Maksudov Xushnur Xurshedovich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish”, “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Yu754
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjan Atabaevich, yuridik fanlari doktori doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.24/2025.27.12.Yu.01.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Achilov Izzat To‘liqnovich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universieti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish sohasida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati bilan bog‘liq huquqiy normalarni, bu sohadagi ilmiy-amaliy konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga qarshi kurashishda jinoyat qonunchiligining bajarilishini prokuror nazorati algoritmini tashkil etishda axborot va raqamli texnologiyalar va katta ma’lumotlarning sun’iy intellekti Big Data va raqamli o‘rganish imkoniyatlaridan foydalanish, ularni telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek butun dunyo bo‘ylab internet axborot tarmog‘idan foydalangan holda sotish bo‘yicha takliflar ilmiy asoslantirilgan;
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish yoki ulardan foydalanishga jalb qilish uchun jinoiy javobgarlikka oid giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq internet makonini bashoratli tahlil, monitoring qilish orqali jinoyat sodir etishda qonunlarning bajarilishini prokuror nazoratini tashkil etish bo‘yicha takliflar ilmiy asoslantirilgan;
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni iste’mol qilishga jalb etishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’muriy javobgarlik sohasidagi qonunlarning bajarilishi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish zarurati yoki ijtimoiy tarmoqlar, forumlar va darknetning giyohvand moddalarni tarqatish bilan bog‘liq tartibini aniqlash avtomatik monitoringidan foydalangan holda bunday vositalaridan foydalanishga jalb qilish tartibi asoslantirilgan;
giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish sohasida tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni tashkil etishda qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratida blokcheyn tranzaksiyalarni tahlil qilish, raqamli kriminalistikani qo‘llash algoritmi orqali axborot-raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish zarurati ilmiy asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga qarshi kurashishda jinoyat qonunchiligining bajarilishini prokuror nazorati algoritmini tashkil etishda axborot va raqamli texnologiyalar va katta ma’lumotlarning sun’iy intellekti Big Data va raqamli o‘rganish imkoniyatlaridan foydalanish, ularni telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek butun dunyo bo‘ylab internet axborot tarmog‘idan foydalangan holda sotish bo‘yicha takliflaridan  O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 971-sonli Qonunning 1-moddasi 3-bandi, ya’ni Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “d” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 22 yanvardagi 3/dn-8-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashda innovatsion axborot-raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalangan holda jinoyat qonunchiligining bajarilishini prokuror nazorati algoritmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish yoki ulardan foydalanishga jalb qilish uchun jinoiy javobgarlikka oid giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq internet makonini bashoratli tahlil, monitoring qilish orqali jinoyat sodir etishda qonunlarning bajarilishini prokuror nazoratini tashkil etish bo‘yicha takliflaridan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 971-sonli Qonunning 1-moddasining 4-bandi, ya’ni Jinoyat kodeksining 274-moddasining yangi tahririni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 22 yanvardagi 3/dn-8-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi jinoyat qonunchiligini ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetning butun dunyo axborot tarmog‘ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida amalga oshirilishini prokuror nazoratining huquqiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni iste’mol qilishga jalb etishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’muriy javobgarlik sohasidagi qonunlarning bajarilishi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish zarurati yoki ijtimoiy tarmoqlar, forumlar va darknetning giyohvand moddalarni tarqatish bilan bog‘liq tartibini aniqlash avtomatik monitoringidan foydalangan holda bunday vositalaridan foydalanishga jalb qilish tartibi bilan bog‘liq takliflaridan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 971-sonli Qonunning 3-moddasining 1-bandi, ya’ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yangi 564-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 22 yanvardagi 3/dn-8-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muamola qilishga qarshi kurashish uchun ularni tarqatish, reklama qilish, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki butun dunyo bo‘ylab Internet tarmoqida namoyish qilish maqsadida ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan prokuror nazoratining huquqiy mexanizmini takomillashtirishda sun’iy intellekt yordamida amalga oshirishga imkon bergan; 
giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish sohasida tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni tashkil etishda qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratida blokcheyn tranzaksiyalarni tahlil qilish, raqamli kriminalistikani qo‘llash algoritmi orqali axborot-raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish zarurati haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop kuchli ta’sir etuvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni tashkil etish to‘g‘risida” 2024 yil 26 sentyabrdagi Ko‘rsatmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov Departamentining 2025 yil 30 yanvardagi 18/680-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy muomala qilishdan iborat jinoyatlrni tergov qilishda raqamli dalillar va raqamli izlardan foydalanish ustidan prokuror nazorati (messendjerlar, huquqbuzarliklar ishtirokchilarni joylashuv ma’lumotlari, yashirin fayllar va boshq.) tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning bajarilishi bo‘yicha prokuratura tekshiruvlarini o‘tkazish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish