Safarov Mirzoxid Boltaevichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish tizimini gigienik tavsifi va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish yo‘llari», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6254.
Ilmiy rahbar: Iskandarov Aziz Baxromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shovaliev Ilxom Xaqnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: shahar aholisidan hosil bo‘luvchi qattiq maishiy chiqindilarning sifat va miqdor tarkibini gigienik tavsiflash, seliteb hududdan yig‘ish, chetlashtirish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ishlovchilarni mehnat sharoitlarini sanitar-gigienik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahri misolida aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi (daromad guruhi, turar joy turi, mahalla obodonlashtirish darajasi) bilan qattiq maishiy chiqindilarning sifat tarkibi va ko‘p yillik miqdor dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, iqlimiy-geografik omillarning (harorat rejimi, mavsumiylik) chiqindilar to‘planishiga ta’siri miqdoriy jihatdan isbotlangan;
shahar turar joy va jamoat binolarining sanitar obodonlashtirish darajasiga bog‘liq holda qattiq maishiy chiqindilarning tur bo‘yicha tarkibi o‘rganilib, chiqindilar to‘planishi natijasida aholi yashash hududlarida yuzaga keluvchi sanitar-bakteriologik xavf omillari (patogen va shartli patogen mikroflora ustivorligi) va ularning obodonlashtirish ko‘rsatkichlari bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, chetlashtirish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ishlovchi xodimlarning mehnat sharoitlari ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi bo‘yicha mehnat sharoitlari 3.1-sinfga taalluqli ekanligi isbotlangan;
shahar infratuzilmasi, aholi zichligi va chiqindilarning morfologik tarkibini hisobga olgan holda qattiq maishiy chiqindilarni manbada saralash, konteynerlashtirishning optimal modellari, logistik marshrutlarni raqamli optimallashtirish hamda poligonlarga tushadigan yuklamani va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga yo‘naltirilgan resurs tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalar asosidagi shahar chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilishning tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish tizimini gigienik tavsifi va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Toshkent shahri misolida aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi (daromad guruhi, turar joy turi, mahalla obodonlashtirish darajasi) bilan qattiq maishiy chiqindilarning sifat tarkibi va ko‘p yillik miqdor dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, iqlimiy-geografik omillarning (harorat rejimi, mavsumiylik) chiqindilar to‘planishiga ta’siri miqdoriy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 dekabrda 12-25/809-t-son bilan tasdiqlangan «Zamonaviy sharoitda maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma hamda 2025 yil 25 iyulda 06-25/669-t-son bilan tasdiqlangan «Aholidan hosil bo‘luvchi qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish tizimini takomillashtirish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 15.01.2026 yildagi I/ch-4-son, 10.04.2026 yildagi I/ch-48-son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 14.04.2026 yildagi 67–R–Sh-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aholining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoiti ta’sirida shaharlarda hosil bo‘layotgan qattiq maishiy chiqindilarning sifat va miqdor jihatdan o‘zgarish xususiyatlarini aniqlash orqali aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilishi, qattiq maishiy chiqindilarni to‘planishiga ta’sir etuvchi iqlimiy-geografik omillarni ilmiy asoslash, chiqindilarni samarali boshqarish tizimini takomillashtirish, sanitar-gigienik holatni yaxshilash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, shahar aholisi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini shakllantirish, yuqumli va noiqtisodiy kasalliklar xavfini pasaytirish hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish orqali jamiyat farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: aholining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitiga bog‘liq xolda shahar sharoitidagi qattiq maishiy chiqindilarning sifat va miqdor o‘zgarishlari samaradorligi hisob-kitoblar shahar sharoitida 1 yilda o‘rtacha 100 ming tonna qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘lsa, mavjud an’anaviy tizimda ularni yig‘ish va tashish xarajatlari taxminan 1 tonnasiga 120000 so‘mni, umumiy xarajat esa 12 mlrd so‘mni, saralash, qayta ishlash va logistikasini optimallashtirish orqali ushbu xarajatlarni kamida 15–20 % ga kamaytirish orqali yiliga o‘rtacha 1,8–2,4 mlrd so‘mni, chiqindilarni ilmiy asosda boshqarishni joriy etish natijasida shahar miqyosida yiliga 9,3–11,4 mlrd so‘mgacha iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: shahar turar joy va jamoat binolarining sanitar obodonlashtirish darajasiga bog‘liq holda qattiq maishiy chiqindilarning tur bo‘yicha tarkibi o‘rganilib, chiqindilar to‘planishi natijasida aholi yashash hududlarida yuzaga keluvchi sanitar-bakteriologik xavf omillari (patogen va shartli patogen mikroflora ustivorligi) va ularning obodonlashtirish ko‘rsatkichlari bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 dekabrda 12-25/809-t-son bilan tasdiqlangan «Zamonaviy sharoitda maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma hamda 2025 yil 25 iyulda 06-25/669-t-son bilan tasdiqlangan «Aholidan hosil bo‘luvchi qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish tizimini takomillashtirish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 15.01.2026 yildagi I/ch-4-son, 10.04.2026 yildagi I/ch-48-son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 14.04.2026 yildagi 67–R–Sh-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aholi yashash muhitida qattiq maishiy chiqindilarning tur bo‘yicha tarkibi hamda turar joy va jamoat binolarining sanitar obodonlashtirish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash orqali aholi uchun xavf tug‘diruvchi omillarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish, aholi turar joy xududlarida