Madazimova Dilrux Hayotjonovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligining kechishini prognostik ahamiyati» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib1878.
Ilmiy rahbar: Tursunova Laylo Dilshatovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripxodjaeva Gulnoza Zayniddinovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan surunkali buyrak kasalligining III bosqichi bilan og‘rigan  bemorlarda buyrakning funksional holatini hamda kasallik kechishining laborator xususiyatlarini kompleks tahlillar natijalari asosida baholash va prognostik ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda buyrak funksional holati va intrarenal gemodinamika ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompleks baholanib, hKFTning pasayishi sistatin S (r=–0,71), β2-mikroglobulin (r=–0,64), al`buminuriya (r=–0,41), buyrak arteriyalari rezistentlik indeksi RI (r=–0,58) va pul`s indeksi PI (r=–0,60) bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan hamda mazkur o‘zgarishlar glomerulyar-tubulointerstisial shikastlanish va renal mikrotsirkulyasiya buzilishi bilan asoslangan;
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda lipid almashinuvi buzilishlari va yurak remodellanishi ko‘rsatkichlarining o‘zaro patogenetik bog‘liqligi aniqlanib, PZLP ko‘rsatkichlarining ishonchli ortishi, YuZLP darajasining pasayishi hamda buyrak arteriyalari rezistentlik indeksi (RI) va pul`s indeksi (PI) ning chap qorincha miokard massasi indeksi (ChQMMI), chap qorincha oxirgi diastolik hajmi (ChQODH) va otilish fraksiyasi ko‘rsatkichlari bilan korrelyasion bog‘liqligi yurak-qon tomir va buyrak tizimidagi funksional-gemodinamik o‘zgarishlarning o‘zaro uyg‘un rivojlanishini asoslangan;
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda koagulyasion gemostaz tizimi faollashuvi buyrak ichi gemodinamikasi va yurak remodellanishi ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, D-dimer, fibrinogen, XNN va FQTV ko‘rsatkichlaridagi giperkoagulyasion o‘zgarishlar buyrak arteriyalari rezistentlik indeksi (RI), pul`s indeksi (PI), chap qorincha miokard massasi indeksi (ChQMMI), chap qorincha oxirgi diastolik hajmi (ChQODH) va otilish fraksiyasi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq holda kechishi trombogen hamda gemodinamik o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda non-dipper va night-picker arterial bosim fenotiplari nefrokardiometobolik remodellanishining mustaqil klinik-prognostik markerlari sifatida asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID - 19 o‘tkazgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligining kechishini prognostik ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda buyrak funksional holati va intrarenal gemodinamika ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompleks baholanib, hKFTning pasayishi sistatin S (r=–0,71), β2-mikroglobulin (r=–0,64), al`buminuriya (r=–0,41), buyrak arteriyalari rezistentlik indeksi RI (r=–0,58) va pul`s indeksi PI (r=–0,60) bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan hamda mazkur o‘zgarishlar glomerulyar-tubulointerstisial shikastlanish va renal mikrotsirkulyasiya buzilishi bilan asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tomoqli klinikasi 14,11,2023-yildagi 134-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 04,10,2023-yildagi 59-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 09-dekabrdagi №8/1282- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ni o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda buyrak funksiyasining erta buzilishlarini aniqlash imkoni yaratilib, xavf guruhlarini shakllantirish, dispanser nazoratni kuchaytirish va individuallashtirilgan davolash taktikasini qo‘llash orqali kasallik asoratlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Bu esa, bemorlarning hayot sifati va uzoq umr ko‘rish ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq buyrak funksiyasi pasayishini erta bosqichda aniqlash orqali SBKning terminal bosqichga o‘tishi sekinlashtiriladi, gemodializga ehtiyoj kamayadi, statsionar davolanish muddatlari qisqaradi hamda laborator tekshiruvlar xarajatlari optimallashtiriladi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda buyrak funksional ko‘rsatkichlarining kompleks baholanishi kasallikning kechishini bashorat qilish, individual nazorat va davolashni tashkil etish imkonini beradi. Bu esa buyrak etishmovchiligining rivojlanishini sekinlashtirish, bemorlarning mehnatga layoqatlilik davrini uzaytirish va hayot sifatini saqlab qolishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda lipid almashinuvi buzilishlari va yurak remodellanishi ko‘rsatkichlarining o‘zaro patogenetik bog‘liqligi aniqlanib, PZLP ko‘rsatkichlarining ishonchli ortishi, YuZLP darajasining pasayishi hamda buyrak arteriyalari rezistentlik indeksi (RI) va pul`s indeksi (PI) ning chap qorincha miokard massasi indeksi (ChQMMI), chap qorincha oxirgi diastolik hajmi (ChQODH) va otilish fraksiyasi ko‘rsatkichlari bilan korrelyasion bog‘liqligi yurak-qon tomir va buyrak tizimidagi funksional-gemodinamik o‘zgarishlarning o‘zaro uyg‘un rivojlanishini asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tomoqli klinikasi 14,11,2023-yildagi 134-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 04,10,2023-yildagi 59-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 09-dekabrdagi №8 /1282- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: intrarenal va markaziy gemodinamika ko‘rsatkichlarini kompleks baholash COVID-19 ni o‘tkazgan SBK bemorlarida kardiorenal sindrom rivojlanish xavfini erta aniqlash, yuqori xavf guruhlarini shakllantirish va individuallashtirilgan davolash strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Bu esa yurak-qon tomir va buyrak asoratlarini kamaytirish, bemorlarning hayot sifati va bashoratini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kardiorenal o‘zaro ta’sir buzilishlarini erta bosqichda aniqlash orqali og‘ir yurak-qon tomir va buyrak asoratlarining oldi olinadi, statsionar davolanish muddatlari qisqaradi, qimmat diagnostik va davolash chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlari optimallashtiriladi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan va o‘tkazmagan SBK III bosqichidagi bemorlarda intrarenal va markaziy gemodinamika ko‘rsatkichlarini kompleks baholash kardiorenal o‘zaro ta’sir mexanizmlarini chuqurroq tushunish, kasallik kechishini prognoz qilish va shaxsiylashtirilgan nazorat hamda davolashni joriy etish imkonini beradi. Bu esa buyrak va yurak funksiyasini uzoq muddat saqlab qolish, bemorlarning mehnatga layoqatlilik davri va hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. 
uchunchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda koagulyasion gemostaz tizimi faollashuvi buyrak ichi gemodinamikasi va yurak remodellanishi ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, D-dimer, fibrinogen, XNN va FQTV ko‘rsatkichlaridagi giperkoagulyasion o‘zgarishlar buyrak arteriyalari rezistentlik indeksi (RI), pul`s indeksi (PI), chap qorincha miokard massasi indeksi (ChQMMI), chap qorincha oxirgi diastolik hajmi (ChQODH) va otilish fraksiyasi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq holda kechishi trombogen hamda gemodinamik o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tomoqli klinikasi 14,11,2023-yildagi 134-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 04,10,2023-yildagi 59-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 09-dekabrdagi №8 /1282- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ni o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda koagulyasion buzilishlarni erta aniqlash imkoni yaratilib, trombotik asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni saralash, individual antikoagulyant profilaktika va davolash choralarini o‘z vaqtida qo‘llash orqali nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Giperkoagulyasiya holatlarini erta diagnostika qilish orqali og‘ir tromboembolik asoratlarning oldi olinadi, intensiv terapiya va statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, qimmat antikoagulyant va reanimatsion chora-tadbirlar xarajatlari qisqaradi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlarining kompleks dinamik baholanishi giperkoagulyasiya holatlarini erta aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va individual davolash taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Bu esa trombotik asoratlarni kamaytirish, buyrak funksiyasini saqlab qolish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan SBK III bosqichidagi bemorlarda non-dipper va night-picker arterial bosim fenotiplari nefrokardiometobolik remodellanishining mustaqil klinik-prognostik markerlari sifatida asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tomoqli klinikasi 14,11,2023-yildagi 134-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 04,10,2023-yildagi 59-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 09-dekabrdagi №8 /1282- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ABSM ko‘rsatkichlarini baholash orqali COVID-19 ni o‘tkazgan SBK bemorlarida arterial gipertenziyaning xavfli fenotiplarini erta aniqlash, yuqori xavf guruhlarini shakllantirish va individual antigipertenziv terapiyani to‘g‘ri tanlash imkoni yaratiladi. Bu esa yurak-qon tomir va buyrak asoratlarini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Arterial bosimning patologik sutkalik profillarini erta diagnostika qilish orqali og‘ir kardiovaskulyar va nefrologik asoratlarning oldi olinadi, statsionar davolanish va qo‘shimcha tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini qisqartirishga olib keladi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan va o‘tkazmagan SBK III bosqichidagi bemorlarda ABSM ko‘rsatkichlariga asoslangan arterial gipertenziya fenotipini aniqlash kasallik kechishini prognoz qilish, individual nazorat va davolash strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Bu esa buyrak funksiyasini saqlab qolish, kardiovaskulyar xavfni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini uzoq muddat yaxshilashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish