Kushakova Gulnora Egamkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish texnologiyasi (oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2017.1.PhD/Ped25.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qahhorova Matluba Mannopovna, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta`lim muassasalarida yoshlar tolerantlik tafakkurini shakllantirishning pedagogik va innovatsion texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda tolerantlik tushunchasining tarixiy shakllanish bosqichlari (qadimgi tamadun, islom madaniyati, o‘rta asr madaniyati, mustaqillik davri) tolerantlik g‘oyalari tahliliga (tarixiy-tadrijiy, ijtimoiy, ilmiy-pedagogik) ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish talablari (komplekslilik, tarbiya tamoyillarining tengligi) o‘quv jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuni (ilmiy-nazariy, tashkiliy, ta’lim menejmenti, pedagogik hamkorlik) takomillashtirilgan;
pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar tuzilmasini yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirish va shaxs xususiyati (etuk, faol, yetakchi, barkamol) integratsiyasi bo‘yicha takomillashtirish zarurati asoslangan;
tolerant shaxsni shakllantirish konsepsiyasi oliy ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining pedagogik motivatsiyasi omillari (jarayon, natijalilik, baholanish, ziddiyatdan qochish) va tamoyillarini (ustuvorlik, samaradorlilik, yo‘nalganlik, asoslilik) aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar tuzilmasini takomillashtirish, yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirish va shaxs xususiyati integratsiyasiga oid takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 martdagi 281-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini va g‘oyaviy bardoshliligini mustahkamlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”, “Talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlar va an’analar hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmat va ehtiromda bo‘lish tuyg‘ularini rivojlantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 89-02-1240-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy fanlar mazmuni yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishga oid tushunchalar bilan takomillashtirilgan;
yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish talablari o‘quv jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuniga oid takliflar asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 avgustdagi 600-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Axborot va murabbiylik soatlari” mashg‘ulotlari uchun namunaviy reja”sini ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 89-02-1240-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning sog‘lom immunitetini rivojlantirish, tolerantlik tafakkurining shakllanganlik darajasini belgilovchi mezonlar asosida oliy ta’lim muassasalarida “Yoshlar tolerantlik markazi” faoliyatini tashkil etishga erishilgan.
O‘zbekistonda tolerantlik tushunchasining tarixiy shakllanish bosqichlari, tolerantlik g‘oyalari tahliliga oid tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining P3-20170930374 raqamli “Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 maydagi 0209/518-19-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning tolerantlik targ‘ibotiga doir ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, shaxslararo munosabatlarga kirishish, millatlar, madaniyatlar, e’tiqodlar, urf-odatlar, dinlararo va mafkuralararo ijtimoiy munosabatlarni muvozanatda saqlab turishga oid bilimlari ortgan.
tolerant shaxsni shakllantirish konsepsiyasi, oliy ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining pedagogik motivatsiyasi omillari va tamoyillariga doir takliflar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining “Bir oilada ezgu maqsadlar sari” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari rejasining 1-, 2-bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 1-19/165-son ma’lumotnomasi). Festival doirasida talaba yoshlarning tashabbuslari bilan tashkil etilgan tadbirlar hamda “Vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash” mavzusidagi mahorat darslari, seminar-treninglar yoshlar o‘rtasida millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, bag‘rikenglik, hurfikrlilik, hamjihatlik tuyg‘ularining shakllanishiga xizmat qilgan.