Shermonov Eldor Uralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda islohotlarga daxldorlik fazilatini rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped901.
Ilmiy rahbar: Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Choriev Abdushukur Chorievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarov Abror Davlatmurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda islohotlarga daxldorlik fazilatini rivojlantirishning nazariy asoslari va texnologik tizimini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarning islohotlarga daxldorlik to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini takomillashtirishga, amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan vitagen texnologik usullari ochib berilgan;
yoshlarning daxldorlik fazilatini shakllanishiga salbiy ta’sir etadigan loqaydlik, daunshifting, eskapizm va boshqa illatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik metodika asoslangan;
o‘smirlarning yurtimizda olib borilayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga daxldorlik fazilatini shakllantirishga qaratilgan «Islohotlar bilimdoni» ko‘rik tanlovining me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqilgan;
o‘smirlarda islohotlarga daxldorlik fazilatini milliy g‘oyaning umuminsoniy negizlari asosida ochib berilgan pedagogik indikatorlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda islohotlarga daxldorlik fazilatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarning islohotlarga daxldorlik to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini takomillashtirishga, amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan vitagen texnologik modeliga oid chiqarilgan ilmiy xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 fevraldagi 123-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarda, shuningdek yoshlarni davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat, islohotlarga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usi asosida tarbiyalash, Vataniga halqiga, Prezidentiga sadoqatli farzandlar bo‘lib voyaga etishishi kabi fazilatlarni singdirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 martdagi 126-sonli buyrug‘i bandlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3989-son ma’lumotnomaci). Natijada yoshlarning davlat ramzlariga bo‘lgan hurmati va etiborining oshishi orqali ularni haqiqiy vatanparvar bo‘lib voyaga etishish g‘oyasining natijadorligiga erishilgan.
yoshlarning daxldorlik fazilatini shakllanishiga salbiy ta’sir etadigan loqaydlik, daunshifting, eskapizm va boshqa illatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik metodikaning asoslanganligiga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi «Respublika yosh olimlar kengashi» NNT ning respublika ilmiy maktablar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida tasdiqlangan ish reja materiallarida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 11 iyundagi 04-13/2706-son ma’lumotnomasi). Natijada insonni ma’naviy-ruhiy mudroqlikdan uyg‘otish, har qanday voqelikka munosabat bildira olish, unga ta’sir ko‘rsatish, jamiyat va umummilliy taraqqiyot uchun javobgarlik hissini, daxldorlik tuyg‘usini namoyon etish orqali o‘zini o‘zi umummilliy manfaat yo‘lida yo‘naltira olish, safarbar eta bilish fazilatlarining ilmiy-metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qilgan;
ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy ishlanma, dastur, trening va tavsiyalar asosida mahallalarda, ta’lim muassassalarida islohotlar natijalarini milliy mafkuramizning asosiy tamoyillarining ro‘yobi sifatida keng targ‘ib qilish maqsadida maxallararda turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining 2019 yil 11 iyuldagi 02-03/441-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy hulosalar asosida har bir o‘quvchida milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalari (Yur t tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq farovonligi, Ijtimoiy hamkorlik, Komil inson, Millatlararo totuvlik, Dinlararo bag‘rikenglik) haqidagi nazariy bilimlar amaliyotda qanday shakllantirish ishlarining natijadorligiga erishilgan.