Batirov Shavkat G‘afurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):““No-Till” texnologiyasi ekkichi egat ochadigan ishchi qismining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6000
Ilmiy rahbar: Mirzaev Bahodir Suyunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich texnika fanlari doktori, professor; Abduvaxobov Dilshod Abduvaxidovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlar urug‘ini ekadigan “No-Till” ekkich sug‘orish egatlarini shakllantiradigan ish qismining turi va parametrlarini asoslash orqali takroriy ekinlarni ekishda ish unumini oshirish hamda yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlar urug‘ini ekadigan “No-Till” ekkich sug‘orish egatlarini shakllantiradigan ish qismining turi kam energiya sarflyagan holda qo‘yilgan talab darajasida egat hosil qilishi shartidan tanlab olingan;
sug‘orish egatlarini shakllantiradigan ish qismi sferik disklarining diametri, ularning egrilik radiusi va harakat yo‘nalishi hamda tikka nisbatan o‘rnatilish burchaklari sferik disklar tomonidan uloqtirilgan tuproq bo‘laklari ekkich (seyalka) ekuvchi apparatlarining ish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmasligi hamda ekilgan urug‘larni qo‘shimcha ko‘mmasligi, ya’ni sferik disklar tomonidan uloqtirilgan tuproq bo‘laklari asosan sug‘orish egatlarining yonbag‘rilariga kelib tushishi shartlari hisobga olingan holda asoslangan;
sug‘orish egatlarini shakllantiradigan ishchi qismi sferik disklari orasidagi bo‘ylama va ko‘ndalang masofalar ular orasiga tuproq, o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlar tiqilmasligi hamda ular tomonidan egat tubi to‘liq kovlanishini ta’minlash shartlaridan, ularga beriladigan tik bosim kuchi esa ish jarayonida sferik disklar belgilangan chuqurlikka botib ishlashi shartidan kelib chiqib aniqlangan;
sferik disklarning harakat yo‘nalishiga va tikka nisbatan o‘rnatilish burchaklari hamda ularga beriladigan tik bosim kuchining maqbul qiymatlari hamda agregat harakat tezligi ularning ish sifatini agrotexnik talablar darajasida va tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini ta’minlash shartlaridan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlar urug‘ini ekadigan “No-Till” ekkich sug‘orish egatlarini shakllantiradigan ish qismining turi va parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan sug‘orish egatlarini shakllantiradigan ish qismi bilan jihozlangan ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan “No-Till” ekkichning tajriba nusxasi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on va Zangiota tumanlari fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 17 martdagi 05/04-04-279-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ekkich 6,5-7,5 km/h tezlikda harakatlanganda urug‘larni ekish chuqurligi 3,8-4,8 cm oralig‘ida, urug‘larni ekish aniqligi 95,1-96,6 %, har bir uyadagi urug‘ soni o‘rtacha 1,03-1,13 dona, uyalar orasidagi masofa o‘rtacha
6,9-8,2 cm, sferik disklardan tashkil topgan egat ochkich tomonidan hosil qilingan egat chuqurligi va uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi mos ravishda 12,4-13,2 cm va ±0,79-0,89 cm, ekspluatatsion vaqtdagi ish unumi 1,68-1,94 ga/soat, yoqilg‘i sarfi 4,9-5,4 kg/ga ni tashkil etgan;
Ishlab chiqilgan sug‘orish egatlarini shakllantiradigan ish qismi bilan jihozlangan ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan “No-Till” ekkichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “Anor Upgrowth” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan. Natijada asoslangan tur va parametrlarga ega bo‘lgan sug‘orish egatlarini shakllantiradigan ish qismi bilan jihozlangan ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan “No-Till” ekkichni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.