Il`yasov Azizbek Baxtiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon ichi homila infeksiyalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. DSc/Tib1205.
Ilmiy raxbar: Asatova Munira Miryusupovna tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidjalilova Dilnoza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kosovsova Natal`ya Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon ichi homila infeksiyasini erta tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan texnologiyaning samaradorligi va xavfsizligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor homilada yallig‘lanish markerlari (IL-6, C-reaktiv oqsil, prokal`sitonin) bachadon ichi homila infeksiyasi bilan yuqori darajada bog‘liqligi, onaning odatiy gematologik ko‘rsatkichlari statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlikka ega emasligi aniqlangan;
ilk bor homila kindik qoni xavfsiz va aniq olishda modifikatsiyalangan kordotsentez usuli ishlab chiqilgan va muolaja asoratlari kamayishi, namuna olish aniqligi oshishi isbotlangan;
ilk bor ona va kindik qoni juft namunalarini tahlil qilish homila ichi infeksiyani antenatal tashxislashning o‘ziga xoslikning oshishi, sezgirlikning ko‘tarilishi isbotlangan;
ilk bor fetoplatsentar qon oqimi buzilishi darajasi oshishi, yo‘ldoshning homila qismi qon tomirlar o‘zanidagi morfologik o‘zgarishlar chastotasi va og‘irligi ortishi o‘rtasida statistik ahamiyatli o‘rtacha musbat korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor bachadon ichi homila infeksiyalarini erta tashxislash va davolashning bosqichma-bosqich algoritmi qo‘llanilishi natijasida perinatal yo‘qotishlar chastotasi kamayishi hamda homiladorlikning ijobiy natijalari ulushining oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon ichi homila infeksiyasini erta tashxislashda klinik, immunologik, biokimyoviy va morfologik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash, kindik qonida yallig‘lanish markerlarini (IL-6, C-reaktiv oqsil, prokal`sitonin) aniqlash, infeksion agentlarni PZR-verifikatsiya qilish, kordotsentezning modifikatsiyalangan usulini qo‘llash, bachadon ichi homila va shifoxona ichi infeksiyalarini differensial tashxislash hamda erta prenatal tashxislash va davolashning bosqichli algoritmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor homilada yallig‘lanish markerlari (IL-6, C-reaktiv oqsil, prokal`sitonin) bachadon ichi homila infeksiyasi bilan yuqori darajada bog‘liqligi, onaning odatiy gematologik ko‘rsatkichlari esa statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlikka ega emasligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martdagi №33 u-t/18 son bilan tasdiqlangan «Homila infeksiyasini ona qornida tashxislashning samarali usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 26.05.2024 yildagi 40-son hamda Xorazm filiali bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 69I-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 03 fevraldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bachadon ichi homila infeksiya giperdiagnostikasi va asossiz terapiyani kamaytirish, antenatal verifikatsiya aniqligini oshirishga karatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘ir sepsisda yangi tug‘ilgan chaqaloqni intensiv davolash kursining narxi (ORIT, antibiotik davo, infuzion qo‘llab-quvvatlash, laboratoriya monitoringi) taxminan 10000000 so‘mni tashkil qiladi; keyingi immunologik va molekulyar-genetik tadqiqotlar bilan kordotsentez o‘tkazish narxi taxminan 1000000 so‘mni tashkil qiladi. Iqtisodiy samaradorlik har bir yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun 9000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: invaziv diagnostika bilan birgalikda fetal yallig‘lanish reaksiyasi markerlarini qo‘llash har bir yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun 9000000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor homila kindik qoni xavfsiz va aniq olishda modifikatsiyalangan kordotsentezning usuli ishlab chiqilgan hamda muolaja asoratlari kamayishi va namuna olish aniqligi oshishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martdagi №33 u-t/18 son bilan tasdiqlangan «Homila infeksiyasini ona qornida tashxislashning samarali usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 26.05.2024 yildagi 40-son hamda Xorazm filiali bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 69I-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 03 fevraldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlar va takroriy invaziv aralashuvlar chastotasini kamaytirish, antenatal verifikatsiya xavfsizligini oshirishni imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: aniq va xavfsiz texnologiya mavjud bo‘lmaganda takroriy diagnostik manipulyasiyalarni (amniotsentez, qo‘shimcha ul`tratovush tekshiruvlari, takroriy maslahatlar va laboratoriya testlari) o‘tkazish zarurati yuzaga keladi, ularning umumiy qiymati taxminan 1900000 so‘mni tashkil etadi; taklif etilgan modifikatsiyalangan kordotsentezni o‘tkazish va unga hamroh immunologik va molekulyar-genetik tadqiqotlar uchun xarajatlar taxminan 450000 so‘mni tashkil etadi. Bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish 1450000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: modifikatsiyalangan kordotsentez takroriy muolaja/asoratning oldini olish uchun 1450000 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor ona va kindik qoni juft namunalarini tahlil qilish homila ichi infeksiyani antenatal tashxislashning o‘ziga xoslikning oshishi, sezgirlikning ko‘tarilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martdagi №34 u-t/19 son bilan tasdiqlangan «Homilada bachadon ichi homila infeksiyasini erta prenatal tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 26.05.2024 yildagi 39-son hamda Xorazm filiali bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 68I-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 03 fevraldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: soxta ijobiy/soxta salbiy tashxislarni kamaytirish, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘z vaqtida olib borish taktikasini ishlab chikish uchun tavsiya etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Diagnostik xato bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish (kamida "ortiqcha" antibiotiklar + kasalxonada yotishni uzaytirish): "xato-davolash" (antibiotiklar + monitoring + 3 kunlik statsionar) = 4200000 so‘m. Taklif etilayotgan yondashuvlar qo‘llanilganda ushbu xarajatlar chiqarib tashlanishini tashkil etadi. Xulosa: modifikatsiyalangan kordotsentez texnologiyasini ona va kindik qoni juft namunalari tahlili bilan birgalikda qo‘llash har bir yangi tug‘ilgan chaqaloq hisobiga 4200000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor fetoplatsentar qon oqimi buzilishi darajasi oshishi, yo‘ldoshning homila qismi qon tomirlar o‘zanidagi morfologik o‘zgarishlar chastotasi va og‘irligi ortishi o‘rtasida statistik ahamiyatli o‘rtacha musbat korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martdagi №33 u-t/18 son bilan tasdiqlangan «Homila infeksiyasini ona qornida tashxislashning samarali usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 26.05.2024 yildagi 40-son hamda Xorazm filiali bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 69I-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 03 fevraldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma/shifoxona ichi infeksiyasining retrospektiv verifikatsiyasi ishonchliligini va differensiatsiya sifatini oshirish, olib borishdagi xatoliklarni kamaytirishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi tug‘ilgan chaqaloqni keng qamrovli postnatal tekshirish (laborator tahlillar, neyrovizualizatsiya, kengaytirilgan monitoring va dinamik kuzatuv) narxi 1500000 so‘mgacha; yo‘ldoshni morfologik (gistologik) tekshirish narxi taxminan 300000 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, yo‘ldoshning morfologik tahlilidan foydalanganda qo‘shimcha qimmat tekshiruvlardan qochish mumkin, bu esa har bir bemor uchun 1200000 so‘m byudjet mablag‘larini tejashni ta’minlaydi. Xulosa: yo‘ldoshning homila qismi qon tomirlari o‘zanidagi morfologik o‘zgarishlar mezonlari bir nafar bemor hisobiga 1200000 so‘m mikdorida byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor bachadon ichi homila infeksiyalarini erta tashxislash va davolashning bosqichma-bosqich algoritmi qo‘llanilishi natijasida perinatal yo‘qotishlar chastotasi kamayishi hamda homiladorlikning ijobiy natijalari ulushining oshishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 martdagi №34 u-t/19 son bilan tasdiqlangan «Homilada bachadon ichi homila infeksiyasini erta prenatal tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 26.05.2024 yildagi 39-son hamda Xorazm filiali bo‘yicha 13.06.2024 yildagi 68I-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 03 fevraldagi 02/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: perinatal yo‘qotishlar va nogironlikni kamaytirish, ijobiy natijalar ulushini 92,5%gacha oshirishni imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limida sun’iy nafas oldirish va intensiv terapiya zarurati bilan og‘ir neonatal sepsis rivojlanganda xarajatlar bir bemor uchun taxminan 20000000 so‘mga etishi mumkin (O‘SV, dori-darmon terapiyasi, laboratoriya monitoringi va uzoq muddatli kasalxonaga yotqizish xarajatlarini o‘z ichiga oladi); ishlab chiqilgan algoritm doirasida homila ichi infeksiyasini o‘z vaqtida aniqlash va davolashda uzoq muddatli intensiv terapiya zarurati bartaraf etiladi. Bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish 20000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: bachadon ichi homila infeksiyasini erta tashxislash va davolashning bosqichma-bosqich algoritmini joriy etish har bir yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun 20000000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.