Mamsadikov Nurullo Shukrulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toksik gepatit bilan xastalangan pasientlarning ovqat rasionini mahalliy mahsulotlar bilan boyitish orqali hayot sifatini yaxshilash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5602.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoz Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: I.K.Axunbaeva nomidagi Kirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ko‘p omilli ovqatlanish holatini gigienik tahlili va ovqat rasionini mahalliy mahsulotlar bilan boyitish orqali hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi tizim oilaviy shifokorlari tomonidan toksik gepatit bilan xastalanishning xavf omillari–tartibsiz dori moddalari, spirtli ichimliklar, zararli mehnat sharoitlari hamda kundalik ratsionning son va sifat jihatidan o‘zgarishi natijasida kasallikning ilk bosqichlarini tashxislashdagi o‘ziga xos xususiyatlarning bemorning yoshi va jinsiga bog‘liqligi asoslangan;
birlamchi tizimda toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsioni tarkibini omilli tahlil qilish natijasida yuqori xavf guruhiga kiritilgan mahsulotlar – oliy navli un, monosaxaridlar, qahva, margarin, osh tuzi va achchiq mahsulotlarning ortiqcha iste’moli, dori vositalari, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarning me’yoridan ortiq qabul qilinishi; o‘rtacha xavf guruhiga kiritilgan go‘sht, baliq va sut mahsulotlarining keskin kamayishi; uchinchi, vitamin va minerallarga boy xavf guruhiga kiritilgan meva-sabzavotlarning kam iste’mol qilinishi kasallik rivojlanishidagi ahamiyatli omillar sifatida isbotlangan;
toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsionidagi oliy navli un mahsulotlari, ortiqcha tuz va achchiq mahsulotlar iste’molini, dori vositalarining me’yoridan ortiq qabul qilinishini hamda zaharli kimyoviy moddalar bilan muloqatni kamaytirish, ularni ikkinchi navli un mahsulotlari va biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan ratsion bilan almashtirish natijasida qondagi kreatinin va mochevina ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajasini ta’minlash tartibi ishlab chiqilgan;
toksik gepatit xastaligining oldini olish maqsadida bemorlarning kunlik ratsionini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitish, bemorlarni davriy tibbiy kuzatuvdan o‘tkazish hamda kunlik ratsion sifatini tizimli baholash tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toksik gepatit bilan xastalangan pasientlarning ovqat rasionini mahalliy mahsulotlar bilan boyitish orqali hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: birlamchi tizim oilaviy shifokorlari tomonidan toksik gepatit bilan xastalanishning xavf omillari–tartibsiz dori moddalari, spirtli ichimliklar, zararli mehnat sharoitlari hamda kundalik ratsionning son va sifat jihatidan o‘zgarishi natijasida kasallikning ilk bosqichlarini tashxislashdagi o‘ziga xos xususiyatlarning bemorning yoshi va jinsiga bog‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 sentyabrda 24/374-t-son bilan tasdiqlangan «Toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish holatini baholashning o‘ziga xos bo‘lgan gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha 22.10.2025 yildagi 96-P-son hamda Surxondaryo viloyati tibbiyot klasteri bo‘yicha 01.04.2026 yildagi 14-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tizimda oilaviy shifokorlar tomonidan toksik gepatitning xavf omillarini erta aniqlash, rasion tarkibidagi ortiqcha yog‘li, achchiq, tuzli va konservant saqlovchi mahsulotlarni cheklash, ular o‘rniga mahalliy mahsulotlardan tayyorlangan ikkinchi navli non hamda Ali-choy, REGENE COLLAGEN SLIM, FEEL FAST IMMUNO kiritish natijasida jigar faoliyatini yaxshilash, kasallik asoratlarini oldini olish va pasientlarning hayot sifatini oshirish imkoni yaratilganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish rasioni tarkibi omilli xavf guruhlari ajratilgan va uni korreksiyalashda kunlik rasion tarkibiga ikkinchi navli O‘zbekiston unidan tayyorlangan non, REGENE COLLAGEN SLIM, FEEL FAST IMMUNO biologik faol qo‘shimcha 25 xil dorivor o‘simliklardan iborat Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh preium choyini kiritish orqali yuzaga kelgan surunkali zo‘rayish natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 90000-120000 so‘m, umumiy nazoratga olinganlar uchun 9180000-12240000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi tizimda toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsioni tarkibini omilli tahlil qilish natijasida yuqori xavf guruhiga kiritilgan mahsulotlar – oliy navli un, monosaxaridlar, qahva, margarin, osh tuzi va achchiq mahsulotlarning ortiqcha iste’moli, dori vositalari, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarning me’yoridan ortiq qabul qilinishi; o‘rtacha xavf guruhiga kiritilgan go‘sht, baliq va sut mahsulotlarining keskin kamayishi; uchinchi, vitamin va minerallarga boy xavf guruhiga kiritilgan meva-sabzavotlarning kam iste’mol qilinishi kasallik rivojlanishidagi ahamiyatli omillar sifatida isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 sentyabrda 24/374-t-son bilan tasdiqlangan «Toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish holatini baholashning o‘ziga xos bo‘lgan gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha 22.10.2025 yildagi 96-P-son hamda Surxondaryo viloyati tibbiyot klasteri bo‘yicha 01.04.2026 yildagi 14-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: toksik gepatit bilan xastalangan pasientlarning ovqatlanish rasioni tarkibidagi xavf omillarini baholash va ularni xavf guruhlariga ajratish orqali kasallikning og‘irlashishi, jigar faoliyatining buzilishi va asoratlarning oldini olish, rasionni maqbullashtirish hamda pasientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish rasioni tarkibi omilli xavf guruhlari ajratilgan va uni korreksiyalashda kunlik rasion tarkibiga ikkinchi navli O‘zbekiston unidan tayyorlangan non, REGENE COLLAGEN SLIM, FEEL FAST IMMUNO biologik faol qo‘shimcha 25 xil dorivor o‘simliklardan iborat Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh preium choyini kiritish orqali yuzaga kelgan surunkali zo‘rayish natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 90000-120000 so‘m, umumiy nazoratga olinganlar uchun 9180000-12240000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsionidagi oliy navli un mahsulotlari, ortiqcha tuz va achchiq mahsulotlar iste’molini, dori vositalarining me’yoridan ortiq qabul qilinishini hamda zaharli kimyoviy moddalar bilan muloqatni kamaytirish, ularni ikkinchi navli un mahsulotlari va biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan ratsion bilan almashtirish natijasida qondagi kreatinin va mochevina ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajasini ta’minlash tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 sentyabrda 24/374-t-son bilan tasdiqlangan «Toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish holatini baholashning o‘ziga xos bo‘lgan gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha 22.10.2025 yildagi 96-P-son hamda Surxondaryo viloyati tibbiyot klasteri bo‘yicha 01.04.2026 yildagi 14-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: toksik gepatit bilan xastalangan pasientlarning ovqatlanish rasioni tarkibidagi ortiqcha yog‘li, qovurilgan, achchiq va tuzli mahsulotlarning salbiy ta’sirini kamaytirish, ular o‘rniga mahalliy mahsulotlardan tayyorlangan ikkinchi navli non va Ali choyini kiritish orqali jigar hujayralariga tushadigan funksional yuklamani pasaytirish, jigarning detoksikasion faoliyatini yaxshilash, ovqat hazm qilish jarayonlarini me’yorlashtirish hamda organizmning umumiy rezistentligini oshirish imkoni yaratilganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, mazkur yondashuv orqali pasientlarda astenik holatlar, ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi, og‘irlik hissi kabi klinik belgilarning kamayishi, ovqatlanish statusining yaxshilanishi va hayot sifati oshishiga erishilgan. Bunda qizil lavlagi, Ali-choy, bodring, mevalar, karam, sarimsoq piyozi, anor va uning sharbati iste’molining unutmaslik kerak. Shu o‘rnida REGENE COLLAGEN SLIM, FEEL FAST IMMUNO kiritish orqali jagarning faoliyatini yaxshilash va tiklashda o‘rinlidir. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish rasioni tarkibi omilli xavf guruhlari ajratilgan va uni korreksiyalashda kunlik rasion tarkibiga ikkinchi navli O‘zbekiston unidan tayyorlangan non, REGENE COLLAGEN SLIM, FEEL FAST IMMUNO biologik faol qo‘shimcha 25 xil dorivor o‘simliklardan iborat Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh preium choyini kiritish orqali yuzaga kelgan surunkali zo‘rayish natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 90000-120000 so‘m, umumiy nazoratga olinganlar uchun 9180000-12240000 so‘mg mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: toksik gepatit xastaligining oldini olish maqsadida bemorlarning kunlik ratsionini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitish, bemorlarni davriy tibbiy kuzatuvdan o‘tkazish hamda kunlik ratsion sifatini tizimli baholash tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 sentyabrda 24/374-t-son bilan tasdiqlangan «Toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish holatini baholashning o‘ziga xos bo‘lgan gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha 22.10.2025 yildagi 96-P-son hamda Surxondaryo viloyati tibbiyot klasteri bo‘yicha 01.04.2026 yildagi 14-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: toksik gepatit bilan xastalangan pasientlarning kunlik ovqatlanish rasionini mahalliy mahsulotlar bilan boyitish, ortiqcha yog‘li, qovurilgan, achchiq, tuzli, konservant va kimyoviy qo‘shimchalar saqlovchi mahsulotlarni cheklash hamda ularning o‘rniga ikkinchi navli undan tayyorlangan non mahsulotlari va dorivor o‘simliklar asosidagi Ali choyini qo‘llash natijasida jigar hujayralariga tushadigan funksional yuklamani kamaytirish, jigarning detoksikasion faoliyatini faollashtirish, metabolik jarayonlarni me’yorlashtirish va ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilash imkoni yaratilganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, rasion tarkibidagi tabiiy vitaminlar, mikroelementlar va antioksidant xususiyatga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning qo‘llanilishi organizmning immunologik barqarorligini oshirish, oksidativ stressni kamaytirish va jigar to‘qimasidagi yallig‘lanish jarayonlarini pasaytirishga xizmat qilgan. Natijada pasientlarda ishtaha yaxshilanishi, umumiy holsizlik, charchoq, dispeptik o‘zgarishlar, ko‘ngil aynishi va og‘irlik hissining kamayishi, jismoniy faollik va mehnat qobiliyatining tiklanishi kuzatilgan. Bundan tashqari, pasientlarning ovqatlanish statusini muntazam baholash va dispanser kuzatuvini tashkil etish orqali kasallikning erta asoratlarini o‘z vaqtida aniqlash va profilaktik choralarni samarali amalga oshirish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda toksik gepatit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish rasioni tarkibi omilli xavf guruhlari ajratilgan va uni korreksiyalashda kunlik rasion tarkibiga ikkinchi navli O‘zbekiston unidan tayyorlangan non, REGENE COLLAGEN SLIM, FEEL FAST IMMUNO biologik faol qo‘shimcha 25 xil dorivor o‘simliklardan iborat Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh preium choyini kiritish orqali yuzaga kelgan surunkali zo‘rayish natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 90000-120000 so‘m, umumiy nazoratga olinganlar uchun 9180000-12240000 so‘mg mablag‘lar iqtisod qilinadi.