Yuldasheva Madina Olimhon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik insul`tning erta tiklanish davridagi bemorlarda nutq buzilishlarining klinik xususiyatlari, diagnostikasi va reabilitatsiyasi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5964.
Ilmiy rahbar: Nazarova Janna Avzarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.11.01.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Baxtiyar G‘afurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zavadenko Nikolay Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yarim shar ishemik insul`tining erta tiklanish davridagi bemorlarda klinik-diagnostik tadqiqotlar natijalari asosida afaziyalarning turlari va og‘irlik darajasini o‘rganish hamda nutq reabilitatsiyasiga personallashtirilgan yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yarim shar ishemik insul`tining erta tiklanish davrida efferent, amnestik va dinamik afaziyalari bo‘lgan bemorlarning klinik-nevrologik, neyropsixologik va laborator-instrumental xususiyatlariga kompleks baho berilishi asoslangan;
yarim shar ishemik insul`tining erta tiklanish davridagi bemorlarda afaziyalarning turli xillari tuzilmasi belgilangan va uchrash chastotasi aniqlangan;
yarim shar ishemik insul`tini boshdan kechirgan bemorlarda afaziyalarning turli tiplari shakllanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillari aniqlangan;
yarim shar ishemik insul`tining erta tiklanish davrida afaziyalari bo‘lgan bemorlar nutq reabilitatsiyasining kompleks personallashtirilgan amaliy xulq-atvor tahlili metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ishemik insul`tning erta tiklanish davridagi bemorlarda nutq buzilishlarining klinik xususiyatlari, diagnostikasi va reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yarim shar ishemik insul`tining erta tiklanish davrida efferent, amnestik va dinamik afaziyalari bo‘lgan bemorlarning klinik-nevrologik, neyropsixologik va laborator-instrumental xususiyatlariga kompleks baho berilishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert komissiyasining 2026 yil 28 yanvardagi 182-son xulosasi bilan tasdiqlangan hamda ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2026 yil 30 yanvarda Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan 245 va 246-son xatlar asosida amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi M-clinic KTMda 2026 yil 30 yanvardagi 10-P/1/2026-son buyruq hamda Toshkent shahri 5-son shahar klinik shifoxonasida 2026 yil 2 fevraldagi 83-son buyruqqa muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: ishemik insul`tning erta tiklanish davrida afaziyalarni kompleks diagnostika qilish funksional natijani yaxshilash, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish va bemorlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasini kamaytirishni ta’minlaydi, bu esa uning yuqori ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlaydi. Iqtisodiy samaradorlik: afaziyalarni kompleks diagnostika qilishni joriy etish klinik samaraning statistik jihatdan ahamiyatli ravishda 37,1 foizga oshishini ta’minlaydi va avtonom nutq shakllanishini tezlashtiradi. Xulosa: yarim shar ishemik insul`tining erta tiklanish davrida afaziyalarning turli tiplari bo‘lgan bemorlarni kompleks ko‘p darajali tavsiflash nutq buzilishlarining klinik-patogenetik mexanizmlarini aniqlashtirish, ularning differensiyalangan tuzilmasini asoslash va neyroreabilitatsiyaning personallashtirilgan dasturlarini ishlab chiqish uchun dalillarga asoslangan zamin yaratish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yarim shar ishemik insul`tining erta tiklanish davridagi bemorlarda afaziyalarning turli xillari tuzilmasi belgilangan va uchrash chastotasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert komissiyasining 2026 yil 28 yanvardagi 182-son xulosasi bilan tasdiqlangan hamda ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2026 yil 30 yanvarda Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan 245 va 246-son xatlar asosida amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi M-clinic KTMda 2026 yil 30 yanvardagi 10-P/1/2026-son buyruq hamda Toshkent shahri 5-son shahar klinik shifoxonasida 2026 yil 2 fevraldagi 83-son buyruqqa muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: ishemik insul`tning erta tiklanish davridagi bemorlarda afaziyalarning turli xillari uchrash chastotasini baholash ularning diagnostikasini yaxshilash, nutq buzilishlarini erta aniqlash, tegishli reabilitatsiya tadbirlarini tavsiya etish va bemorlarning sog‘ayish ehtimoli yuqori bo‘lgan tiklanish davrini maqbullashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: ishemik insul`tning erta tiklanish davridagi bemorlarda afaziyalarning turli xillari uchrash chastotasini baholash reanimatsiya va nevrologiya bo‘limlarida cho‘zilgan diagnostika bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi; Barthel shkalasi bo‘yicha 1 qo‘shimcha ball uchun 350400 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi, bu esa ABA-terapiyani joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: ishemik insul`tning erta tiklanish davridagi bemorlarda afaziyalarning turli xillari uchrash chastotasi baholandi, bu esa nutq buzilishlarini erta aniqlash, bemorlarni klinik guruhlarga ajratish va individual reabilitatsiya dasturlarini tanlash imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: yarim shar ishemik insul`tini boshdan kechirgan bemorlarda afaziyalarning turli tiplari shakllanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert komissiyasining 2026 yil 28 yanvardagi 182-son xulosasi bilan tasdiqlangan hamda ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2026 yil 30 yanvarda Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan 245 va 246-son xatlar asosida amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi M-clinic KTMda 2026 yil 30 yanvardagi 10-P/1/2026-son buyruq hamda Toshkent shahri 5-son shahar klinik shifoxonasida 2026 yil 2 fevraldagi 83-son buyruqqa muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: ishemik insul`tni boshdan kechirgan bemorlarda afaziyalarning turli xillari shakllanishiga ta’sir kuchi avvaldan ma’lum bo‘lgan xavf omillari mavjudligini aniqlash afaziyaning u yoki bu turini maqsadli va ertaroq muddatlarda diagnostika qilish, bemorlarning nutqiy, kognitiv va funksional holatini baholash hamda reabilitatsiya jarayonini erta boshlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: ishemik insul`tni boshdan kechirgan bemorlarda afaziyalarning turli xillari shakllanishiga ta’sir kuchi avvaldan ma’lum bo‘lgan xavf omillari mavjudligini aniqlash an’anaviy simptomatik diagnostikaga nisbatan samaraliroq bo‘lib, diagnostik jarayonni optimallashtirish va Barthel shkalasi bo‘yicha 1 qo‘shimcha ball uchun 350400 so‘mni tejash imkonini berdi, bu esa 1 nafar bemorga ABA-terapiyani joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: ishemik insul`tni boshdan kechirgan bemorlarda afaziyalarning turli xillari shakllanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillarini aniqlash afaziyaning u yoki bu turini maqsadli va ertaroq muddatlarda diagnostika qilish, nutq buzilishlarini prognozlash va reabilitatsiya tadbirlarini individuallashtirish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yarim shar ishemik insul`tining erta tiklanish davrida afaziyalari bo‘lgan bemorlar nutq reabilitatsiyasining kompleks personallashtirilgan ABA-metodikasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert komissiyasining 2026 yil 28 yanvardagi 182-son xulosasi bilan tasdiqlangan hamda ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2026 yil 30 yanvarda Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan 245 va 246-son xatlar asosida amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi M-clinic KTMda 2026 yil 30 yanvardagi 10-P/1/2026-son buyruq hamda Toshkent shahri 5-son shahar klinik shifoxonasida 2026 yil 2 fevraldagi 83-son buyruqqa muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: ishemik insul`tning erta tiklanish davrida efferent, amnestik va dinamik afaziyalari bo‘lgan bemorlarni erta reabilitatsiya qilishning kompleks personallashtirilgan metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu bemorlarning nutqiy faolligi, psixologik holati, muloqot imkoniyatlari va ijtimoiylashuvini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: ishemik insul`tning erta tiklanish davrida efferent, amnestik va dinamik afaziyalari bo‘lgan bemorlarni erta reabilitatsiya qilishning ishlab chiqilgan kompleks metodikasi ularning psixologik holati va ijtimoiylashuvini yaxshilaydi, shuningdek, Barthel shkalasi bo‘yicha 1 qo‘shimcha ball uchun 1 nafar bemorga davolash qiymatini 350400 so‘mga kamaytirish imkonini beradi, bu esa ABA-terapiyani joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: ishemik insul`tning erta tiklanish davrida efferent, amnestik va dinamik afaziyalari bo‘lgan bemorlarni erta reabilitatsiya qilishning kompleks ABA-metodikasi nutq funksiyasini tiklash, funksional mustaqillikni oshirish, kognitiv faollikni yaxshilash va bemorlarning ijtimoiy hayotga qaytishini tezlashtirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish