Atajanov Azizbek Abdimalikovichning
yuridik fanlar doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Odil sudlovni amalga oshirishda sud`yalar mustaqilligi kafolatlarining nazariy va amaliy masalalari”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Yu339.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Dilshod Urinbaevich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc. 24/2025.27.12.Yu.01.01 
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich; yuridik fanlar doktori, professor Suyunova Dil`bar Joldasbaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent Shodiev G‘ulom Maxammatovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huziridagi Yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi odil sudlovni amalga oshirishda sud`yalar mustaqilligini ta’minlovchi kafolatlarning nazariy va amaliy masalalariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sud`yani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi mumkinligi hamda sud hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritishi lozimligi asoslantirilgan;
sud ishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida to‘liq elektron shaklda yuritish, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish, sun’iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanishi hamda sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantirilishi zarurligi asoslantirilgan;
sud`yalarning mahalliy hokimiyat va siyosiy ta’sirlardan holi bo‘lishini ta’minlash hamda faqat Konstitutsiya va qonunlarga bo‘ysunishi va hokimiyatlar bo‘linish prinsipini ta’minlash bo‘yicha takliflari asoslantirilgan;
tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga ko‘ra sud`yalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibini o‘rnatish lozimligi asoslantirilgan;
sud`yalarga nisbatan intizomiy ishlarni ko‘rib chiqishda himoya huquqini ta’minlashga oid takliflari asoslantirilgan;
sud`yani intizomiy javobgarlikka tortish asoslarining aniq mezonlarini belgilash zarurligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
sud`yani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi mumkinligi hamda sud hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 9 iyundagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-1067-son Qonunining 3-moddasi 1 va 4-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2025 yil 7 noyabr` 04/5-08/4432-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1 va 9-moddalarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, odil sudlovga bo‘lgan huquqni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlashga hamda sud hokimiyati mustaqilligini xalqaro standartlarga mos ravishda kafolatlashga xizmat qilgan;
sud ishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida to‘liq elektron shaklda yuritish, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish, sun’iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanishi hamda sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantirilishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-140-son Farmoni II-bob 3-bandining “a, i, g, z” bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025 yil 13 sentyabrdagi 08/421-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif sudlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda shaffofligi va tezkorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, sud-huquq islohotlarining izchilligini ta’minlaydi va fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qilgan; 
sud`yalarning mahalliy hokimiyat va siyosiy ta’sirlardan holi bo‘lishini ta’minlash hamda faqat Konstitutsiya va qonunlarga bo‘ysunishi va hokimiyatlar bo‘linish prinsipini ta’minlash bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-943-sonli qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashining 2025 yil 12 martdagi 84-21-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga, mahalliy hokimiyat organlarining sudlar faoliyatiga ta’sirini istisno etishga xizmat qiladi hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarga mos ravishda kafolatlashga xizmat qilgan;
tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga ko‘ra sud`yalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibini o‘rnatishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 noyabrdagi “Sud`yalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-227-son Farmonining 2-bandi “b” kichik bandi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashining 2025 yil 29 dekardagi 685-25-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif tumanlararo, tuman va shahar sudlari raislari hamda ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlashda nomzodlarni sud`yalar orasida aniq professional mezonlar asosida ochiq tanlov orqali saralashni nazarda tutib, rahbar sud`ya lavozimlarini shakllantirishda xolislikni ta’minlashga xizmat qilgan;
sud`yalarga nisbatan intizomiy ishlarni ko‘rib chiqishda himoya huquqini ta’minlashga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 noyabrdagi “Sud`yalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-227-son Farmonining 14-bandi “a” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashining 2025 yil 29 dekardagi 685-25-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif sud`yalarga nisbatan intizomiy ishlarni ko‘rib chiqish jarayonida himoya huquqini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, protsessual kafolatlarni kuchaytirish orqali sud`yalar mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlayshga xizmat qilgan;
sud`yani intizomiy javobgarlik asoslarini aniq mezonlar asosida belgilashga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 noyabrdagi “Sud`yalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-227-son Farmonining 14-bandi “g” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashining 2025 yil 29 dekardagi 685-25-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif intizomiy javobgarlik asoslarini aniq va oldindan belgilab qo‘yilgan mezonlar asosida shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ixtiyoriylik va sub’ektiv yondashuvlarni cheklaydi, qaror qabul qilishda xolislikni ta’minlaydi hamda sud`yalar mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish