Badalboev Feruz Yusufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kiberjinoyatlarga oid ishni sudga qadar yuritishda raqamli dalillardan foydalanish imkoniyatlari va istiqbollari”, “12.00.16 – Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1. PhD /Yu2336.
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjan Atabaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/05.04.2025.Yu.25.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ravshvn Tulkunovich yuridik fanlar doktori, dosent, Muminov Behzod Abduvahobovich yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbeksiton Respublikasi Jamoat xavfsizligi unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – kiberjinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha sudga qadar yurituv jarayonida raqamli dalillardan foydalanishning mavjud tashkiliy-huquqiy va protsessual mexanizmlarini kompleks tahlil qilish, ularning samaradorligini baholash hamda mazkur sohadagi muammolarni aniqlash asosida ushbu faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar, shuningdek amaliy ahamiyatga ega taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga ru’ju qo‘ygan shaxslar soni kundan- Kiberjinoyatlarga oid ishlarni sudga qadar yuritishda raqamli dalil tushunchasini mustaqil dalil turi sifatida e’tirof etish zarurligi ilmiy jihatdan asoslantirilib, raqamli dalillar deganda jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan elektron ma’lumotlar, jumladan elektron shakldagi fayllar, audio va videoyozuvlar, Jahon axborot tarmog‘i (Internet)da saqlanadigan ma’lumotlar hamda boshqa turdagi elektron ma’lumotlar tushunilishi lozimligi asoslab berilgan;
kiberjinoyatga oid ishni sudga qadar yuritishda raqamli dalillardan foydalanishning innovatsion texnologiyalari qo‘llanilishi asosida jinoyat sodir etilgan hodisa joyni ko‘zdan kechirish vaqtida, shuningdek, texnik vositalarda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki global Internet tarmog‘ida olingan elektron ma’lumotlar va boshqa raqamli yozuvlar dalil sifatida qonuniy qabul qilish tartibini belgilashga oid takliflar ilmiy jihatdan asoslantirilgan;
kiberjinoyatlarga oid ishni sudga qalar yuritishda raqamli dalillar bilan ishlash algoritmi tushunchasi ilmiy jihatdan asoslantirilib, mazkur yondashuv “raqamli dalil” tushunchasini aniqlashga xizmat qiluvchi tizimli tushunchalar majmuasini shakllantirishga, shuningdek, jinoyatni tergov qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan raqamli (elektron) ma’lumotlarni aniqlash, olib qo‘yish yoki qonuniy tarzda olish fakti protsessual jihatdan rasmiylashtirilgandan so‘ng ushbu atamani qo‘llashda aniqlik va birxillikni ta’minlashga imkon yaratdi;
dastlabki tergov jarayonida prokuror nazorati doirasida raqamli dalillardan foydalanishda jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish zarurligi, shuningdek, ularni protsessual jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotida yagona tarzda tushunish va qo‘llashni ta’minlash masalalarining huquqiy jihatdan asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
kiberjinoyatlarga oid ishni sudga qadar yuritishda raqamli dalillardan foydalanish imkoniyatlarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra:
Tadqiqotchining ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishdan maqsad ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum bo‘lgan, surishtiruvchiga, tergovchiga va sudga esa noma’lum bo‘lgan elektron ma’lumotlar topish orqali ko‘rsatuvlarning to‘g‘riligini yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iboratligini, raqamli dalillar bilan bog‘liq ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish chog‘ida ko‘rsatuvlarning ishonchliligini masofadan turib tekshirish uchun axborot tizimlaridan foydalanilishi mumkinligini jinoyat-protsessual qonunchiligiga joriy etish haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1003-son Qonuni
1-moddasining 11-bandini shakllantirishda foydalanilgan, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2025-yil 6-avgustdagi №04/5-10/2582-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi raqamli dalillar bilan bog‘liq ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish chog‘ida ko‘rsatuvlarning ishonchliligini masofadan turib tekshirish uchun axborot tizimlaridan foydalanilish imkoniyatlar doirasini kengaytirishga xizmat qilgan;
Tadqiqotchining kiberjinoyatlarga oid ishni sudga qadar yuritishda “raqamli dalillar” tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash lozimligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1003-son Qonuni 1-moddasining 30-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2025-yil 6-avgustdagi №04/5-10/2582-sonli joriy etish dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi jinoyat protsessida “raqamli dalillar”ning yangi turi sifatida huquqiy jihatdan isbotlanishni mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Tadqiqotchining kiberjinoyatlarni tergov qilishda raqamli dalillar bilan ishlashning protsessual tartibini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 13-dekabrdagi 17-sonli qarorini “raqamli dalillar” tushunchasi bilan to‘ldirish haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi №39-son qarori 25-bandini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 5-avgustdagi №08/336-25-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarni joriy etilishi kiberjinoyatlarni tergov qilishda dalillar qatorida raqamli dalillar turini kiritish orqali isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlashga xizmat qilgan; Tadqiqotchining kiberjinoyatlarni tergov qilishda prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlarini amalga oshirishda ashyoviy dalillar bilan bir qatorda raqamli
va yozma dalillar tushunchasi hamda ular bilan ishlashning protsessual tartibiga oid takliflar huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotida qo‘llanish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 1-avgustdagi №27/2-176-25-sonli joriy etish dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi kiberjinoyatlarga oid ishni sudga qadar yuritishda raqamli dalillarni to‘plash va mustahkamlashda prokuratura organlari tomonidan raqamli dalillarni protsessual rasmiylashtirishda qonuniylikka rioya etilishiga hamda tergov amaliyotida yagona tarzda tushunilishiga xizmat qilgan.