Hasanov Sharobidin Azamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiy ta’lim jarayonida talabalarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish (Oliy filologik ta’lim misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped122.
Ilmiy rahbar: Qozoqboy Yo‘ldoshev, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon, filologiya fanlari doktori; Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: adabiy ta’lim jarayonida talabalarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor adabiy ta’lim jarayonida filolog talabalarning kasbiy kompetensiyalarini analitik tafakkur asosida takomillashtirishning zarurati va ahamiyati isbotlangan;
talabalarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi badiiy asar tahliliga analitik yondashuv, intellektual faoliyat turlari (refleksiv, empatik, estetik, emotsional) hamda interpretatsiya va antisipatsiya, ratsional va irratsional, metaforik va simvolik fikrlash usullarini tizimli struktur jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
analitik o‘qish talabalarda tadqiqotchilik, kashfiyotchilik layoqatini shakllantirishning erudusion omili, badiiy asarlardagi eksplisit va implisit ma’no qatlamlarini kashf etishga o‘rgatishning intellektual asosi hamda ma’naviy-mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning ma’rifiy vositasi ekanligi isbotlangan;
talabalarni analitik faoliyatga tayyorlashning amaliy komponentlari analitik tafakkurning motivatsion-qadriyatga yo‘naltirilgan, refleksiv-baholovchi, kognitiv komponentlarini shakllantirish va korreksiyalash, mental karta asosida sohaga doir pedagogik muammolar va ularning echimini vizuallashtirish, germenevtik va muammoli ta’lim metodlarini analitik tafakkur negizida samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adabiy ta’lim jarayonida talabalarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
adabiy ta’lim jarayonida filolog talabalarda kasbiy kompetensiyalarni analitik tafakkur asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan hamda analitik o‘qish talabalarda tadqiqotchilik, kashfiyotchilik layoqatini shakllantirishning erudusion omili, badiiy asarlardagi eksplisit hamda implisit ma’no qatlamlarini kashf etishga o‘rgatishning intellektual asosi hamda ma’naviy-mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning ma’rifiy vositasi ekanligiga doir amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ta’lim va tarbiyaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 oktyabrdagi  107-son ma’luotnomasi). Natijada qo‘mitaning yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan ishlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi badiiy asar tahliliga analitik yondashuv, intellektual faoliyat turlari (refleksiv, empatik, estetik, emotsional) hamda interpretatsiya va antisipatsiya, ratsional va irratsional, metaforik va simvolik fikrlash usullarini tizimli struktur jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan OT-F1-17 raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” nomli fundamental loyiha doirasida talabalarda ma’naviy tahdidlardan o‘z-o‘zini himoya qilishga doir analitik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi  89-03-3809-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni ma’naviy begonalashuvdan asrash, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarni analitik faoliyatga tayyorlashning amaliy komponentlari analitik tafakkurning motivatsion-qadriyatga yo‘naltirilgan, refleksiv-baholovchi, kognitiv komponentlarini shakllantirish va korreksiyalash, mental karta asosida sohaga doir pedagogik muammolar va ularning echimini vizuallashtirish, germenevtik va muammoli ta’lim metodlarini analitik tafakkur negizida samarali qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-1-41 raqamli “Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv-ishlab chiqarish tizimida milliy an’anaviy bazani va ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” nomli amaliy loyihada “ustoz-shogird” hamkorligi natijalarini tahlil etishning innovatsion usullari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi  89-03-3809-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi professor-o‘qituvchilarining talabalarni analitik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish