi doirasidagi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024 yil 19 dekabrdagi 04-13/1182-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar yoshlar tafakkurida sog‘lom siyosiy bilimlarini hosil qilishga, sog‘lom siyosiy madaniyatga rioya qilish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalashga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hamda yoshlarda ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik hissini shakllantirishga doir faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyat taraqqiyotida innovatsiyalarning inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat tamoyili hamda innovatsion islohotlar asosida inson kapitalini rivojlantirishning ob’ektiv shart-sharoitlari (davlatchilikning konstitutsiyaviy asoslari, ijtimoiy-siyosiy islohotlar, siyosiy jarayonlar, targ‘ibot va tashviqot ishlari, ta’lim tizimi, tibbiyot sohasi, hududiy joylashuv, urbanizatsiya, ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy himoya tizimi) va sub’ektiv omillari (shaxsning bilim va tafakkuri, siyosiy faolligi, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olishi, daxldorlik tuyg‘usi, axborotlarga egalik, xorijiy tillarni bilish darajasi, o‘zini namoyon qilishi, sog‘lom turmush tarzi) inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari ekanligi dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 
2024 yilgi Saylovoldi dasturining II. “Sifatli ta’lim, tibbiyot va kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlaymiz” yo‘nalishida belgilangan 17 band – “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish” vazifasini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025 yil 16 yanvardagi 01-27/21-son dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot materiallari mavjud va ehtimoliy muammolarni hal etish, strategik qarorlar qabul qilish jarayonida yoshlar ishtirokini yanada oshirish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida inson kapitalining o‘rni va uni rivojlantirishga doir dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning geografik o‘rni, davlatning “dengizga chiqish imkoniyati yo‘q” maqomidan “quruqlik orqali dengizga bog‘langan” davlat maqomiga o‘tish muammolarining to‘liq hal etilmaganligi, jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga qo‘shilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar (transport-kommunikatsiya sohasidagi muammolarning mavjudligi, moliyaviy, texnik va geografik to‘siqlar) asosiy urg‘uni inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilishi, mamlakatdagi mavjud imkoniyatlarni safarbar etish kerakligi hamda inson kapitalini rivojlantirish qonuniyatlari ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va iqtisodiy masalalarini hal etish yo‘li ekanligi ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan” 18 bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda hamda targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 12 dekabrdagi 10/205-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy barqarorligini ta’minlashda inson kapitalini rivojlantirish tendensiyalarini ilmiy tahlil etishga xizmat qilgan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashda inson kapitalini rivojlantirish muammolarini manzilli, samarali va istiqbolli hal etish borasida kompleks ilmiy prognozlar beruvchi “aql markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali inson kapitalining sifati va samaradorligini oshirish, uni boshqarish monitoringini yuritish, yuqori malakali mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va uslubiy ko‘maklashib borish bilan global va regional miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qadriyatlarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi ilmiy isbotlanganligiga oid ilmiy taklif va tavsiyalaridan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan “yoshlarni milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda sog‘lom mafkuraviy muhitni qaror toptirish”ga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot faoliyatlarida ijodiy foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024 yil 4 dekabrdagi 02/534-son dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot natijalari tarixiy-ma’naviy merosni tadqiq etish borasida yurtimizda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy-nazariy, uslubiy tomondan boyitishga ko‘mak berishi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni o‘tkazishga hamda targ‘ibot jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish