O‘rinova Gulbaxor Musoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya yarim sharlari insultini utkazgan bemorlarda miya qon aylanish autoregulyasiya tizimi xolati», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Tib2469.
Ilmiy raxbar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.l1.01.
Rasmiy opponentlar Mirdjuraev El`bek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insultga uchragan bemorlarda qon aylanishini sistem va serebrovaskulyar regulyasiya xususiyatlarini aniklash va reabilitatsiya tadbirlari davomida adekvat vazoaktiv terapiya usullarini ishlab chikish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insult o‘tkazgan bemorlarda serebral gemodinamik ko‘rsatkichlarning muvozanati o‘zgarishi sababli bosh miya magistral arteriyalari holatiga bog‘liq holda miya qon aylanishi autoregulyasiyasining buzilishi isbotlangan;
insultning og‘ir formasini o‘tkazgan bemorlarda sutkalik arterial bosim dinamikasining non depper va over depper tipida buzulishi aniqlangan;
magistral arteriyalar holati, sutkalik arterial bosim monitoringi va avval o‘tkazilgan insul`tning patogenetik turini inobatga olgan holda miyada qon aylanishi buzulishining qaytalanish xavfi aniqlangan;
insult o‘tkazgan bemorlarning individual klinik, gemodinamik va xavf omillarini hisobga olgan holda personallashtirilgan ikkilamchi profilaktika tamoyillariga asoslangan, hayot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan davolashga yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Insult o‘tkazgan bemorlar autoregulyasiyasini tashxislash usuli va dorivor terapiyani optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 04 noyabrdagi 28-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: Karotid miya arteriyasi havzasidagi insul`tda arterial bosimning kunlik dinamikasi xususiyatlarini nazorat qilish asosida takroriy ishemik insul`t profilaktikasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet kabi asosiy xavf omillarining ahamiyatli ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert Kengashining 2024 yil 26 dekabrdagi 46-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tdan keyingi autoregulyasiya buzilishining o‘ziga xosligini baholash va profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 09.04.2025 yilda chiqqan 157-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 05.04.2025 yilda chiqqan 107&1-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/17-sonli xulosasi). Mazkur natijalar amaliyotga joriy etilib, takroriy insul`t xavfini erta aniqlash imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorlik: xavf omillarini barvaqt nazorat qilish orqali bemorlarda asoratlar kamayib, hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorlik: takroriy insul`t holatlarini kamaytirish hisobiga davolash xarajatlari qisqartirildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Doplerografiya ma’lumotlari asosida serebral gemodinamika holatini o‘rganish va autoregulyasiyani baholash, shuningdek UZDG tekshiruvida gemodinamik ahamiyatli stenozni aniqlashning muhim prognostik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert Kengashining 2024 yil 26 dekabrdagi 46-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tdan keyingi autoregulyasiya buzilishining o‘ziga xosligini baholash va profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 09.04.2025 yilda chiqqan 157-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 05.04.2025 yilda chiqqan 107&1-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: serebral gemodinamik buzilishlarni erta aniqlash orqali davolash samaradorligi oshirildi va asoratlar kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorlik: erta tashxis qo‘yish natijasida statsionar va reanimatsion davolanish kunlari qisqartirilib, har bir bemor uchun o‘rtacha 1760000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: magistral arteriyalar holati, sutkalik arterial bosim monitoringi va avval o‘tkazilgan insul`tning patogenetik turini inobatga olgan holda miyada qon aylanishi buzulishining qaytalanish xavfi aniqlanganligi asosida takroriy insul`t xavfini baholash va ikkilamchi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish takomillashtirilgan. Ushbu yondashuv amaliyotga Toshkent tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert Kengashining 2024 yil 26 dekabrdagi 46-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tdan keyingi autoregulyasiya buzilishining o‘ziga xosligini baholash va profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 09.04.2025 yilda chiqqan 157-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 05.04.2025 yilda chiqqan 107&1-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/17-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorlik: biokimyoviy markerlar asosida xavfni erta prognoz qilish imkoni yaratilib, individual davolash taktikasi shakllantirildi. Iqtisodiy samaradorlik: asoratlarning oldini olish hisobiga statsionar xarajatlar kamaytirilib, har bir bemor uchun 1840000 so‘m byudjet mablag‘lari va 920000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar tejaldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Insul`tdan keyingi bosqichda autoregulyasiya buzilishi bo‘lgan bemorlarda klinik, laborator va instrumental ko‘rsatkichlar asosida individual ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirish va masofaviy monitoring tizimini joriy etish usuli ishlab chiqilgan va Toshkent tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert Kengashining 2024 yil 26 dekabrdagi 46-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tdan keyingi autoregulyasiya buzilishining o‘ziga xosligini baholash va profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 09.04.2025 yilda chiqqan 157-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 05.04.2025 yilda chiqqan 107&1-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: bemorlarni masofadan kuzatish orqali nevrologik simptomlar dinamikasini nazorat qilish, reabilitatsiya samaradorligini oshirish va hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorlik: reanimatsion davolanish muddatlarini qisqartirish va qayta yotqizish holatlarini kamaytirish orqali tibbiy xizmat xarajatlari sezilarli darajada kamaytirildi. Tadqiqot natijasi sog‘liqni saqlash tizimida ishemik insultdan keyingi bosqichda autoregulyasiya buzilishi, bemorlarni davolashda klinik va biokimyoviy tahlillarga asoslangan holda ikkilamchi profilaktika chora tadbirlarining optimal variantlarini yaratishga xizmat qiladi. Ishemik insultdan keyingi davrda autoregulyasiya buzilishi bo‘lgan bemorlarda nevrologik simptomlarning tabiati, chastotasi va dinamikasini baholash, takroriy insult rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy xavf omillarini erta tashxislash natijasida bemorlarning reanimatsion davolanish kunlari qisqarishi hisobidan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan sarflanadigan xarajatlarni 1760000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Ishemik insultning erta bosqichlarini tashhislashda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga bemorlarning reanimatsion va statsionar xarajatlaridan har 1 bemor uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 1840000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 920000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: takroriy insul`t xavf omillarini aniqlash va ikkilamchi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishda insul`tdan keyingi kompensatsiya va dekompensatsiya bosqichlarida S-reaktiv oqsil va fibrinogen ko‘rsatkichlari parametrlari o‘rtasida yuqori kuchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi hisobga olingan holda takroriy ishemik insul`tning ikkilamchi profilaktikasi bo‘yicha individual chora-tadbirlarni optimallashtirish usuli ishlab chiqildi.