Shokirova Gulnozaxon Kadirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda buyraklar disfunksiyasini baholash” 14.00.05 – «Ichki kasalliklar», 14.00.25. –“Klinik laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6247.
Ilmiy rahbarlar: Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xatam Xasanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanova Shoira Ravshanbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda buyraklar funksional holati va kanalchalar zararlanishi markerlari bilan Kloto oqsili orasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari 2 tip qandli diabet bilan kechganda Kloto oqsilining buyrak disfunksiyasini aniqlashdagi tashxisiy ahamiyati aniqlangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllarida ham Kloto oqsilining ko‘rsatkichlari pasayib ketishi, lekin u 2 tip qandli diabet bilan komorbidlikda kechgan bemorlarga nisbatan yuqoriroq ko‘rsatkichlarda bo‘lishi aniqlangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari 2 tip qandli diabet bilan kechganda α-o‘sma nekroz omili, interleykin-6 va Kloto oqsilidagi o‘zgarishlar parallel kechishi kasallik zo‘rayishi surunkali yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liqligi va bu holat o‘rganilgan oqsil ishonchli kamayishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari 2 tip qandli diabet bilan kechganda tashqi nafas faoliyati (bir soniyada jadal nafas chiqarish hajmi) bilan Kloto oqsilining o‘zaro bog‘liklik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tizimli qizil bo‘richali bemorlarga sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari 2 tip qandli diabet bilan kechganda Kloto oqsilining buyrak disfunksiyasini aniqlashdagi tashxisiy ahamiyati aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 5.01.2026 yildagi № 1/22-son va Farg‘ona viloyati SSB Farg‘ona jamoat salomatligi istituti ko‘p tarmoqli klinikasining 19.01.26 yildagi № 27-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevral`dagi 03/49-son xulosasi). Kloto oqsilini baholash natijalarini amaliyotga tatbiq etish orqali surunkali o‘pka obstruktiv kasalligi (SO‘OK) bor bemorlarda surunkali buyrak kasalligini (SBK) aniqlashning yangi usulini qo‘llash imkoniyati yaratildi. Buning sababi, al`fa Kloto oqsili miqdorining sezilarli darajada pasayishi, kreatinin kabi boshqa ko‘rsatkichlar hali jiddiy o‘zgarmaganda ham, SBKni erta bosqichlarida aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda Klot oqsilini baholashni joriy etish ushbu bemorlarda SBKni erta tashxislash va asoratlarni davolash uchun mablag‘larni tejashga yordam beradi. Shunday qilib, agar terminal bosqichdagi O‘SOK va SBK bilan og‘rigan bemorga bir martalik gemodializ seansini o‘tkazish uchun ambulator davolanish narxi davlatga 1 marta 373 ming so‘mga tushsa, yiliga 96 seans 1 bemor uchun 35 million so‘mga tushadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllarida ham Kloto oqsilining ko‘rsatkichlari pasayib ketishi, lekin u 2 tur qandli diabet bilan komorbidlikda kechgan bemorlarga nisbatan yuqoriroq ko‘rsatkichlarda bo‘lishi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 5.01.2026 yildagi № 1/22-son va Farg‘ona viloyati SSB Farg‘ona jamoat salomatligi istituti ko‘p tarmoqli klinikasining 19.01.26 yildagi № 27-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda Kloto oqsili darajasini aniqlash bilan yallig‘lanish markerlarini kompleks baholash asosiy kasallikning og‘irligini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: O‘SOK bilan og‘rigan bemorlar uchun kasalxona yotog‘ining o‘rtacha kunlik narxi 900 000 so‘mni tashkil etsa, boshqa asoratlar bilan u 1,5 million so‘mni tashkil etadi, bu 1,5 baravar qimmat. Shunday qilib, har bir bemor uchun o‘rtacha 10 kunlik davolash davomiyligi bilan 6 million so‘mgacha tejashga erishildi.
uchunchi ilmiy yangilik: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari 2 tur qandli diabet bilan kechganda α-o‘sma nekroz omili, interleykin-6 va Kloto oqsilidagi o‘zgarishlar parallel kechishi kasallik zo‘rayishi surunkali yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liqligi va bu holat o‘rganilgan oqsil ishonchli kamayishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 5.01.2026 yildagi № 1/22-son va Farg‘ona viloyati SSB Farg‘ona jamoat salomatligi istituti ko‘p tarmoqli klinikasining 19.01.26 yildagi № 27-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda Kloto oqsilini aniqlash bilan yallig‘lanish markerlarini kompleks baholash asosiy kasallikning og‘irlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: SOO‘K bilan og‘rigan bemorlar uchun shifoxona o‘rinlarining o‘rtacha kunlik narxi o‘rtacha 900 ming so‘mni tashkil etsa, boshqa asoratlar mavjud bo‘lganda - 1 million 500 ming so‘mni tashkil etadi, bu esa 1,5 baravar qimmatroqdir. Shunday qilib, 10 kun davomida o‘rtacha davolanishda 1 nafar bemor uchun 6 mln so‘mgacha mablag‘ tejaldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari 2 tur qandli diabet bilan kechganda tashqi nafas faoliyati (bir soniyada jadal nafas chiqarish hajmi) bilan Kloto oqsilining o‘zaro bog‘liklik darajasi baholanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 5.01.2026 yildagi № 1/22-son va Farg‘ona viloyati SSB Farg‘ona jamoat salomatligi istituti ko‘p tarmoqli klinikasining 19.01.26 yildagi № 27-sonli buyruqlari bilan. amaliyotiga joriy etish imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorligi: Kloto oqsilining tashqi nafas olish faolligi bilan korrelyasiya darajasi baholangan, bu diabetning nafas olish yo‘llari va parenxima tuzilmalariga ta’siri natijasida obstruktiv jarayonlarning tezroq va kuchliroq namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Ushbu markerni qo‘llash orqali iqtisodiy samaraga erishish mumkin. Shunday qilib, O‘SOK va komorbid maqomga ega bo‘lgan bemorlar o‘rtacha har chorakda emas, balki har yili monitoring qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, buning uchun yiliga 500 ming so‘mdan ortiq mablag‘ talab etilmaydi. Bemor to‘g‘ri davolanganda, ushbu markerni baholash qo‘llanilganligi sababli, mablag‘larni tejash 1 bemor uchun 2-3 million so‘mga etadi.