Kazieva Turgunoy Tursunboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fonetik uslubiyatni o‘rganishda o‘quvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari (Akademik liseylar misolida)”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped961.
Ilmiy rahbar: Shoxida Yusupova Jaloldinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon filologiya fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Xasanovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akademik liseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida fonetikaning uslubiy jihatlarini o‘rgatishda o‘quvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishni amaliy me’yorlarini belgilash, amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda kreativ kompetentlilikni rivojlantirishning interfaol usullarini (tovushlardagi modal ma’noni aniqlash va uni nutqda qo‘llay olishi, mantiqsizlikdan ma’no izlash usullari, tovush va fonemalarning mohiyatini anglash) qo‘llash orqali fonostilistika (fonetik uslubiyat)ning nutqda qo‘shimcha vositalar (supersegment) bilan tagma’no ifodalashini o‘rgatishning metodik shartlari takomillashtirilgan;
fonetik vositalarning so‘zning ta’sirchanligini oshirish orqali o‘quvchi kreativligini rivojlantirish jarayoni samaradorligi o‘quvchilarda tovush va fonema, intonatsiya, fonetik uslubiyatni o‘rganishda fanlararo aloqadorlikning sinxron uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlangan (statistik metod bilan ishlash, bir tovush bilan farqlanuvchi so‘zlarni o‘n bosqichli topshiriq asosida bajarish usullari asosida);
intonatsiyaning nutqdagi o‘rnini aniqlash hamda nutq jarayonida unga amal qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bosqichlari samarali muloqot (germenevtik metod, qarmoq sememasi, dekompozisiya va ierarxiya) strategiyalarini tanlash asosida belgilab berilgan;
o‘quvchilar kreativ kompetentliligini shakllantirishning integrativ texnologiyasi konsentrlashtirilgan ta’lim (statistik ma’lumotlar, birlashtiruvchi va farqlovchi semalar, grammatik ertak ustida ishlash, Mendeleev jadvali asosida tovushlar tahlili) talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fonetik uslubiyatni o‘rganishda o‘quvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘quvchilarda kreativ kompetentlilikni rivojlantirishning interfaol usullarini qo‘llash orqali fonostilistikaning nutqda qo‘shimcha vositalar bilan tagma’no ifodalashini o‘rgatishning metodik shartlari asosidagi taklif va tavsiyalaridan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili (fonetik uslubiyatni o‘rganishda o‘quvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘i, 1186-058 raqamli guvohnoma). Natijada o‘quvchilarda kreativ kompetentlikni shakllantirishning praksiologik komponentining metodik jihatlarini takomillashtirishga erishilgan;
intonatsiyaning nutqdagi o‘rnini aniqlash hamda nutq jarayonida unga amal qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bosqichlari samarali muloqot strategiyalarini tanlash asosida belgilab berilgan amaliy taklif va tavsiyalaridan A-1-41 raqamli “Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy an’anaviy bazani hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3280-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislar kasbiy diskursi shakllantirildi va adabiy nutq ko‘nikmasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilar kreativ kompetentliligini shakllantirishning integrativ texnologiyasi konsentrlashtirilgan ta’lim (statistik ma’lumotlar, birlashtiruvchi va farqlovchi semalar, grammatik ertak ustida ishlash, Mendeleev jadvali asosida tovushlar tahlili) talablariga ustuvorlik berishga doir takliflari asosida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili (fonetik uslubiyatni o‘rganishda o‘quvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘i, 1186-058 raqamli guvohnoma). Natijada o‘quvchilarni til imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan;
fonetik vositalarning so‘zning ta’sirchanligini oshirish orqali o‘quvchi kreativligini rivojlantirish jarayoni samaradorligi o‘quvchilarda tovush va fonema, intonatsiya, fonetik uslubiyatni o‘rganishda fanlararo aloqadorlikning sinxron uyg‘unligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan OT-F1-17 raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tatqiq etish” fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3280-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning ma’naviy kamolotida so‘z va nutq yordamida samarali ta’sir ko‘rsatishning ilmiy va amaliy ahamiyati takomillashtirilgan.