chiqindilar to‘planishi natijasida yuzaga keluvchi sanitar-bakteriologik omillarning ustuvorligini baholash orqali yuqumli kasalliklar tarqalish xavfini kamaytirish, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash aholi salomatligini mustahkamlash, bolalar va aholining zaif qatlamlarini himoya qilish, shaharlarda tozalik va obodonlashtirish darajasini oshirish, yashash muhitining ekologik xavfsizligini ta’minlash, aholining hayot sifati, yuqumli kasalliklar xavfini pasaytirish hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish orqali jamiyat farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: aholining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitiga bog‘liq xolda shahar sharoitidagi qattiq maishiy chiqindilarning sifat va miqdor o‘zgarishlari boshqarish natijasida aholi salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi sanitar-bakteriologik omillar kamayishi hisobiga sezilarli iqtisodiy samaraga erishiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 100 ming aholi yashaydigan hududda chiqindilar bilan bog‘liq kasallanishlar soni 1200 tadan 700 tagacha kamayib, 500 ta holatga qisqarishi yiliga taxminan 400 mln so‘mni, mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotish holatlari kamayishi natijasida 375 mln so‘m, QMChni saralash va qayta ishlash hisobiga yillik 20 ming tonna chiqindidan 6000 tonnasi qayta ishlanib, taxminan 1,8 mlrd so‘mni, sanitar tozalash ishlarini optimallashtirish orqali qo‘shimcha ravishda 300 mln so‘mni, umumiy 2,8–3,0 mlrd so‘mni iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, chetlashtirish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ishlovchi xodimlarning mehnat sharoitlari ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi bo‘yicha mehnat sharoitlari 3.1-sinfga taalluqli ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 dekabrda 12-25/809-t-son bilan tasdiqlangan «Zamonaviy sharoitda maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma hamda 2025 yil 25 iyulda 06-25/669-t-son bilan tasdiqlangan «Aholidan hosil bo‘luvchi qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish tizimini takomillashtirish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 15.01.2026 yildagi I/ch-4-son, 10.04.2026 yildagi I/ch-48-son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 14.04.2026 yildagi 67–R–Sh-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ishlovchi xodimlarning mehnat sharoitlari kompleks gigienik baholash asosida ilk bor tizimli ravishda sinflarga ajratilish— chang, biologik agentlar, zararli gazlar, shovqin, vibratsiya hamda mikroiqlim ko‘rsatkichlarining inson salomatligiga ta’siri aniqlash, ularning darajasi amaldagi sanitar-gigienik me’yorlar bilan taqqoslash, mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi (fizik yuklama, ish ritmi, emotsional zo‘riqish) inobatga olingan holda mehnat sharoitlari zararlilik va xavflilik darajalari bo‘yicha sinflarga ajratish, ishchilar uchun kasbiy xavf darajasini aniq baholash, profilaktik chora-tadbirlarni ilmiy asosda ishlab chiqish va mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, chetlashtirish va utilizatsiya qilish jarayonlarida mehnat sharoitlarini optimallashtirish va zararli ishlab chiqarish omillarini kamaytirish orqali 500 nafar ishchi faoliyat yuritadigan tizimda kasbiy va infeksion kasallanishlar soni yiliga 300 tadan 180 tagacha (40% ga) kamaytirish natijasida yiliga 450–500 mln so‘m iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: shahar infratuzilmasi, aholi zichligi va chiqindilarning morfologik tarkibini hisobga olgan holda qattiq maishiy chiqindilarni manbada saralash, konteynerlashtirishning optimal modellari, logistik marshrutlarni raqamli optimallashtirish hamda poligonlarga tushadigan yuklamani va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga yo‘naltirilgan resurs tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalar asosidagi shahar chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilishning tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 dekabrda 12-25/809-t-son bilan tasdiqlangan «Zamonaviy sharoitda maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma hamda 2025 yil 25 iyulda 06-25/669-t-son bilan tasdiqlangan «Aholidan hosil bo‘luvchi qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish tizimini takomillashtirish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 15.01.2026 yildagi I/ch-4-son, 10.04.2026 yildagi I/ch-48-son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 14.04.2026 yildagi 67–R–Sh-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Toshkent shahri hududida qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish va utilizatsiya qilishda zamonaviy usullarni joriy qilish, aholi salomatligi va shahar muhitini yaxshilash, chiqindilar to‘planishi bilan bog‘liq sanitar-epidemiologik xavflar 25–30%ga kamayib, ichak infeksiyalari va parazitar kasalliklar tarqalishini pasayishi, havo, tuproq va er osti suvlarining ifloslanish darajasi qisqarishi, ekologik barqarorlik ta’minlash, tozalik darajasining oshishi aholining yashash sharoiti va hayot sifati yaxshilanishi, shaharning sanitar madaniyati va ekologik ongining o‘sishiga olib kelishi, jamoat joylarida chiqindilarning kamayishi orqali shaharning estetik ko‘rinishi yaxshilash, aholining sanitar farovonligi va ijtimoiy qoniqish darajasi ortishi hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish orqali jamiyat farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi ta’minlanadi. Iqtisodiy samardorligi: qattiq maishiy chiqindilarni chetlashtirish va utilizatsiya qilishda yangi texnologiyalarni joriy etish orqali 1 mln aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tizimda chiqindilar bilan bog‘liq kasallanishlar 20% ga kamayib (yiliga 10000 tadan 8000 tagacha), davolash xarajatlaridan taxminan 2,0 mlrd so‘mni tejash, chiqindilarni saralash va qayta ishlash ulushi 15%-35% ga oshirilishi, yiliga 150 ming tonna chiqindidan 52,5 ming tonnasi qayta ishlanib, o‘rtacha 300 ming so‘m/tonna hisobida 15,7 mlrd so‘mni, chiqindilarni tashish va poligonlarda saqlash xarajatlari optimallashtirish, yiliga 3,0 mlrd so‘mni, yillik iqtisodiy samara taxminan 20–21 mlrd so‘mni iqtisod qilinadi.