Usmanova Surayyo Bultakovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jahon Savdo Tashkiloti doirasida turizm xizmatlarini xalqaro – huquqiy tartibga solish”  12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.DSc/Yu419.
Ilmiy maslahatchi: Adilxodjaeva Surayyo Mahkamovna, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.01. 
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ravshan Tulkunovich yuridik fanlar doktori, professor, Ismailov Bahodir Islamovich yuridik fanlar doktori, professor, Raxmanov Shuxrat Naimovich yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  Jahon savdo tashkiloti doirasida turizm xizmatlari savdosini xalqaro-huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy jihatlarini ochib berish, turizm xizmatlarini xalqaro – huquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi qonunchiligini JST huquqiy normalariga muvofiqlashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
turizm xizmatlari tushunchasining xalqaro normalar, konvensiyalar va xalqaro tashkilotlar qarorlarida mustahkamlangan ta’riflariga huquqiy talqin berilib, turizmning xalqaro-huquqiy tartibga solinishiga oid ilmiy yondashuv asoslantirilgan;
milliy qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini JST qoida, me’yor va bitimlariga muvofiqlashtirish, jumladan Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh kelishuv doirasida qonunchilik hujjatlarini qabul qilish hamda bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni huquqiy ta’minlash asoslab berilgan;
turizm xizmatlari eksportini kengaytirish hamda xalqaro mehmonxona brendlarini jalb etish orqali turizm bozorini liberallashtirishning huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish mexanizmlari asoslantirilgan; 
turizm sohasidagi milliy qonunchilikni JSTning Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh kelishuvi  talablariga moslashtirish zaruratidan kelib chiqib, turoperatorlik xizmatlarini sertifikatlashtirishni ixtiyoriy tartibda amalga oshirish asoslab berilgan;
favqulodda holatlarda turizm xizmatlarini ko‘rsatishga oid shartnomaviy munosabatlarda turistlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlari va huquqiy kafolatlarini qo‘llash zarurligi asoslantirilgan;
turistlar xavfsizligini ta’minlashga oid majburiyatlarning turizm xizmatlari shartnomasining muhim elementi sifatidagi huquqiy tabiati ochib berilib, ularni shartnoma shartlarida mustahkamlash orqali turistlar huquqlarini himoya qilishning shartnomaviy-huquqiy kafolatlarini kuchaytirish asoslantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
turizm xizmatlari tushunchasining xalqaro normalar, konvensiyalar va xalqaro tashkilotlar qarorlarida mustahkamlangan ta’riflariga huquqiy talqin berilib, mualliflik yondashuvi asosida turizmning xalqaro-huquqiy tartibga solinishiga oid ilmiy yondashuv asoslantirilgan ta’riflardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining  o‘quv faoliyatiga kiritilgan “Xalqaro turizm huquqi” fanidan ishlab chiqilgan darslikda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorining 2025-yil  14-iyundagi UM-134-sonli buyrug‘iga asosan XH390906 kodi asosida nashrga ruxsat berilgan). Ushbu takliflar turizm xizmatlarini nazariy xalqaro-huquqiy tartibga solinish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini JST qoida, me’yor va bitimlariga muvofiqlashtirish, jumladan Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh kelishuv doirasida qonunchilik hujjatlarini qabul qilish hamda bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni huquqiy ta’minlashga doir takliflari “O‘zbekiston ̶ 2030” strategiyasining 93-maqsadini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Xalqaro ishlar, Mudofaa va Xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2026-yil 19-martdagi  04-9-08-2-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning tadbiq etilishi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro savdo tizimiga integratsiyasini kuchaytirish, milliy qonunchilikni xalqaro savdo normalari bilan uyg‘unlashtirish va huquqiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
turizm xizmatlari eksportini kengaytirish hamda xalqaro mehmonxona brendlarini jalb etish orqali turizm bozorini liberallashtirishning huquqiy asoslari va ularni takomillashtirishga oid  takliflaridan “O‘zbekiston  ̶ 2030” strategiyasining 58 - maqsadini ishlab chiqish jarayonida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Xalqaro ishlar, Mudofaa va Xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2026-yil 19-martdagi  №04-9-08-2-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif turizm sohasida milliy va xalqaro darajada raqobatbardoshlikni oshirish, turizm xizmatlarini yanada liberallashtirish, sayyohlarni jalb qilishni kuchaytirish, xizmatlar infratuzilmasini usulrnizatsiya qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish hamda yanada izchil tartibga solishga xizmat qilgan;
turizm sohasidagi milliy qonunchilikni JSTning XSBK talablariga muvofiqlashtirish lozim ekanligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘gʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-721-son Qonunining 28-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan O‘RQ-549-sonli “Turizm to‘gʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament Tadqiqotlari Institutining  2025-yil 17-oktabrdagi  9/dn-211-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning kiritilishi O‘zbekiston Respublikasida turistik biznes subektlarining faoliyatini soddalashtirishga, sohadagi xalqaro amaliyotni tadbiq etishga va bozor mexanizmlari orqali sifatni yaxshilashga yordam berishga asos yaratgan; 
favqulodda holatlarda turizm xizmatlarini ko‘rsatishga oid shartnomaviy munosabatlarda turistlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlari va huquqiy kafolatlarini qo‘llash taklifi 2025-yil 7-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon turizm tashkilotining Xalqaro turistlarni himoya qilish kodeksi talablarini turizm sohasiga tadbiq etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi 2025-yil 28-oktabrdagi  03-10-17-11082-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi Kodeksning II bo‘limida nazarda tutilgan turizm xizmatlarini favqulodda holatlarda shartnomaviy tartibga solishning alohida jihatlari mamlakatimizda ushbu turdagi xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini xalqaro shartnomaviy huquqiy normalarga muvofiq ravishda tashkil etishga xizmat qilgan; 
turistlar xavfsizligini ta’minlashga oid majburiyatlarning turizm xizmatlari shartnomasining muhim elementi sifatidagi huquqiy tabiati ochib berilib, ularni shartnomalarda mustahkamlash orqali turistlar huquqlarini himoya qilishning shartnomaviy-huquqiy kafolatlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi taklifdan 2025-yil 7-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon turizm tashkilotining Xalqaro turistlarni himoya qilish kodeksi” talablarini turizm sohasiga tadbiq etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi 2025-yil 28-oktabrdagi  03-10-17-11082-son dalolatnomasi). Ushbu taklif turizm xizmatlarini ko‘rsatish sohasi sub’ektlari faoliyatida shartnomalarda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni yanada ravshan aks ettirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish