Mamatqulov Abduraxmon Tursunboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmikor maydonlarda no‘xatning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish texnologiyalarining ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1325
Ilmiy rahbar: Yusupov Xasan, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Sarvar Mustafoevich, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor; Rizaev Shuxrat Xudoyberdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublika lalmikor maydonlarining yog‘ingarchiliklar bilan kam ta’minlangan tekislik-qir adirlik mintaqasida tipik bo‘z tuproqlari sharoitida turli ekish texnologiyalarining no‘xat o‘simligi o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o‘zaro qiyosiy taqqoslab o‘rganish asosida resurstejamkor maqbul no‘xat etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turli ekish texnologiyalarining tuproq namligi va undagi harakatchan oziqa moddalar dinamikasiga ta’siri aniqlangan;
Lalmikor maydonlarda no‘xat o‘simligi dala unuvchanligi, o‘simlik tup soni va o‘simliklar biologik yashovchanligiga va fenologik fazalar davomiyligiga turli ekish texnologiyalarining ta’siri aniqlangan;
No‘xat ekini ildiz tizimi rivojlanishi, tugunak bakteriyalar hosil bo‘lishi, o‘simlikning quruq va ho‘l biomassa to‘plash dinamikasiga, fotosintez sof mahsuldorligiga, barg sathiga turli ekish texnologiyalarning ta’siri asoslangan;
No‘xat o‘simligi hosil elementlari (dukkaklar soni, dukkakdagi don soni, don sifati va hosildorligi)ga turli ekish texnologiyalarining ta’siri aniqlangan;
Lalmikor maydonlarda turli ekish texnologiyalari bo‘yicha no‘xat etishtirishning mineral va organik o‘g‘itlar suspenziyasini purkashning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lalmikor maydonlarda no‘xatning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish texnologiyalarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
SZS-2,1 kultivator seyalkasi bilan no‘xat etishtirish texnologiyasi Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidagi “Tongi shu'la” fermer xo‘jaligida 5,5 gektar, “O‘rtaqishloq zamini” fermer xo‘jaligida 6,5 gektar, “Uyg‘un Po‘lat” fermer xo‘jaligida 7,5 gektar, “Lapasov Shavkat” fermer xo‘jaligida 5,5 gektar, “Kichik Chiyali Uyas” fermer xo‘jaligida 4,5 gektar va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Markaziy tajriba xo‘jaligi dalasiga 10,5 ga maydonga, jami bo‘lib Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidagi 40 ga lalmi maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy Markazining 28.01.2026 yildagi 05/05-03-40-son ma’lumotnomasi). Natijada lalmi maydonlardan gektar hisobiga o‘rtacha 6,1-7,3 s/ga no‘xat doni hosili olingan, an’anaviy texnologiya (erni 20-22 sm chuqurlikda haydab ekish) bo‘yicha no‘xat ekilgan variantlarga (4,2-5,2 s/ga) nisbatan 1,9-2,4 s/ga yuqori hosildorlikka erishilgan;
no‘xat etishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalari Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi fermer xo‘jaliklariga 40 ga lalmi maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy Markazining 28.01.2026 yildagi 05/05-03-40-son ma’lumotnomasi). Natijada har gektar hisobiga olingan sof foyda 5640,0-7890,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 160,7-224,8 % ni tashkil etgan.