Saparbaev Salamat Joldasbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʼi nomi): “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining tadbirkorlik faoliyati sohasidagi huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishning ma’muriy-huquqiy jihatlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Yu.04.05.
Rasmiy opponentlar: Bekov Ixtiyor Rustamovich - yuridik fanlar doktori, professor, Ataev Shokir  Kuranbaevich - yuridik fanlari falsafa doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati sohasidagi huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishning ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik subektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligi asoslantirilgan;
tadbirkorlik subektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi, ushbu subektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, kafolatlanishi,  tadbirkorlik subektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining hududiy prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmasligi asoslab berilgan;
xususiy tadbirkorlik subektlarining manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning jadal rivojlanishi yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda noqonuniy aralashish uchun mas’uliyatni oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanishi lozimligi asoslab berilgan;
xususiy mulk va tadbirkorlarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik subektlari bilan yaqin hamkorlikda va amaliy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan holda, iqtisodiyotni boshqarishning bozor uslublari  va mexanizmlarini keng joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi: 
tadbirkorlik subektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-963–son Qonuni 10-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2026-yil 16-yanvardagi №04/7-08/106-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tadbirkorlik subektlarining iqtisodiy erkinligini mustahkamlash, ularning faoliyat yo‘nalishini mustaqil tanlash huquqini qonuniy kafolatlash va davlat aralashuvini cheklashga xizmat qilgan.
tadbirkorlik subektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi, ushbu subektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, kafolatlanadi. Tadbirkorlik subektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining hududiy prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi taklifidan O‘zbekiston  Respublikasining 2024-yil 29-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-950-son Qonuni 2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2026-yil 16-yanvardagi №04/7-08/106-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tadbirkorlik subektlarining tovar, xizmat, mehnat va moliyaviy resurslarini mamlakat hududida erkin harakatlanishini huquqiy jihatdan kafolatlash va iqtisodiy faoliyatda hududiy cheklovlarni bartaraf etishga xizmat qilgan.
xususiy tadbirkorlik subektlarining manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning jadal rivojlanishi yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda noqonuniy aralashish uchun mas’uliyatni oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 16-iyundagi  310-13-0-Q/25 – son qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining  funksional vazifalari to‘g‘risida”gi  Nizomining 8-bandi, v-kichik bandi, 12-xatboshisin ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 11-sentyabrdagi №05-09/16-09/746-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklif xususiy tadbirkorlik subektlarining manfaatlarini himoya qilish va ularning rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat boshqaruvi mas’uliyatini kuchaytirish hamda institutsional mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
xususiy mulk va tadbirkorlarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik subektlari bilan yaqin hamkorlikda va amaliy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan holda, iqtisodiyotni boshqarishning bozor uslublari  va mexanizmlarini keng joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 16-iyundagi 310-13-0-Q/25 – son qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining  funksional vazifalari to‘g‘risida”gi  Nizomining 8-bandi, v-kichik bandi, 13-xatboshisin ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 11- sentyabrdagi №05-09/16-09/746-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xususiy mulk va tadbirkorlik subektlarining huquq va manfaatlarini institutsional himoya mexanizmlarini kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning samarali institutsional asoslarini shakllantirish hamda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini amaliyotga keng joriy etish jarayonlarini ilmiy asosda takomillashtirishga xizmat qilgan.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati sohasidagi huquqlarini amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, tegishli tartibda qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish