Sanaev Botir Urolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiu ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zararni sud orqali qoplash masalalari”, 12.00.03-Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1292.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasriev Ilhom lsmoilovich -yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Odil Sudlov Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.27/2025.27.12.Yu.01.02.
Rasmiy orronenetlar; Kuldashev Nuritdin Abduganievich - yuridik fanlar doktori, professor; Xabibullaev Davlatjon Yulchiboevich - yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga etkazi|gan zararni sud tartibida qoplashni takomillashtirishga oid ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni hal qilishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
reabilitatsiya etilgan shaxsning ma’naviy ziyonni undirishga bo‘lgan huquqi oqlov hukmi chiqarilganidan yoki jinoyat ishi tugatilganidan keyin vujudga kelishi asoslangan; 
tibbiy muassasada davolanish vaqtida shaxs sog‘lig‘iga etkazilgan zarar (jarrohlik, noto‘g‘ri tashxis qo‘yish va boshqa sabablar natijasida) umumiy asosda qoplanishi asoslantirilgan; 
jismoniy shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan yoki u halokatli vaziyatda qolgan holatlarda qutqarish bo‘yicha tegishli majburiyat zimmasida bo‘lgan tashkilotlar yoki alohida shaxslar o‘z vaqtida qutqarishni ta’minlashlari shartligi asoslangan;
zarar uchun faqat uni bevosita etkazgan shaxs emas, balki uni shunga undagan yoki faol yordam bergan shaxs, shuningdek, boshqa shaxsga etkazilgan zarardan foydalangan shaxs ham javobgar bo‘lishi asoslantirilgan; 
ma’naviy ziyonni pul bilan qoplash miqdori sud tomonidan huquqbuzarlikning xususiyati, jismoniy va ruhiy iztiroblar darajasini, jabrlanuvchi imkoniyatlarining kamaygani yoki yo‘qotilgani inobatga olgan holda belgilanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot ishi bo'yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan: 
reabilitatsiya etilganning ma’naviy ziyonni undirishga bo‘lgan huquqi oqlov hukmi chiqarilganidan yoki jinoyat ishi tugatilganidan keyin vujudga kelishi haqidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning aurim masalalari to‘g‘risida”gi 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarori 9-bandining uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 16-iyundagi № 01-30-95-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif ma’naviy zararni undirish huquqini vujudga kelish paytini belgilashga zamin yaratgan.
tibbiy muassasada davolanayotgan fuqaro sog‘lig‘iga etkazilgan zarar fuqarolik qonunchiligida belgilangan umumiy asosda qoplanishiga oid taklifdan O‘zbekiston Resrublikasi Fuqarolik kodeksi yangi tahriri loyihasining 1127-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining 2025-yil 8-maydagi №11-02-138/8-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tibbiy muassasa tomonidan fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan;
agar jismoniy shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilsa, qutqarish bo‘yicha tegishli majburiyat zimmasida bo‘lgan tashkilotlar yoki alohida shaxslar o‘z vaqtida qutqarishni ta’minlashlari shart ekanligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi yangi tahriri loyihasining 1127-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining 2025-yil 8-maydagi №11-02-138/8-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif fuqaroning hayoti va sog‘lig‘ini qutqarish zimmasida bo‘lgan shaxslarning ma’suliyatini oshirish uchun aniq qoidalarini belgilashga zamin yaratgan;
zarar uchun faqat uni bevosita etkazgan shaxs emas, balki uni shunga undagan yoki faol yordam bergan shaxs, shuningdek, boshqa shaxsga etkazilgan zarardan foydalangan shaxs ham javobgar bo‘lishiga oid taklifdan O‘zbekiston Resrublikasi Fuqarolik kodeksi yangi tahriri loyihasining 1129-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining 2025-yil 8-maydagi №11-02-138/8-sonli ma’lumotnomasi), Ushbu taklif birgalikda zarar etkazgan shaxslarning javobgarlik chegaralarini o‘rnatishga asos yaratgan;
ma’naviy ziyonni pul bilan qoplash miqdori sud tomonidan huquqbuzarlikning xususiyati, jismoniy va ruhiy iztiroblar darajasini, jabrlanuvchi imkoniyatlarining kamaygani yoki yo‘qotilganini, ma’naviy ziyon etkazgan shaxsning ayblilik darajasini (aub qoplash uchun asos hisoblangan hollarda), shuningdek, ish ushun ahamiyatli boshqa holatlarni inobatga olgan holda belgilanishiga oid taklifdan O‘zbekiston Resrublikasi Fuqarolik kodeksi yangi tahriri loyihasining 1151-moddasi ikkinchi qismini ishlabchiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining 2025-yil 8-maydagi №11-02-138/8-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sudlar tomonidan ma’naviy zarar miqdorini belgilashning aniq mezonlarini o’rnatishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish